Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti abdullayeva Shaxzoda Abdullayevna, Asкarov Abror Davlatmirzaevich


Komil inson tarbiyasida oila funksiyalari (vazifalari)


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/217
Sana14.11.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1773163
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   217
Bog'liq
Umumiy pedagogika oquv qollanma2

Komil inson tarbiyasida oila funksiyalari (vazifalari). Oilaning asosiy 
vazifalari, funksiyalari quyidagilardan iborat ekanligini qayd etib o‘tishimiz joiz. 
Oilaning iqtisodiy funksiyasi uning asosiy tarbiyaviy funksiyasidir
Bolalarning aqliy, jismoniy, axloqiy estetik tarbiyasiga oilada asos solinadi. Oila 
inson deb ataluvchi binoning faqat poydevorini qo‘yish bilan cheklanmay, balki 
uning so‘ngi g‘ishti qo‘yilguncha javobgardir. Jamiyatning komil fuqarosini 
shakllantirish, tarbiyalash hozirgi zamon oilasining muhim funksiyasi darajasiga 
kiradi. Chunki shaxsning ijtimoiylashuvi dastavval oilada amalga oshadi. 
Oilaning kommunnikativ funksiyasi oila a'zolarining o‘zaro muloqot va 
o‘zaro tushunishga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
 
Oilaning 
rekreativ 
funksiyasi 
nimadan 
iborat
Nikoh-oila 
munosabatlari yuzaga kelgan dastlabki, ibtidoiy zamonlardan buyon unga 
xarakterli bo‘lgan xususiyatlardan biri, oila a'zolarining axloqiy-psixologik 
himoyalanishini ta'minlash, yosh bolalarga va mehnatga yaroqsiz kishilar yoki 
keksa qarindoshlarga moddiy-ma'naviy va jismoniy yordam ko‘rsatish kabilardan 
iborat bo‘lib kelgan. 


152 
Bu holat oilaning rekreativ funksiyasini tashkil qiladi. Oilaning rekreativ 
funksiyasi- o‘zaro jismoniy, moddiy, ma'naviy va psixologik yordam ko‘rsatish 
funksiyalaridan biri hisoblanadi. 
Oilaning muhim bo‘lgan funksiyalaridan yana biri- bu uning reproduktiv 
(jamiyatning biologik uzluksizligini ta'minlash, bolalarni dunyoga keltirish) 
funksiyasidir. Bu funksiyaning asosiy mohiyati inson naslini davom ettirishdan 
iboratdir. Oilaning vazifasi faqatgina yangi avlodni dunyoga keltiribgina 
qolmasdan, insoniyat paydo bo‘lgan davrdan boshlab yashab kelayotgan ilmiy va 
madaniy yutuqlari bilan tanishtirgan holda, ularning salomatligini saqlab 
turishdan ham iboratdir. Tabiatan berilgan avlod qoldirish instinkti insonda 
farzand ko‘rishga ularni o‘stirishga va tarbiyalashga bo‘lgan ehtiyojga aylanadi. 
Bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, kishi odatda o‘zini baxtiyor his eta olmaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   217




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling