Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
Umumiy pedagogika oquv qollanma2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Talim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish
АДАБИЁТЛАР: 1. Абдуллаев Ф.А. Таълим сифати менежментида ахборот технологияларининг ўрни.-Тошкент: Комрон-Пресс, 2016.-186 б. 2. Кухарев Н. В. На пути к профессиональному совершенству. – Москва: Знание, 2009. -159 с. 3. Юлдашев М.А. Таълим сифати менежментига инновацион ёндашувлар.-Тошкент: Молия,2017.- 122 -бет. 276 14-§. TA'LIM JARAYONINI AXBOROTLASHTIRISh. ELEKTRON PEDAGOGIKA. REJA: 1. Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish 2. Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari. Axborotlashtirilgan ta'lim. 3.Elektron pedagogikada ta'lim muammolarining hal qilinishi. Tayanch tushunchalar: ta'limni axborotlashtirish, ta'lim sifati, ta'lim jarayoni sub'ektlari, axborot-kommunikatsiya vositalari, masofaviy ta'lim, kompyuterlashtirish, elektron pedagogika. Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish. O‘zbekiston Davlatining boshqa mamlakatlar bilan o‘zaro integratsiyalashuv jarayonlarida ishtirok etishi, bunda axborot- kommunikatsiya vositalaridan foydalanishga bo‘lgan ijtimoiy talabning ortishi, axborot-kommunikatsion xizmatning mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalarda o‘zga mamlakatlar bilan aloqaga kirishividagi tutgan o‘rni, yuksak salohiyatli, o‘z kasbini puxta bilgan raqobatbardosh kadrlar va mutaxassislarga bo‘lgan talabning keskin o‘sishida namoyon bo‘lmoqda. 2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha“Harakatlar strategiyasi” 32 ning 4.4. –“Ta'lim va fan sohasini rivojlantirish” yo‘nalishida:uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish yo‘lini davom ettirish, sifatli ta'lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq o‘qitish va ta'lim olishning zamonaviy usullarini tadbiq etgan holda yuqori malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida o‘rin ajratilgan bo‘lib, unda davlat tomonidan yoshlar bilan ishlash siyosatini takomillashtirish, intellektual rivojlangan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash, ta'lim muassasalarida 32 Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги ПФ-4947-сонли Фармони.-Тошкент, 2017 йил 7 февраль 277 ta'lim sifati va uni baholash mezonlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, zamonaviy pedagogik nazariyalar, ilg‘or tajribalar, axborot-kommunikatsion vositalar asosida o‘z faoliyatini tashkil qila oladigan, yangi dunyoqarashdagi shaxsni shakllantirish, ta'lim tizimini isloh qilish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi. XX1 asrda tahsil oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini axborot- kommunikatsiya vositalari asosida rivojlantirish hayotiy zaruratga aylandi. Jahondagi rivojlangan mamlakatlar ta'lim tizimiga integratsiya qilish, uning mazmunini milliy istiqlol g‘oyasi va milliy manfaatlar asosida davom ettirish, demokratlashtirish, yangilash, modernizatsiya qilish va liberallashtirish, shuningdek ta'lim jarayonini axborot-kommunikatsiya tizimlari bilan qurollantirish va innovatsion pedagogik texnologiyalar bilan boyitish tushunchalari bugungi kunda o‘z ifodasini topdi. Ta'lim tizimida tub islohotlar natijasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi, [2,3]da belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish asosida ta'lim jarayonining barcha bosqichlarini qamrab oluvchi, zamonaviy innovatsiya talablariga to‘la javob beruvchi ta'lim infrastrukturasi, ya'ni uzluksiz ta'limning yaxlit tizimi yaratildi. Ushbu tizim ta'lim sohasini tubdan isloh qilish, ta'limni yagona o‘quv- ilmiy ishlab chiqarish majmuasi sifatida kompleks rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Zam o naviy bozor iqtisodining shakllanishi korxonalar orasidagi raqobat asosida, xalq xo‘jaligini barcha tarmoq va zven o larning keskin rivojlanishini taqozo etadi. Chunki bozor iqtisodiyotini raqobatsiz tasav v ur etib bo‘lmaydi. Korxonalar orasidagi raqobat o‘z navbatida, fan -texnika va texnologiyani, ya'ni ilmiy texnik a tara q qiyotining (ITT) jadallashuviga olib keladi. ITT ning jadallashuvi, hayotning barcha sohalarida tubdan islo h qilinishi natijasida jahon hamjamiyatiga qo‘shilish imkoniyatini beradi. ITT ning h ozirgi zamon h olati ilm- fanning yuksalib borayo t gan roli bilan belgilanadi. 278 XX asrda, ayniqsa uning ikkinchi yarmida ilm-fanning rivojlanish tezligi sur'ati oshdi. Oxirgi, h ar 10-15 yil ichida ilmiy faoliyatning asosiy ko‘rsatkichlari 2 marta oshib bormoqda. XX asrning ikkinchi yarmida olingan ma'lumotlar insoniyatning to‘la tarixi davomida to‘plangan bilimlarini katta qismini tashkil etdi. Shuning uchun ilm-fan rivojining asosiy qonuni eksponensial qonun hisoblanadi. Hozirgi paytda ilm-fan rivojining yuqori sur'atlari aqliy mehnatning borgan sari avtomatlashtirilishi tufayli amalga oshmoqda. Ilm-fan rivojining jadallashuvi ilmiy te x nikaviy axborotning jadal o‘sishiga va tez-tez yangilanishiga olib keladi. Ilm-fan rivojining e ksponenti qonun bo‘yicha rivoji uning shiddatli o‘sishini anglatadi. Demak, ilmiy-te x nikaviy axborot o‘sish ham, shiddatli jarayon hisoblanadi. Axborotning yuksalib borayotgan shiddatli oqimi tezligini ta ' minlash maqsadida zamonaviy telekommunikatsiyali axbor o t tizimlari qo‘llanilmoqda. Ilm-fan axborotining hozirgi zamon o‘sish tezligi va hajmi ularning o‘tgan 15-30 yildagi h olatida keskin farq qiladi. Ilm-fan rivoji, bu ma'lumotli mutaxassislarning fa o liyat doirasidir. Shuning uchun oliy ma'lumotli mutaxassislarni tayyorlash tizimi, ularning o‘ta iqtidorlilariga zamonaviy axborot oqimini o‘zlashtirishga, ilmiy tekshirish faoliyati individual va mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga, ilmiy- texnikaviy axborot va o‘quv ilmiy adabiyot bilan ijodiy ishlay olishlariga imkoniyat berishi lozim. Ta'lim jarayonining sifatini oshirishda axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda o‘qitishda ilg‘or pedagogik texnologiyalar, axborot- kommunikatsiya tizimlari, elektron va multimedia darsliklarini yaratish vazifalarini amalga oshirish taqozo etilayotganligi yangi mazmundagi turli axborot-kommunikatsiyalari xizmatidan foydalana olishga asoslangan ta'lim jarayonini tashkil qilish, uning mazmunini takomillashtirish, pedagogik jarayonni innovatsiyalarga asoslanib yangicha tarzda tashkil qila olishda pedagogning o‘rni, 279 uning mehnati va mehnat jarayonini tashkil qila olishi muhim ahamiyat kasb etadi. Xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan AKT imkoniyatlaridan foydalanish sohasida katta tajriba to‘plangan. Bu ta'lim jarayonida axborot- kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish zaruratining nechog‘li muhimligini ko‘rsatuvchi dalildir. Tahsil oluvchilarning o‘quv-biluv faoliyatini tashkil qilishda hamda pedagogik jamoaning faoliyatini optimal holatda tuzishda axborot- kommunikatsiya xizmatlarining ahamiyati salmoqlidir. Ta'lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish orqali tizimlashtirilgan ma'lumotlarni yig‘ish, saqlash, ularni tahlil qilish, qiyoslash, ma'lum qarorlarni qabul qilishga keng imkoniyatlar ochiladi. Shu bilan birga qisqa muddat ichida katta sig‘imdagi, turli tipdagi axborotlarga ega bo‘lish, ularga ishlov berish imkoniyati kengayadi. Shu ma'noda mamlakatimiz uzluksiz ta'limning barcha bosqichlarida o‘qitish jarayoni sifatini oshirishda axborot –kommunikatsiya vositalaridan foydalanish, axborot xizmati tizimini modellashtirish, o‘quv-tarbiya jarayonining innovatsion faoliyatini oqilona tashkil qilish, uning istiqbol strategiyasini aniqlash, pedagogikadagi dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Ta'lim sifatini oshirish muammolari bilan bog‘liq bo‘lgan qator metodologik yondashuvlar (V.G.Afanasev, V.P.Bespalko, V.P.Kuzmin, A.I. Prigojiy, V.A.Rozanova, V.P.Simonov, B.C.Lazarev, M.M.Potashnik, V.P.Simonov, P.I.Tretyakov, T.I. Shamova) mavjud: tizimli, ya'ni boshqariluvchi tizim tarkibiga kiruvchi ob'ekt va sub'ektlarning o‘zaro bog‘liqligi va bir butunligini ta'minlovchi; vaziyatli, ya'ni muassasa maqsadlariga samarali erishishga yo‘naltirilgan muayyan usullarning birikmasi sifatida; jarayonli, ta'lim sifatini oshirish funksiyalarining uzluksiz zanjiri sifatida tushunishga asoslangan didaktik yondashuvlar. 280 Ushbu yondashuvlar ta'lim sifatini oshirishning nazariy-metodologik asosini tizimli, funksional, sinergetik, faoliyatli, vaziyatli, refleksiv, milliy- hududiy va natijaga asoslangan holatda tadqiq qilishga qaratilgan. Ta'kidlash joizki, ta'lim jarayonini axborotlashtirish alohida yondashuvlar qamrovida o‘rganilmasdan, ularning turli kombinatsiyalari asosida tadqiq etiladi, chunki mazkur yondashuvlarning har biri ta'lim tizimidagi jarayonlar mohiyatini tushunib yetishda alohida ahamiyatga ega bo‘lib, ularning muayyan bir jihatlarini yoritishga yordam beradi. Mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid chora-tadbirlar belgilangan bo‘lib, ular ta'lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlarni amalga oshirishga zamin hozirladi. Ta'lim tizimidagi tub islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri ta'lim sifatini oqilona boshqarish, bunda axborot-kommunikatsiya xizmatlaridan keng foydalanish, mazkur jarayonga innovatsion shakl, vosita va usullarni joriy etish, buning uchun maxsus tayyorgarligi mavjud bo‘lgan pedagogik kadrlarni yetishtirishdan iboratdir. Ta'lim jarayonida ilg‘or pedagogik uslub va texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron ta'lim resurslari va multimedia taqdimotlaridan foydalanish asosida ta'lim jarayonini yangi mazmunda tashkil qilishga keng imkoniyatlar ochildi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling