281
Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari har bir shaxsning o‘zi istagan ta'lim
olish huquqidan foydalana olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy o‘qitish
aynan shunday o‘qitish shakli bo‘la oladi.
Masofaviy ta'lim – masofadan turib o‘qitish, o‘quv mashg‘ulotlarining
barchasi yoki ko‘p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish
texnologiyalari asosida olib boriladigan jarayon.
Masofaviy o‘qitishning quyidagi ijobiy tomonlari mavjud:
o‘qitishning an'anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega
bo‘lmagan, bu jarayon imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli o‘qish
va ishlashni birgalikda
amalga oshira olish;
turg‘un sharoitda o‘qish imkoniyatlariga ega bo‘lmagan, imkoniyatlari
tibbiy shart- sharoitlar tufayli chegaralangan holatda;
o‘qituvchilar va boshqa soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va
malakasini oshirishda;
chet el o‘quv muassasalarida ta'lim olishni istaydiganlar uchun;
ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun muhimdir.
Masofaviy ta'limda o‘qitish vositalari quyidagilardan iborat:
elektron
darsliklar (qog‘oz va elektron shaklda); tizimdagi o‘quv materiallar; kopyuter
o‘quv tizimlari
oddiy va multimedia variantda; audio o‘quv
axborotlari; video
o‘quv axborotlari; Masofaviy laboratoriya amaliyotlar va virtual stendlar;
trenajyorlar; masofaviy bilim bazalari; geoaxborot va baholaydigan o‘qitish
tizimlari asosida didaktik materiallar. O‘qitish vositalari - o‘qitishning
texnik
vositalari: magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor,
diaproektor, kodoskop,
videoproektor, kompyuterlar orqali amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: