Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


АДАБИЁТЛАР:  1.  Абдуллаев  Ф.А


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet163/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

АДАБИЁТЛАР
1. 
Абдуллаев 
Ф.А. 
Таълим 
сифати 
менежментида 
ахборот 
технологияларининг ўрни.-Тошкент: Комрон-Пресс, 2016.-186 б. 
2. 
Кухарев Н. В. На пути к профессиональному совершенству. – 
Москва: Знание, 2009. -159 с.
3. 
Юлдашев М.А. Таълим сифати менежментига инновацион 
ёндашувлар.-Тошкент: Молия,2017.- 122 -бет. 
13-§. TA'LIM SIFATI VA TA'LIM SIFATI MENEJMENTIGA
INNOVATSION YONDAShUVLAR 
 
REJA: 
1.Ta'lim sifati mohiyati. Sifatni boshqarish nazariyasining rivojlanishi 
2. Sifatning yalpi boshqaruvini joriy etish 
3. Ta'limning xalqaro standartlari haqida tushuncha 
Tayanch tushunchalar: ta'lim, shaxs, jamiyat, davlat manfaatlari, ta'lim sifati,
boshqarish, xalqaro standartlar
 
Ta'lim sifati mohiyati. Sifatni boshqarish nazariyasining
rivojlanishi. Har qanday mamlakatning kuch – qudrati uning intellektual 
salohiyati bilan belgilanadi. Bu esa bevosita ta'lim sifatiga bog‘liq. Jamiyat va 


269 
ta'lim yaxlit bir tizimni tashkil etadi. Jamiyatda kechayotgan har qanday global 
jarayonlar, ta'lim holatida o‘z aksini topadi. Uzluksiz ta'lim tizimida amalga 
oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ta'lim sifati va samaradorligini oshirish 
maqsadida ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishga yo‘naltirilgan davlat 
dasturlari, 
hukumat 
qarorlari, 
ta'lim-tarbiya 
jarayoni 
ishtirokchilariga 
qaratilayotgan e'tibor, ular uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ta'lim sifatini 
oshirishdagi mavjud muammolarning yechimini topish, ta'lim mazmunini 
takomillashtirish bilan bir qatorda, uning sifatini ilmiy asosda boshqarishni ham 
taqozo etmoqda.
“Sifat” tushunchasi pedagogika fanida: bir predmet yoki hodisani 
boshqasidan farqlovchi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan belgilar, xususiyatlar
o‘ziga xosliklar; shuningdek, u yoki bu xususiyatlarning mukammal darajaga 
o‘sishini ko‘rsatuvchi jarayon, ma'naviy-ma'rifiy kategoriya sifatida talqin 
qilinadi. 
“Ta'lim sifati” so‘z birikmasi mamlakatimizda ilk bor 1997 yilda 
O‘zbekiston Respublikasining “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturining ta'lim sifati ustidan davlat nazoratiga bag‘ishlangan 
modda va bo‘limlarida rasmiy ravishda qayd etildi. Bu esa o‘z navbatida mazkur 
sifatni ta'minlashga doir qator amaliyotlar va nazariy konsepsiyalarning 
yaratilishiga turtki bo‘ldi. 
Ta'lim sifati deganda faqatgina tahsil oluvchilar egallagan bilim, ko‘nikma 
va malakalarining davlat ta'lim standartlariga mos kelishi tushunilmasdan balki 
har bir pedagog va rahbarning mazkur yo‘nalishda sifatli ta'lim xizmatini 
ta'minlashi, ya'ni ta'lim muassasasining muvaffaqiyatli ravishda faoliyat olib 
borishi tushuniladi.. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling