7-adabiyot ii-chorak 2020-yil Hamza tarjimayi holida eslashicha, necha yoshlaridan she’r mashq qila boshlagan?


Download 18.75 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi18.75 Kb.
#206970
Bog'liq
7-sinf adabiyot II-chorak 2020


7-adabiyot II-Chorak 2020-yil

1.Hamza tarjimayi holida eslashicha, necha yoshlaridan she’r mashq qila boshlagan?

A) 5 yoshlaridan B) 7 yoshlaridan C) 10 yoshlaridan D) 20 yoshlaridan

2. Hamzaning maktablari qaysi jihati bilan el orasida tez mashhur bo‘lib ketadi?

A) savod tez chiqarilgani bilan B) dunyoviy fanlarning puxta o‘rgatilganligi bilan

C) diniy darslarning puxta o‘rgatilganligi bilan D) chet tillarini oson o‘rgatishi bilan

3. Hamzaning boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratgan darsliklarini toping.

A) «Yengil adabiyot», «Qiroat kitobi» B) «Qiroat kitobi», «Yangi adabiyot»

C) «Yangi adabiyot», «Hikmatlar» D) «Chor kitob», «Hikmatlar»

4. Hamza 1912-yilda haj amalini o‘tash, dunyo ko‘rib, kengroq bilim olish istagida qaysi mamlakatlarga boradi? A) Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Saudiya, Rossiya B) Hindiston, Turkiya, Saudiya, Rossiya,

C) Afg‘oniston, Turkiya, Saudiya, Rossiya, Italiya D) Afg‘oniston, Hindiston, Turkiya, Italiya

5. Hamza o‘zbeklar orasidan birinchi bo‘lib nechanchi yilda sahna asari yaratadi?

A) 1908-yilda B) 1907-yilda C) 1906-yilda D) 1905-yilda

6. To‘g‘ri hukmlarni toping.

1) Saida Zunnunovaning birinchi she’riy to‘plami talabalik yillari nashr etilgan.

2) Saida Zunnunovaning ilk she’ri Andijon viloyatining «Paxta fronti» gazetasida bosilgan.

3) Akademik shoir G‘. G‘ulom S. Zunnovaning birinchi to‘plamiga «Qizingiz yozdi» deb nom qo‘yib bergan. 4) S. Zunnunova haqidagi quyidagi fikrlarni Said Ahmad aytgan: «U xotin-qizlarga xos nazokat, iforli, tatimli lirikasi bilan dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib, mehnatga rag‘batlarimizni toblantiradigan, idrokimizni go‘zalliklar tomon yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo‘lib yetishdi».

5) Otadan erta yetim qolgan shoira onasi va qarindoshlari qo‘lida ulg‘aygan.

A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 2, 3, 4

7. S. Zunnunova haqidagi quyidagi fikrlar muallifi kim? «Xalqimizning Saidaga qilgan yaxshi niyati bekor ketmadi.U xotin-qizlarga xos nazokat, iforli, tatimli lirikasi bilan dillarimizni erkalab, hordiqlarimizni yozib, mehnatga rag‘batlarimizni toblantiradigan, idrokimizni go‘zalliklar tomon yetaklaydigan fahmli shoiramiz bo‘lib yetishdi». A) G‘afur G‘ulom B) Said Ahmad C) Abdulla Qahhor D) Oybek

8. Saida Zunnunovaning she’riy to‘plamlarini toping.

1) «Yangi she’rlar»; 2) «Gullar vodiysi»; 3) «Qizlarjon»; 4) «She’rlar»; 5) «Bir yil o‘ylari»; 6) «Nilufar»;

7) «Sodiq va Anor»; 8) «Xayrixon»; 9) «Surat bilan suhbat».

A) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6 C) 1, 3, 4, 5, 7 D) 1, 3, 5, 6, 8, 9

9. Saida Zunnunovaning dostonlarini toping.

1) «Gullar vodiysi»; 2) «Qizlarjon»; 3) «Bir yil o‘ylari»; 4) «Sodiq va Anor»; 5) «Xayrixon»;

6) «Surat bilan suhbat»; 7) «Qo‘shnilarim». A) 1, 2, 6, 7 B) 4, 5, 6, 7 C) 3, 4, 5, 7 D) 1, 3, 5, 6

10. Shuhratning urush mavzusida yozilgan asarlarini toping.

1) «Shinelli yillar daftari» she’rlar turkumi; 2) «Orzu va qasos» dostoni;

3) «So‘lmas chechaklar» dostoni; 4) «Farzand» dostoni. A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 4

11. Shuhratning qaysi asarida To‘marisning tengsiz shijoati tasvirlangan?

A) «Ona va farzand» B) «Raymonda» C) «Mardlik afsonasi» D) «So‘lmas chechaklar»

12. Shuhratning vafoti tufayli tugallanmay qolgan asari qaysi mavzuda yozilgan?

A) tarixiy B) ishqiy C) didaktik D) dediktiv

13. Rasul Hamzatovning she’riy kitoblarini toping.

1) «Tog‘ qo‘shig‘i»; 2) «Mardlik afsonasi»; 3) «Tog‘ qizi»; 4) «Dog‘istonim»; 5) «Yuksak yulduzlar»;

6) «Tug‘ilgan kunim»; 7) «Tog‘likning vatani»; 8) «Ovuldan xat»; 9) «Mening qalbim tog‘larda»;

10) «So‘nmas yulduzlar». A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6, 7 C) 3, 4, 5, 6, 7, 8, 10 D) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9

14. Rasul Hamzatov 18 yoshida qaysi kasblar egasi sifatida mehnat qilgan?

1) o‘qituvchi; 2) rassom; 3) muxbir; 4) artist; 5) hisobchi. A) 1, 2, 3 B) 2, 3, 4 C) 3, 4, 5 D) 1, 3, 4

15. Rasul Hamzatov haqidagi to‘g‘ri hukmlarni toping.

1) 1923-yilning 8-sentabrida tug‘ilgan. 2) 1945-yilda Moskvadagi Jahon adabiyoti institutiga o‘qishga kirgan. 3) 2003-yilning 3-noyabrida vafot etgan. 4) Otasi – Dog‘istonning mashhur shifokori Hamzat Sadasa uni ijodga jiddiy qarashga, hamisha haqiqatni ta’sirchan yo‘sinda kuylashga o‘rgatgan.

A) 1, 2, 4 B) 2, 4, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 3

16. Asqad Muxtor o‘z ijodini qaysi janrdagi asarlar yozishdan boshlagan?

A) she’r B) hikoya C) qissa D) ocherk
17. Asqad Muxtor o‘z ijodini qaysi janrdagi asarlar yozishdan boshlagan?

A) she’r B) hikoya C) qissa D) ocherk

18. Asqad Muxtor tarjimalarini toping.

1) Pushkin, Lermontov, Blok, Mayakovskiy asarlari; 2) Sofoklning «Shoh Edip» fojiasi; 3) Shekspir va Shiller tragediyalari; 4) «Ramayana» dostoni.

A) 1, 2, 4 B) 2, 3, 4 C) 1, 3, 4 D) 1, 2, 3

19. 1928-yil, Hodi Zarif tomonidan, Ergash Jumanbulbuldan yozib olingan.

Ravshan” dostonida Shirvon bozori tasviri necha misrada berilgan?


  1. 148 misrada

  2. 147 misrada

  3. 145 misrada

  4. 149 misrada

20. Ravshan Shirvon elida o’g’il tutingan kampirning nechta o’g’li bor edi?

A) 6 o’g’li bor edi, oltovi ajdaho edi, oltovi ham o’lib ketgan edi.

B) 4 o’g’li Aynoq, Jaynoq, Ersak, Tersak.

C) 4 o’g’li bor edi,



D) o’g’li bo’lmagan
Download 18.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling