. . XULOSA
Kurs ishning mazkur bobida axborot texnologiyalari sohasini isloh qilish Informatsion texnologiyalarning o’quv jarayonidagi o’rni va ahamiyati, informatsion texnologiyalar integratsiyasining fizika ta’limidagi tadbiqi, ta’lim jarayonida integratsiyalashdan foydalanishning ahamiyati, kasb-hunar kollejlarida integratsiyalashgan ta’lim muammolari va yechimlari, innovatsion texnologiyalatining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni va o’quv jarayonidagi ahamiyati tahlil qilindi. Shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limida zamonaviy texnologiyalar tadqiqoti masalalari ko’rib chiqildi. Jumladan, tajriba-tadqiqot maydonida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘qituvchilar ta’lim jarayonida quyidagilarni bilishi va amal qilishi lozim:
integratsiyalashtirilgan darsning an’anaviy darsdan ustunligini anglashi va har ikkala dars shakllaridan o‘rinli foydalanish malakasiga ega bo‘lishi;
ilg‘or pedagogik, innovatsion texnologiyalarni o‘quv fani hamda dars maqsadiga muvofiq tanlay olishi va amaliyotga tatbiq etishi;
pedagogika universitetlari va industrial pedagogika institutlarining bakalavriat bosqichida talabalarga mo’ljallangan, integratsiyalashtirilgan o’quv qo’llanmalari va darsliklardan unumli foydalana olishlari;
o‘quvchi shaxsiy sifatlaridagi o‘ziga xoslik munosabatlarini yakdillik bilan anglay olishi va individual mahorat orqali yondashish malakasiga ega bo‘lishi;
dars maqsadlariga erishish yo‘llarini bilishi, dars bosqichlari tarkibiy tuzilishiga to‘liq tayanishi lozim.
Kasb-hunar kollejlarida umumta’lim fanlarini maxsus va kasbiy fanlar bilan o’zaro bog’liqlik, (integratsiyalashgan darslar asosida) o’qitish zamon talabi bo’lib, u pirovard natijada, o’quvchilarning fan va tanlagan kasbiga qiziqishini oshiradi. Bu esa kasb-hunar kollejlarida yuqori malakali kichik mutaxassislar tayyorlashga zamin yaratadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Do'stlaringiz bilan baham: |