Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Elektron pedagogikada ta'lim muammolarining hal qilinishi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet169/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Elektron pedagogikada ta'lim muammolarining hal qilinishi. Bugungi 
kunda fan va texnikaning shiddatli rivojlanishi ikki va undan ortiq fanlarning 
integratsiyalashuviga zamin yaratmoqda. Bunga misol tariqasida: elektron 
pedagogika, pedagogik prognostika, neyropedagogika, biofizika, biogeokimyo, 
inf
o
rmatika, fizikokimyoviy mexanika va boshqalarni keltirish mumkin.
Elektron pedagogika – XX asrning oxiri XX1 asrda shakllangan 
pedagogikadagi yangi fan turkumidir. U insonning hayoti mobaynida axborot-
kommunikatsiya vositalari asosida ta'lim olish ehtiyojlarining qondirilishi, 
axborotlashtirilgan ta'lim tamoyillari, shart-sharoitlari, metod va shakllarining 
insonga ko‘rsatadigan ta'sirini o‘rganadi. Elektron pedagogika axborotli ta'lim 
muhitida axborot texnologiyalari va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini ta'lim 
jarayoni sub'ektlari ehtiyojlarining qondirilishi nuqtai nazaridan o‘rganadi. 
Axborot - taqdim etilish shaklidan qat'iy nazar shaxslar, predmetlar
faktlar, voqyealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma'lumot.
33 
Axborot keng qamrovli tushuncha bo‘lib, unga quyidagicha ta'riflar ham 
berish mumkin: 
1. Dalil, voqyea, hodisa, predmet, jarayon kabi ob'ektlar haqidagi bilim 
hamda tushunchalar yoki buyruqlar; 
2. Ma'lum xos matnda aniq ma'noga ega tushunchalarni ichiga olgan dalil, 
voqyea, xodisa, predmet, jarayon, taqdimot kabi ob'ektlar haqidagi bilimlar 
majmui; 
3. Qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan, saqlanishi va qayta ishlanishi lozim 
bo‘lgan jami dalil va ma'lumotlar. Kitob matni, ilmiy formulalar, bank hisob 
raqamidan foydalanish va to‘lovlar, dars jadvali, o‘lchash majmualarining yer va 
1
1
Ўзбекистон Республикасининг 439-II сон “Ахборот эркинлиги принциплари ва кафолатлари 
тўғрисида”ги Қонун.-Тошкент, 2002 йил 12 декабрь 


284 
fazo stansiyasi o‘rtasidagi masofa to‘g‘risidagi ma'lumotlar va hokazolar axborot 
bo‘lishi mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling