Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Axborotning salbiy va ijobiy ta'siri


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet172/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Axborotning salbiy va ijobiy ta'siri. Axborotning ijobiy tomoni shundan 
iboratki, o‘z vaqtida olingan to‘g‘ri va sifatli axborot turli sohalarda aniq qaror 
qabul qilish imkonini beradi. To‘g‘ri sifatli axborot insonlar, ayniqsa yoshlarning
dunyoqarashini boyitishi, bilim olishi, zamonaviy bilimlar egasi bo‘lishi imkonini 
beradi. Axborotning salbiy tomoni shundan iboratki, hozirgi kunda ayrim g‘arb 
davlatlaridan kirib kelayotgan bizning milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan 
axborotlar va qarashlar hamda insonlar ongini zaharlovchi ma'lumotlar ham 
mavjud. Ayniqsa bunday ma'lumotlar Internet tarmog‘i orqali keng tarqalmoqda. 
Internet va SMS xabarlar orqali tarqalayotgan jamiyatimizga, qadriyatlarimiz va 
an'analarimizga, davlatchiligimizga zid bo‘lgan nojo‘ya axborotlar yoshlarning 
ongini zaharlashi va ularni noto‘g‘ri yo‘llarga boshlashi mumkin. Bunday 
holatlarning oldini olish pedagogikadagi dolzarb masalalar sirasiga kiradi.
Elektron pedagogikada internet tushunchasi asosiy konseptlardan biri 
hisoblanadi.
1
1
Ўзбекистон Республикасининг 560-II сон “Ахборотлаштириш тўғрисида”ги Қонуни.-Тошкент, 2003 йил 
11 декабрь 


288 
 Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon 
global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya'ni 
“International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” 
«tarmoqlararo» degan ma'noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter 
tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot 
maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi. 
Internet tarmog‘i, unga ulangan barcha kompyuterlarning o‘zaro ma'lumotlar 
almashish imkoniyatini yaratib beradi. Internet tarmog‘ining har bir mijozi 
o‘zining shaxsiy kompyuteri orqali boshqa shahar yoki mamlakatga axborot 
uzatishi mumkin. Masalan, Vashingtondagi Kongress kutubxonasi katalogini ko‘rib 
chiqish, Nyu-Yorkdagi Metropoliten muzeyining oxirgi ko‘rgazmasiga qo‘yilgan 
suratlar bilan tanishish, xalqaro 
anjumanlarda 
ishtirok 
etish, 
bank 
muomalalarini amalga oshirishi va hatto boshqa mamlakatlarda istiqomat 
qiluvchi Internet tarmog‘i mijozlari bilan shaxmat o‘ynash mumkin. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling