Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti
Download 23.03 Kb.
|
Bayannoma Dastlabki ximoya
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti “Geologiya” kafedrasi Magistrlik dissertatsiya ishini dastlabki himoyasi boʻyicha komissiya majlisining __-sonli bayonnomasidan koʻchirma KO‘CHIRMAToshkent shahri 26.04.2023 y. Qatnashdilar: kafedra mudiri, dotsent., I.S.Tog‘ayev, professor A.R.Kushakov, dotsent: A.G.Stelmax, dotsent v.b. X.A.Xusainov, o‘qituvchilar: M.K.Aripova, Sh.A.Toshtemirov, B.B.Abdujabborov, B.A.Ahmedjanov, M.M.Alimov, F.S.Cho‘lliyev, X.A.Boboyorov, A.A.Samiyev, M.M.Qurbonova, D.A.Islomova, Sh.V.Usmonova, U.X.Yusupov, M.Mansurov, D.A.Abdusamatova, G.Sh.Yakubova, S.S.Fayzullayev va boshqa kafedra a’zolari. KUN TARTIBI: 70530501 – Geologik (faolyat turlari buyicha) mutaxassisligi 2-kurs magistratura talabasi Ro’zimurodov Ramazon Ro’zimurod o’g’lining magistrlik dissertatsiya ishning dastlabki himoyasi xususida. Rais: Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar va kafedra a’zolari! Dastlabki himoyaga kiruvchi magistrantlar o‘zlarining dissertatsiya ishlari haqida maʼlumot berishlari va magistrlik dissertatsiya (MD) ishini talab darajasida bo‘lishi uchun barcha hujjatlarni talab doirasida taqdim etishlari kerakligini taʼkidlab oʼtdi. Eshitildi: kafedra mudiri, g.-m.f.f.d., dotsent I.S.Tog’ayev yig’ilish qatnashchilarini kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi. Kun tartibidagi masala yuzasidan I.S.Tog’ayev Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy Universitetining 06.03.2023 yil 03-426-son buyrugʻiga asosan magistrlik dissertatsiyasining dastlabki himoyasi oʻtkazilganligini taʼkidlab oʻtdi. Ilmiy rahbarning dissertatsiya ishi tugallanganligi boʻyicha xulosasi, ichki va tashqi taqrizlar mavjud, taqrizlar ijobiy. Dissertatsiya mavzusiga doir bitta tezis chop etilgan, bitta maqola dissertatsiya ishi magistratura nizomi talablariga mos holda rasmiylashtirilgan. Soʻngra soʻzni Geologik (faolyat turlari buyicha) mutaxassisligi 2-kurs magistratura talabasi Ro’zimurodov Ramazon Ro’zimurod o’g’liga berdi. Magistrant “Chakilkalyan tog’lari geologik tuzilishi va apokarbonat oltin menirallashuvining joylashish sharoitlari” mavzusidagi taqdimotida dissertatsiya mavzusining ilmiy asoslanishi va dolzarbligi, maqsadi va vazifalari, ilmiy yangiligi hamda ishning asosiy jihatlarini yoritib berdi. R.R.Ro’zimurodovning maʼruzasidan soʻng kafedra professor-oʻqituvchilari tomonidan magistrga dissertatsiya mavzusiga oid savollar berildi. Savol: A.R.Kushakov. O’rganilayotgan uchastkalardan qaysi birida oltin ma’dani ko’p uchraydi ? Javob: R.R.Ro’zmurodov Akata maydonida eng ko’p uchraydi. Savol: I.S.Tog’ayev. Chakilkalyan tog’larida apokarbonat madanlashuvini aniqlash va o’rganish nechta davrda? Javob: R.R.Ro’zmurodov Ikkita davrga ajratilgan Savol: X.A.Xusainov. Bazan oltinni quydagi hollarda uchratamiz: qizg’ish sariq yoki oqish sariq, bunda tarkibiga qanday moddalar qushilishi evaziga sodir bo’ladi. Javob: : R.R.Ro’zmurodov Mis bilan uchraganda qizg’ish sariq kumish bilan uchraganda oqish sariq boladi Rais: Mazkur dissertatsiya ishiga 2 ta taqriz kelib tushgan, ichki va tashqi taqrizchilar g.-m.f.f.d., F.B.Karimva va g.-m.f.d. Z.M.Fatxullayevalarning taqrizlari eshitildi. Ichki taqrizchi g.-m.f.d. Z.M.Fatxullayeva dissertatsiya ishi boʻyicha ayrim kamchiliklarga yoʻl qo’yilganligini aytib oʻtdi: Dissertatsiya ishida grammatik va orfografik xatolar uchraydi Dissertatsiyada keltirilgan rasmlar va jadvallarni o‘qish qiyin, ularni tiniqroq holatda keltirilganda yaxshi bo‘lar edi. (§2 bob 28 bet, 33-34 betlar.) R.R.Ro’zmurodov keltirilgan kamchiliklar bartaraf etilganini aytib o’tdi. Tashqi taqrizchi g.-m.f.f.d., F.B.Karimva ishni ijobiy tomonlarini eʼtirof etib quyida kamchiliklar mavjudligini aytib oʻtdi: 1.Tadqiqot hududi haqidagi birinchi bobda keltirilgan tadqiqot hududining tavsiliy xaritasi eski xarita hisoblanadi. Ushbu hudud bo‘yicha yanada ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish uchun Chakilkalyan ma’dan maydonining tavsiliy xaritasini boshqa yangi turdagi tavsiliy xaritaga almashtirishini tavsiya qilaman. 2.Ilmiy ishda foydalanilgan xaritalar keltirilgan unda ba’zi bir xaritalarda nomlari to‘liq keltirilmagan. Ushbu maydon bo‘yicha xaritalarni to‘liq nomlashni va kamchiliklarni bartaraf etishini tavsiya qilaman. 3.Tadqiqot hududidagi uchunchi bobida keltirilgan magmatik komplekslar to‘liq keltirilmagan. Ushbu bob bo‘yicha yanada ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘lishi uchun kamchiliklarni bartaraf etishini tavsiya qilaman. R.R.Ro’zmurodov keltirilgan kamchiliklar bartaraf etilganini aytib o’tdi. Atroflicha fikr-mulohazalardan muhokamadan soʻng geologiya kafedrasi magistrlik dissertatsiya ishini dastlabki himoyasi boʻyicha komissiyasi tomonidan qaror qabul qilindi: 1. Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti “Geologiya” kafedrasi 70530501 – Geologik (faolyat turlari buyicha) mutaxassisligi 2-kurs magistratura talabasi Ro’zimurodov Ramazon Ro’zimurod o’g’li “Chakilkalyan tog’lari geologik tuzilishi va apokarbonat oltin menirallashuvining joylashish sharoitlari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi ijobiy deb maʼqullansin va dastlabki himoyadan oʻtdi deb hisoblansin. 2. Davlat Attestatsiya Komissiyasiga (DAK) magistr akademik darajasini olish boʻyicha himoyaga tavsiya etilsin. “Mazkur magistrlik dissertatsiya ishi himoyaga tavsiya etilsin” Kafedra mudiri _______g.-m.f.f.d. dotsent Tog‘ayev I.S. Komissiya aʼzolari: Rais: dotsent Tog‘ayev I.S. Аʼzolar: professor Kushakov А.R. dotsent Stelmax А.G. dotsent v.b. Xusainov X.А. oʼqituvchi Toshtemirov Sh.A Download 23.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling