Elektron pedagogikada ta'lim muammolarining hal qilinishi. Bugungi
kunda fan va texnikaning shiddatli rivojlanishi ikki va undan ortiq fanlarning
integratsiyalashuviga zamin yaratmoqda. Bunga misol tariqasida: elektron
pedagogika, pedagogik prognostika, neyropedagogika, biofizika, biogeokimyo,
inf
o
rmatika, fizikokimyoviy mexanika va boshqalarni keltirish mumkin.
Elektron pedagogika – XX asrning oxiri XX1 asrda shakllangan
pedagogikadagi yangi fan turkumidir. U insonning hayoti mobaynida axborot-
kommunikatsiya vositalari asosida ta'lim olish ehtiyojlarining qondirilishi,
axborotlashtirilgan ta'lim tamoyillari, shart-sharoitlari, metod va shakllarining
insonga ko‘rsatadigan ta'sirini o‘rganadi. Elektron pedagogika axborotli ta'lim
muhitida axborot texnologiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ta'lim
jarayoni sub'ektlari ehtiyojlarining qondirilishi nuqtai nazaridan o‘rganadi.
Axborot - taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxslar, predmetlar,
faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumot.
33
Axborot keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagicha ta'riflar ham
berish mumkin:
1. Dalil, voqyea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob'ektlar haqidagi bilim
hamda tushunchalar yoki buyruqlar;
2. Ma'lum xos matnda aniq ma'noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil,
voqyea, xodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob'ektlar haqidagi bilimlar
majmui;
3. Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim
bo‘lgan jami dalil va ma'lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob
raqamidan foydalanish va to‘lovlar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining yer va
1
1
Ўзбекистон Республикасининг 439-II сон “Ахборот эркинлиги принциплари ва кафолатлари
тўғрисида”ги Қонун.-Тошкент, 2002 йил 12 декабрь
284
fazo stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi ma'lumotlar va hokazolar axborot
bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |