Фарғона дав лат университети Табииёт факультети


Download 51.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi51.5 Kb.
#1597668
Bog'liq
23.Normatov Zuhriddin


FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI
ZOOLOGIYA VA UMUMIY BIOLOGIYA KAFEDRASINING 10-YIG‘ILISHI BAYONNOMASIDAN
KO‘CHIRMA


2023-yil 31-may Farg‘ona shahri


Qatnashdilar:

Kafedra mudiri: B.Sheraliyev; dotsentlar: Sh.Yuldasheva, S.Isroiljonov, V.Karimov, M.Yunusov, M.Nazarov, M.Xoliqov, S.Axmadjonova; katta o‘qituvchilar: M.Muxammadiyev, Y.Qayumova; B.Baxromova, M.Toshtemirova; o‘qituvchilar: A.Ma’rupov, E.Botirov, A.Mirzaliyev, A.Yoqubov, D.Raximova, S.Isag‘alieva, X.Jo‘raeva, B.Sharipova, M.Muxammedov, D.Komilova va biologiya (zoologiya) mutaxassisligi magistrantlari.




KUN TARTIBI:


4.3-masala. 70510101–Biologiya (zoologiya) mutaxassisligi magistrantlarining magistrlik dissertatsiya ishining muhokamasi – Normatov Zuhriddin Faxriddin oʻgʻlining “Rezavor mevalarining biologik xususiyatlari va zararkunanda turlari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishining muhokamasi.


Eshitildi: B.Sheraliyev – kafedra mudiri.
B.Sheraliyev magistrlik dissertatsiya ishlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son “Magistratura to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarori asosida ishlab chiqilgan Nizomga binoan bajarilishi lozimligini ta’kidlab o‘tdi. 70510101–Biologiya (Zoologiya) mutaxassisligi magistrant Normatov Zuhriddin Faxriddin oʻgʻlining “Rezavor mevalarining biologik xususiyatlari va zararkunanda turlari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishining tayyorlanganligi va bugungi yig‘ilishda muhokamadan o‘tkazishga taqdim etganligi to‘g‘risida axborot berdi. Shu bilan birga, dissertatsiya ishi https://antiplag.uz/ sayti orqali tekshirilganda 96.49% originallik ko‘rsatkichi chiqqanini ma’lum qildi. Dissertatsiya ishi mavzusi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarini bayon etish uchun so‘zni magistrant Z.Normatovga berdi.
Eshitildi: magistrant Z.Normatov dissertatsiya ishiga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini 2021-2023 yillar davomida kafedra dotsenti S.Ahmadjonova rahbarligida olib borganligi haqida gapirib, ishning tuzilishi va olingan asosiy natijalar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Magistrlik dissertatsiya ishi mavzusiga doir adabiyotlar bilan bir qatorda Internet ma’lumotlari bilan ham tanishib chiqqanligini aytib o‘tdi.
So‘zga chiqdi: Kafedra dotsenti M.Muhammadiyev bajarilgan dissertatsiya ishining dolzarbligi va ahamiyati to‘g‘risida gapirib, ishni belgilangan talablar asosida bajarilganligi hamda bitiruvchining izlanuvchanligi, ilmiy ishga layoqati, tadqiqot ishiga doir kuzatuv ishlarini yuqori saviyada olib borganligini bayon etdi. Magistrant Z.Normatovning dissertatsiya ishini Davlat attestatsiya komissiyasi talablariga javob berishini ta’kidladi.
So‘zga chiqdi: Ilmiy rahbar kafedra dotsenti b.f.n. S.Ahmadjonova magistrlik ishi mavzusining ayni kundagi ahamiyati haqida gapirar ekan, rezavor mevalarining biologik xususiyatlari va zararkunanda turlari, ishning iqtisodiy va ilmiy ahamiyati va mazkur ishning ushbu sohadagi ma’lumotlar ko‘lamini kengaytirishga qo‘shgan hissasi haqida gapirib, magistrant Z.Normatovning mavzuga doir adabiyotlar bilan puxta ishlaganligini, jumladan rezavor mevalarining biologik xususiyatlari va zararkunandalari bo’yicha keltirilgan manbalar to‘liq o‘rganganligi, olib borilgan tadqiqot ishi va olingan natijalarning dissertatsiya ishida tutgan o‘rni va ahamiyatini yoritib bera olganligini ta’kidlab o‘tdi. Ilmiy rahbar magistrant Z.Normatovning mazkur dissertatsiya ishini Davlat attestatsiya komissiyasi huzurida himoya qilishga tavsiya etish to‘g‘risida taklif bildirdi.
Muhokamada so‘zga chiqqan kafedra dotsentlari M.Muhammadiyev, M.Yunusov, kafedra katta o‘qituvchilari B.Bahromova, M.Toshtemirovalar ushbu taklifni qo‘llab-quvvatladilar. Kafedra yig‘ilishi ishtirokchilari tomonidan ham mazkur taklif bir ovozdan ma’qullandi.
Ko‘rilgan masala yuzasidan


QAROR QILINDI:



  1. Kafedra mudiri B.Sheraliyev va kafedra professor-o‘qituvchilarining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Magistrant Z.Normatovning dissertatsiya ishi yuzasidan hisoboti inobatga olinsin.

  3. Normatov Zuhriddin Faxriddin oʻgʻlining “Rezavor mevalarining biologik xususiyatlari va zararkunanda turlari” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi himoyaga tavsiya etilsin.

  4. Z.Normatovning magistrlik dissertatsiya ishiga rasmiy taqrizchi etib kafedra dotsenti ____________ tayinlansin.

Ko‘chirma asliga to‘g‘ri
Majlis kotibi A.Mirzaliyev
Download 51.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling