Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

 
 
Falsafa va pedagogikaga oid adabiyotlarda refleksiya shaxsning o‘z ongidagi 
o‘zgarishlarni fikrlash jarayoni deb yoziladi. 
1
1
Абдуллаева Ш.А. Педагогик диагностика.-Тошкент: Мерос,2010.-19-бет. 


34 
Psixologik lug‘atda shunday izoh beriladi: "Refleksiya - faqat sub'ektning 
o‘z-o‘zini bilishi va tushunishi emas, balki boshqalar uning shaxsiy xislatlari, his 
qilish tuyg‘usi va bilish (kognitiv) tasavvurlarini bilish hamda tushunishini 
aniqlab olishini ham anglatadi. 
Amaliy pedagogik faoliyatda ham ta'lim (tarbiya) tizimlarini loyhalash 
ishlari amalga oshiriladi. Bu “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida 
yaratilgan zamonaviy ta'lim tizimi, uni rivojlantirish konsepsiyasi (“portlash 
effekti”) misolida namoyon bo‘lmoqda. 
Ilmiy-pedagogik tadqiqot metodologiyasi ham, amaliy pedagogik faoliyat 
metodologiyasi ham quyidagi uchlikda yaxlit tasavvur etish mumkin, -deydi rus 
olimi A. M. Novikov, ya'ni: “loyiha, texnologiya, refleksiya”. 
Pedagogika boshqa rivojlangan fanlar qatori o‘zining alohida predmetiga, 
nazariy tamoyillariga ega bo‘lganligi sababli, shaxs shakllanishi va uning 
rivojlanishidagi muayyan muammolarni hal qilishda tarbiya va ta'lim 
jarayonlaridagi o‘ziga xos xususiyatlar hamda qonuniyatlarni inobatga olgan 
holda tadqiqot metodlarini qo‘llaydi
Zamonaviy pedagogikada tadqiqotlarning nazariy va amaliy ahamiyati, 
ularning mantiqi, metodologik tavsifi bilan bog‘liq quyidagi masalalar 
aniqlashtirilishi ko‘zda tutilmoqda: 

fan yutuqlarini ta'lim va tarbiya jarayoniga tatbiq etish; 

pedagogika fanini milliy va umuminsoniy tajribalar asosida rivojlantirishning 
metodologik jixatlarini kengaytirish; 

pedagogikaning nazariy tadqiqotlari samarasini oshirish; 

pedagogik tajribani o‘rganish va natijalaridan foydalanish; 

pedagogik tajriba-sinov, uning mohiyati, matematik-statistik metodlari va 
metodikasini oydinlashtirish; 

tarbiyaga yaxlitlikda yondashish, bunda mafkuraviy tarbiyaning ahamiyatini 
o‘rganish; 


35 

ta'lim sifatini oshirishda boshqaruv texnologiyalarini loyihalashtirish va 
boshqalar. 
Amaliyot ta'siri ostida nazariya ilmiy kashfiyotlarning asosiy omiliga 
aylanadi. Faqat keng va har tomonlama tashkil etilgan amaliyotgina faoliyatning
kamchiligini va yetilmaganligini hamda ayni vaqtda pedagogik voqyelikni 
bilishga xizmat qiladi. 
Shunday qilib, O‘zbekistonda pedagogika fanlar tizimida va amaliyotida 
juda katta tajriba, salohiyat, bilimlar manbai, tavsiyalar to'plangan bo'lib, bular 
yoshlarga tizimli holda yetib borishi, ular ijodiy imkoniyatlari rivojiga ta'sir 
etishi kerak. Bu esa muayyan bilimlarni – tizimlashtirishni, metodologiyani 
o‘rganishni talab etadi.
Bugungi kunda zamonaviy fan rivojiga bog‘liq holda fan tilining metodologik 
masalalari ham kun tartibida turadi. Fanda tildan foydalanish muammosi ilmiy 
fan sifatida pedagogikani ham chetlab o‘ta olmaydi. 
Til ijtimoiy hodisa sifatida amaliy faoliyatda va bilish jarayonida ikki 
asosiy vazifani bajaradi:
1) insonlar o‘rtasida aloqa vositasini o‘taydi 
2) tafakkur shakli sifatida to‘plangan bilimlarni qayd etish va saqlash, tizimlashtirish 
uchun zarur hisoblanadi. 
Ma'lumki, til bilan qator fanlar –lingvistika, psixologiya, semiotika 
(belgilar haqidagi fan), falsafa shug‘ullanadi. Metodologiya tilni ilmiy bilimlarni 
ifodalash, ularni qayta ishlash, ilmiy axborotlarni to‘plash va saqlash vositasi 
sifatida o‘rganadi. 
Pedagogika boshqa fanlar qatori milliy tildan ilmiy axborotlarni 
shakllantirish, ishlov berish, saqlash va uzatishning universal vositasi sifatida 
foydalaniladi. 
Biz pedagogikada turli darajadagi kategoriya(tushuncha)larga tayanamiz. 
Kategoriya (tushuncha) – bu predmetlarnig umumiy va o‘ziga xos sifatlari 


36 
haqidagi fikrdir. Tushuncha asosida predmetlar o‘xshashligi va farqlari 
aniqlanadi. 
Albatta, tushunchalar mohiyatini anglashda odamlar ham bir-biridan 
farqlanadi. Shu boisdan milliy til so‘zlari ham bir xil emas, ular amaliy 
faoliyatda turlicha muhimlik kasb etadi va muloqot jarayonida tekislanib, 
aniqlanib boraveradi. 
Har qanday fan, jumladan pedagogika ham aniq tushunchalar tizimini 
talab etadi. U milliy til asosida yaratiladi va ilm tili, ya'ni pedagogikning 
tushuncha-toifalar tizimi shakllanib boradi. Toifa tushunchadan bir bosqich 
yuqori turadi va ayni vaqtda o‘zida ularning belgi va xususiyatlarini saqlab
qoladi. Shu bois toifa tushunchadir, biroq barcha tushunchalar toifa bo‘la 
olmaydi.
Pedagogika bo‘yicha ilm tilini shakllantirish murakkab jarayon, u 
hanuzgacha qoniqarli darajada tadqiq qilingan emas. Bu fan ham boshqalari 
qatori hayotiy tildan ko‘plab atamalarini qabul qiladi. (“shakl”, “metod”, 
“tarbiya” va boshqalar). Shu bois mumkin qadar tushunchalarni faol ilmiy 
muloqot tarkibiga kiritish uchun aniqlashtirish, chegaralashga harakat qiladi. 
Pedagogikada ilmiy nutqning lug‘at zahirasi yangi, maxsus terminlar va 
ta'riflar bilan boyib bormoqda. Masalan, refleksiya, tyutor, boshqarish, 
moderator, ta'lim menejmenti, innovatsion texnoloyalar, axborot texnologiyasi va 
boshqalar. Foydalanilayotgan atamalarning aniq ta'rifi va maxsus pedagogik 
lug‘atini shakllanishi pedagogika fani tiliga mos holda amalga oshirilishi zarur. 
Bu fanning o‘ziga xos tomoni shundaki, uning tili odatiy tilga juda yaqin
bo‘lgani uchun tushunish birmuncha yengil kechadi. Shu sababli maxsus 
pedagogik tillar nafaqat o‘qituvchi va tarbiyachiga tushunarli, balki ularni ota-
onalar, o‘quvchi-talabalar va keng jamoatchilik ham tez hazm qilishadi. Boshqa 
tomonidan odatdagi til bilan ilmiy tilning yaqinligi fan sifatida pedagogika uchun 
xususiy bo‘lgan metodik xaraterdagi jiddiy qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 


37 
Maxsus pedagogik atamalar sifatida qo‘llanilayotgan tushunchalar
pedagogik tushunchalarni aniq ta'riflash ilmiy pedagogik g‘oyalarni
muvaffaqqiyatli rivojlantirish uchun zaruriy shart hisoblanadi. 
Pedagogika o‘z tadqiqotlari natijalarini yozma ravishda ifodalashi bilan 
birgalikda diagramma, sxema, chizma, jadval asosida ham bayon etadi. 
Pedagogik tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish uchun informatika, matematika, 
mantiq (induksiya, deduksiya va boshqa) fanlarining metodlari, tushuncha va 
ramzlaridan keng foydalanilmoqda. 
Erishilgan yutuq bilan fan tilining rivojlanishi to‘xtamaydi, u vaqt o‘tgan 
sayin rivojlanib, boyib boraveradi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling