Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet175/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Internet provayder – Internet tarmog‘i xizmatlarini taqdim etuvchi 
tashkilotdir. Hozirgi kunda Internet prvayderlarining ikki turi mavjud: Internetga 
ulanish va ulanish kanallarini taqdim etuvchi provayder va Internet xizmatlarini 
taqdim etuvchi provayder. 
Xozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi bir qancha Internet provayderlari 
xizmat ko‘rsatmoqda, bular: UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS 
Inform, Cron Telecom va boshqalar. 
Internet tarmog‘i abonentlariga amaliy protokollar tomonidan taqdim 
etiluvchi funksional imkoniyatlar quyidagilarni tashkil qiladi: veb-xujjatlarni 
o‘qish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, muloqatda bo‘lish, 
tarmoqda xujjatlarni saqlash va ular bilan ishlash. Foydalanuvchilar uchun 
quyidagi xizmatlar mavjud: tarmoqdan foydalanish, internet resurslarini yaratish, 
tashkiliy va axborot ta'minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish. 
Katta hajmdagi ma'lumotlarni saqlash va ularni 
masofadagi 
kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTR (fayllarni 
uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. Bunda FTR serverda 
yangi papka yaratish, unga ma'lumotlarni joylashtirish va ularni qayta 
ko‘chirib olish mumkin. WWW xizmatida masofadan suhbatlashish
imkoniyatini yaratuvchi chat dasturlari, uzoq masofadagi do‘stlar bilan 
suhbatlashishda telefon aloqasi o‘rnini bosmoqda. Buning uchun internetga 


292 
bog‘langan kompyuterda tovush karnaylari hamda mikrofonlar bo‘lishi 
kifoya. 
Elektron pedagogikada “brauzer” tushunchasi xam keng qo‘llanilmoqda. 
WEB-texnologiyasining hozirgi kunda br
auzerlar deb ataladigan axborotni 
ko‘rish uchun mo‘ljallangan o‘ndan ortiq turli vositalari mavjud. Brouzer web-
sahifalarni ko‘rish dasturi hisoblanadi. Bunda brauzerga yuklangan veb 
sahifadagi giperbog‘lanishga sichqoncha ko‘rsatkichi bilan bosilsa, avtomatik 
ravishga ushbu bog‘lanishda ko‘rsatilagn sahifa brouzerga yuklanadi. Bunday 
hollar hyech qanday sahifaning manzilini kiritish shart emas, chunki 
giperbog‘lanish barcha kerakli ma'lumotga ega hisoblanadi. Brouzer web-
sahifada HTML teglarini topib, ular talabi bo‘yicha ma'lumotni ekranga 
chiqaradi. Teglarning o‘zi esa ekranda aks ettirilmaydi. 
Elektron pedagogika Internet konferensiyalarini tashkil qilish, o‘tkazish 
masalalarini xam o‘rganadi. Internet konferensiya– muayyan muammoni hal 
qilayotgan guruh ishtirokchilarining Internet tarmog‘i orqali konferens aloqasi 
yordamida o‘zaro axborot almashinish jarayonidir. Tabiiyki, bu texnologiyadan 
foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar doirasi cheklangan bo‘ladi. 
Kompyuter konferensiyasi ishtirokchilari soni audio– va videokonferensiyalar 
ishtirokchilari sonidan ancha ko‘p bo‘lishi mumkin. Adabiyotlarda 
telekonferensiya atamasini ko‘p uchratish mumkin. Telekonferensiya o‘z ichiga 
konferensiyalarning uch turini: audio, video va kompyuter konferensiyalarini 
jamlaydi.
Audiokonferensiyalar. Ular ta'lim muassasalari, tashkilotlarning hududiy 
jihatdan uzoqda joylashgan professor-o‘qituvchilari, talabalari, xodimlari yoki 
bo‘linmalari o‘rtasida kommunikatsiyalarni saqlab turish uchun audioaloqadan 
foydalanadi. Audiokonferensiyalarni o‘tkazishning eng oddiy texnika vositasi 
so‘zlashuvda ikkitadan ko‘p ishtirokchi qatnashuvini ta'minlaydigan qo‘shimcha 
qurilmalar bilan jihozlangan telefon aloqasi hisoblanadi. Audiokonferensiyalarni 
tashkil etish kompyuter bo‘lishini talab etmaydi, faqatgina uning ishtirokchilari 


293 
o‘rtasida ikki tomonlama audioaloqadan foydalanishni ko‘zda tutadi. 
Audiokonferensiyalardan 
foydalanish 
qarorlar 
qabul 
qilish 
jarayonini 
yengillashtiradi, u arzon ham qulay.
Videokonferensiyalar. Ular ham audiokonferensiyalar qanday maqsadlarga 
mo‘ljallangan bo‘lsa, shunday maqsadlarga mo‘ljallangan, lekin bunda 
videoapparatura qo‘llaniladi. Ularni o‘tkazish ham kompyuter bo‘lishini talab 
etadi. Videokonferensiya jarayonida bir-biridan ancha uzoq masofada bo‘lgan 
uning ishtirokchilari televizor ekranida o‘zlarini va boshqa ishtirokchilarni ko‘rib 
turadilar. Televizion tasvir bilan bir vaqtda ovoz ham eshitilib turadi. 
Videokonferensiyalar transport va xizmat safari harajatlarini ancha qisqartirish 
imkonini bersa ham, aksariyat tashkilot yoki firmalar ularni faqat shu sabablarga 
ko‘ra qo‘llamaydilar. Bu firmalar bunday konferensiyalarda muammoni hal 
qilishga hududiy jihatdan ofisdan ancha uzoqda joylashgan ko‘p sonli 
menejerlarni va boshqa xodimlarni ham jalb etish imkoniyatini ko‘radilar. 
Elektron pedagogika ta'lim jarayoni sub'ektlarining elektron pochta xizmati 
va uning imkoniyatlaridan foydalanish xususiyatlarini xam o‘rganadi.  Internet–
xalqaro tarmog‘ining asosini Electronic mail (E-mail) - elektron pochta xizmati 
tashkil qiladi. Elektron pochta xuddi odatdagi pochtadek bo‘lib, faqat bunda xatni 
qog‘ozga emas, balki kompyuter klaviaturasidan harf va so‘zlarni terib, ma'lum 
elektron yozuv ko‘rinishiga keltiriladi. Elektron pochta maxsus dastur bo‘lib, 
uning yordamida Internet tarmog‘i orqali dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron 
manzilga xat, hujjat, ya'ni ixtiyoriy ma'lumotni tezda (bir necha soniya va 
daqiqalarda) jo‘natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochtaning 
kamchiligi shundan iboratki, xat jo‘natuvchi va qabul qiluvchining har ikkalasi 
ham foylanayotgan kompyuter Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lishi zarur. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling