Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari. Axborotlashtirilgan ta'lim


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet167/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari. Axborotlashtirilgan ta'lim. 
Ilmiy texnik taraqqiyotning xususiyatlari mustaqil ishlash ko‘nikma va 
malakalarini shakllantirish va uzluksiz, ijodiy bilimlarni egallashni talab qiladi. 
Bunday ta'lim xizmatlarini ko‘rsatish istiqbolli, zamonaviy o‘quv tizimlari uchun 
quyiladigan talablardan biridir. YuNeSKO «Ta'limni axborotlash instituti» 
mutaxassislarining 
fikricha, 
ta'lim 
jarayonini 
rivojlantirishning 
asosiy 
yo‘nalishlaridan biri dunyo aholisiga axborotlashtirish va telekommunikatsiya 
texnologiyalardan foydalangan holda, masofaviy o‘qitish va mustaqil o‘qish 
imkoniyatlaridan keng foydalanish ta'minotini yaratishdir. 


281 
Istiqbolli zamonaviy o‘qitish tizimlari har bir shaxsning o‘zi istagan ta'lim 
olish huquqidan foydalana olish imkoniyatini berishi kerak. Masofaviy o‘qitish 
aynan shunday o‘qitish shakli bo‘la oladi. 
Masofaviy ta'lim – masofadan turib o‘qitish, o‘quv mashg‘ulotlarining 
barchasi yoki ko‘p qismi telekommunikatsion va zamonaviy axborotlashtirish 
texnologiyalari asosida olib boriladigan jarayon. 
Masofaviy o‘qitishning quyidagi ijobiy tomonlari mavjud: 

o‘qitishning an'anaviy usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega 
bo‘lmagan, bu jarayon imkoniyatlarining chegaralanganligi tufayli o‘qish 
va ishlashni birgalikda amalga oshira olish

turg‘un sharoitda o‘qish imkoniyatlariga ega bo‘lmagan, imkoniyatlari 
tibbiy shart- sharoitlar tufayli chegaralangan holatda; 

o‘qituvchilar va boshqa soha mutaxassislarining qayta tayyorlash va 
malakasini oshirishda; 

chet el o‘quv muassasalarida ta'lim olishni istaydiganlar uchun; 

ikkinchi mutaxassislikni egallashni istaydiganlar uchun muhimdir. 
Masofaviy ta'limda o‘qitish vositalari quyidagilardan iborat: elektron 
darsliklar (qog‘oz va elektron shaklda); tizimdagi o‘quv materiallar; kopyuter 
o‘quv tizimlari oddiy va multimedia variantda; audio o‘quv axborotlari; video 
o‘quv axborotlari; Masofaviy laboratoriya amaliyotlar va virtual stendlar; 
trenajyorlar; masofaviy bilim bazalari; geoaxborot va baholaydigan o‘qitish 
tizimlari asosida didaktik materiallar. O‘qitish vositalari - o‘qitishning texnik 
vositalari: magnitofon, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor, kodoskop, 
videoproektor, kompyuterlar orqali amalga oshiriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling