Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti fizika fakulteti tf 2001 Guru talabasi Musurmanova Diloromning Fizika o’qitish metodikasi fanidan kurs ishi mavzu: Mexanika bo’limi mavzularini o’qitishning nazariy savollari


Axborot texnologiyalari sohasini isloh qilish – davr talabi


Download 0.88 Mb.
bet2/4
Sana28.12.2022
Hajmi0.88 Mb.
#1017158
1   2   3   4
Bog'liq
Fizikani o’qitishda axborot texnalogiyalaridan foydalanish usullari

Axborot texnologiyalari sohasini isloh qilish – davr talabi

  • Axborot oqimi shiddat bilan turmush tarzimizga kirib kelayotgan bugungi kunda bu sohani taraqqiy ettirish jahondagi makrofaktorlardan biridir. O‘tgan yillar davomida axborot sohasini isloh qilish, ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada liberallashtirish, so‘z erkinligini ta’minlash borasida keng qamrovli ishlar qilindi. Ommaviy axborot vositalari rivojini ta’minlaydigan, demokratik talab va me’yorlarga to‘la mos keladigan mustahkam qonunchilik asosi yaratildi. Shu bilan birga, OAV ni rivojlantirish, axborot sohasini demokratlashtirish jarayonida OAV ning faol ishtirokini ta’minlash uchun yangi qonunlar qabul qilishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
  • Mazkur zaruratdan kelib chiqib, Prezidentimiz taklif etgan Konsepsiyada «Davlat hokimiyati va bosh­qaruvi organlari faoliya­tining ochiqligi to‘g‘risida», «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida», «Ommaviy axborot vositalari faoliya­tining iqtisodiy asoslari to‘g‘­risida», «Ommaviy axborot ­vositalarini dav­lat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘­risida» qonunlar qa­bul qilish, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida», «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi ­va boshqa tegishli qonunlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar ki­ritish, «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi qo­nun me’yorla­rini yanada takomillashtirish fikri ilgari surildi.

Huquqiy me’yorlarni to‘g‘ri targ‘ib qilishda ommaviy axborot vositalarining ahamiyati beqiyosdir. Shu bois, axborot vositalari erkinligi va mustaqilligini yanada mustahkamlash fuqarolarning qonunga ongli itoat qilishini ta’minlaydi, o‘zining kuchli intellektual salohiyati bilan bu vositalar yoshlar ongiga, ularning ijtimoiylashuviga katta ta’sir o‘tkazadi. Bu esa yuksak ma’naviy-axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash milliy tizimini yanada takomillashtiradi.
Prezidentimiz konsepsiyada ommaviy axborot vositalari faoliyatining samarali huquqiy mexanizmini yaratish, bunda keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tishi bejiz emas. Chunki fuqarolarni qonun-qoidalar asosida yashashga o‘rgatish ham ommaviy axborot vositalari, xususan, ularning ta’sirchan usullari yordamida amalga oshiriladi.

Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling