Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijimoiy ish oila va bolalar bilan ishlash
Download 164.24 Kb.
|
SHAXNOZ OPA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qabul qildi:______________
Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Ijimoiy ish oila va bolalar bilan ishlash.Mustaqil ishiMavzu:Quroni Karim Sharq xalqlarning diniy,ilmiy va ma’naviy merosi sifatida.Bajardi:Xolmo’minova Adolat.Qabul qildi:______________Mavzu:Quroni Karim Sharq xalqlarining diniy,ilmiy va ma’naviy merosi sifatida.Reja:
Quron sharq xalqlarning diniy ilmiy va manaviy merosi sifatida Sharq mutafakkirlari, olim-u ulamolari tomonidan asrlar davomida odob-axloqqa oid minglab kitoblar, hikmatlar yaratilgan. Afsuski, totalitar tuzum tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ulardan xalqimiz mahrum qilib qoʻyilgan edi. Bugun, hurlik sharofati ila qanchadan-qancha ma’naviy, madaniy meroslarimiz qayta tiklanib, xalqimiz ma’naviy qiyofasini yanada boyitayotgani hamda mamlakatimizda keyingi yillarda mazkur masala boʻyicha oʻtmishda arab, fors va boshqa tillarda yozilgan diniy adabiyotlar bilan birga dunyoviy adabiyotlar ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarimizga havola etilayotgani hech kimga sir emas. Shu oʻrinda mutafakkir Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilmi fanidan bebahra millat boshqa milatlarga poymol boʻlur”.1 degan fikrlarini eslash joizdir. Tarjima adabiyotlardan tashqari, oʻzbek olimlari, shoirlari tomonidan ham odob-axloq, ilm-ma’rifat, ma’naviyat masalalariga bagʻishlangan koʻpgina asarlar nashr qilinmoqda. Qurʼon (arabcha: القرآن oʻqimoq, qiroat qilmoq) — musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi. Islom eʼtiqodiga koʻra, Qurʼon vahiy orqali Muhammad Mustafo Sallollohu alayhi vasallamga 610—632 yillar davomida nozil qilingan Allohning kalomi (Kalomulloh). Qurʼon „Kitob“ (yozuv), „Furqon“ (haq bilan botilning orasini ayiruvchi), „Zikr“ (eslatma), „Tanzil“ (nozil qilingan) kabi nomlar bilan atalib, „Nur“ (yorugʻlik), „Hudo“ (hidoyat), „Muborak“ (barakotli), „Mubin“ (ochiq-ravshan), „Bushro“ (xushxabar), „Aziz“ (eʼzozlanuvchi), „Majid“ (ulugʻ), „Bashir“ (bashorat beruvchi), „Nazir“ (ogohlantiruvchi) kabi soʻzlar bilan sifatlangan. Islom olamida Qurʼon musʼhaf nomi bilan ham mashhur. Islom ulamolari Qurʼonning 30 xil nom va sifatlarini sanab oʻtganlar. Mazkur adabiyotlarda inson tugʻilganidan tortib to bandalikni bajo keltirganigacha amal qilishi kerak boʻlgan qoidalar, maslahatlar oʻz aksini topgan. Masalan, birgina shariat qoidalarining oʻzida musulmonlar amal qilishi zarur boʻlgan qanchadan-qancha talablar mavjud. Bular orasida insonparvarlik, insonni hurmat qilish va ulugʻlashga qaratilgan gʻoyalar alohida e’tiborga sazovordir. “Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan koʻp asrlar mobaynida yaratib kelingan gʻoyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani nihoyatda muhim ahamiyatga ega boʻldi. Biz ma’naviy qadriyatlarni tiklashni milliy oʻzlikni anglashning oʻsishidan, xalqning ma’naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz” 1 deb ta’kidlaydi yurtboshimiz. Istiqlol yillarida madaniy, diniy, axloqiy qadriyatlarga nisbatan munosabatning bu qadar ijobiy tarzda oʻzgarishini muayyan sabablari, oʻziga xos zaruriy jihatlari bor. Chunki, dunyodagi dinlardan birortasi ham xalqlar va millatlarni, odamlarni yomon yoʻlga boshlamaydi, urushu-janjallar chiqarib qon toʻkishlarga, vayronagarchilik va ocharchiliklarga sabab boʻlishga, millat ajratishga, boshqa diniy mazhabdagilarni kamsitishga da’vat etmaydi, yoʻl qoʻymaydi. mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli, oʻzaro izzat-e’tiborli, milliy hamkor-hamjihat boʻlishga undaydi, odamzotni ezgulik tomon boshlaydi. Muqaddas Islom dinining mustaqil Oʻzbekiston hayotidagi ahamiyati, uning odamlar ruhiy dunyosiga koʻrsatib kelayotgan ta’sirini Prezident Islom Karimovning “Turkiston-press” axborot agentligi muxbirining savollariga javoblaridan koʻrish mumkinki: “Aytmoqchimanki, biz oʻz millatimizni mana shu muqaddas dindan ayri holda aslo tasavvur qila olmaymiz. Diniy qadriyatlar, islomiy tushunchalar hayotimizga shu qadar singib ketganki, ularsiz biz oʻzligimizni yoʻqotamiz. Xoh yosh boʻlsin, xoh keksa boʻlsin, har bir oʻzbek nimagaki munosabat bildirmasin, albatta uni Yaratguvchining nomi bilan bogʻlaydi. Har bir soʻzimizni, ishimizni “Bismilloh” aytib boshlaymiz, yaxshi-yomon kunlarimizda Xudoga shukrona keltiramiz, tavba qilamiz. “Shukur” degan kalomni bilmaydigan biror inson Oʻzbekistonda bormikan oʻzi! Bilsangiz kerak, paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom ham “shukur” va “tavba” degan soʻzlarni eng koʻp ishlatar ekanlar. Alloma bobolarimiz qayd etganlaridek, “Inson oʻzini hirs, ta’ma, nafs, gʻaflat, nodonlik yovuzlik kabi illatlardan poklamasa, u hech qachon komil inson boʻla olmaydi” Ulugʻ mutafakkir Nosir Xisrav: “inson asliy-ilohiy jihat borligʻi va u oʻz haqiqatini bilib olishga qodir. Buning uchun inson hayotini behuda oʻtmasligi, asliga yetish uchun sa’yi-harakat qilishi, ilm egallashi va moddiy ehtiyoj girdobiga tushmasligi kerak”4 degan edi. Sharq falsafasi va Islom ta’limotida insonning ta’lim-tarbiyasi, odob-axloqi haqida juda koʻp qimmatli maslahatlar, fikr-mulohazalar mavjud. Muqaddas Qur’oni Karim va Hadisi Sharif insonning ma’naviy kamoloti uchun beqiyos manba ekanligi hammamizga ma’lum. Albatta, uni tushunish uchun esa ilm oʻrganish talab etilib, bu haqida Abu Dardo roziyallohu anhudan mana shunday hadis rivoyat qilinadi. “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shuni aytayotganlarini eshitdim”: “Kim ilm talab qilish yoʻlida yursa, Alloh unga jannat yoʻlini oson qilib qoʻyadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qoʻyadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istigʻfor aytadilar. Olimning obiddan fazli huddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga oʻxshaydi. Albatta, olimlar anbiyolarning merosxoʻridirlar. Albatta, anbiyolar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim oʻshani olsa, ulugʻ nasibani olibdi”. Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilganlar. Lafz Termiziyniki. “Ilm” soʻzi lugʻatda bir narsani voqe’likdagidek idrok etishni bildiradi. Shar’iy istilohda esa ma’naviy ishlarda narsalarni teskarisi yoʻq darajada aniq bilish sifatiga “Ilm” deyiladi. Islom dinichalik ilmni ulugʻlagan din, tuzum yoki falsafa yoʻq. Har bir shaxsga ilm talab etishni farz (majburiy) qilish ham faqat Islomda bor, holos Ilmni va olimlarni Alloh taolo Qur’oni karimda madh etib, Mujodala surasida shunday marhamat qiladi: “Alloh sizlardan iymon keltirganlarini, xususan, ilmga berilganlarni darajalarga koʻtarur” (11-oyat). Ushbu oyati karimada bandalarning oliy darajalarga erishishlari uchun iymon va ilm shart qilib qoʻyilmoqda. Inson zotining Alloh taolo huzurida darajasi koʻtarilishi omili sifatida oldin iymon, keyin ilm zikr qilinmoqda. Bundan inson zotiga iymon bilan birga ilm ham zarurligi ayon boʻladi. Qushning uchishi uchun ikki qanot lozim boʻlganidek, insonning darajasi koʻtarilishi uchun ham ikki qanot-iymon va ilm kerak. Sharq falsafasi va islom ta’limotida rahm-shafqat, muruvvat, odamiylik kabi fazilatlar doimo ulugʻlanib, madh etilib kelingan. Odamiylik—bu kishining boshqa odamlarga, urugʻ-aymogʻiga mehr-shafqat koʻrsatishi, yaxshilik qilishini, insonparvarlik munosabatlarida boʻlishini taqozo etadigan fazilatdir. Quron sharq xalqlarning diniy ilmiy va manaviy merosi sifatida Sharq mutafakkirlari, olim-u ulamolari tomonidan asrlar davomida odob-axloqqa oid minglab kitoblar, hikmatlar yaratilgan. Afsuski, totalitar tuzum tomonidan olib borilgan siyosat tufayli ulardan xalqimiz mahrum qilib qoʻyilgan edi. Bugun, hurlik sharofati ila qanchadan-qancha ma’naviy, madaniy meroslarimiz qayta tiklanib, xalqimiz ma’naviy qiyofasini yanada boyitayotgani hamda mamlakatimizda keyingi yillarda mazkur masala boʻyicha oʻtmishda arab, fors va boshqa tillarda yozilgan diniy adabiyotlar bilan birga dunyoviy adabiyotlar ham oʻzbek tiliga tarjima qilinib, kitobxonlarimizga havola etilayotgani hech kimga sir emas. Shu oʻrinda mutafakkir Mahmudxoʻja Behbudiyning “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir. Zamona ilmi fanidan bebahra millat boshqa milatlarga poymol boʻlur”.1 degan fikrlarini eslash joizdir. Tarjima adabiyotlardan tashqari, oʻzbek olimlari, shoirlari tomonidan ham odob-axloq, ilm-ma’rifat, ma’naviyat masalalariga bagʻishlangan koʻpgina asarlar nashr qilinmoqda. Mazkur adabiyotlarda inson tugʻilganidan tortib to bandalikni bajo keltirganigacha amal qilishi kerak boʻlgan qoidalar, maslahatlar oʻz aksini topgan. Masalan, birgina shariat qoidalarining oʻzida musulmonlar amal qilishi zarur boʻlgan qanchadan-qancha talablar mavjud. Bular orasida insonparvarlik, insonni hurmat qilish va ulugʻlashga qaratilgan gʻoyalar alohida e’tiborga sazovordir. Qur’onni muqaddas va ilohiy kitob deb tasvirlash maqsadida «Agar biz ushbu Qur’onni biron tog’ga nozil qilganimizda, albatta siz u (tog’)ni Ollohning qo’rquvidan egilib yorilib ketgan holida ko’rgan bo’lur edingiz». (Lekin ayrim insonlarning dillari tog’ning toshidan ham kattikroq bo’lgani sababli ularga Qur’on oyatlari ham ta’sir qilmas), - deyilgan. (59-sura, 21-oyat, 538 bet) Islom davlatlarida Qur’on maktablar, madrasalar, universi-tetlarda maxsus dars sifatida o’qitiladi. (Men Pokistan islom davlatida 1993 yil mart oyida 7 kunlik sayohat davomida bu holatlarning shohidi bo’ldim. J.A.). Qur’on matni sura va oyatlardan tashqari «Juz» yoki «Sipora» (o’zbeklar o’rtasida ko’pincha «Pora» so’zi ishlatilgan) ham «xibz»larga bo’lingan. «Poralar» 30 ta, «xibz»lar 60 ta bo’lib bu bo’linish faqat uni o’qish qo’layligi uchun qilingan. Qur’onning tuzilishidagi ko’rsatib o’tilgan xususiyatlaridan kelib chiqadigan yagona xulosa shuki, unda hozirgi zamon kitoblariga xos bo’lgan va tolib va talabalarimiz, kitobxonlarimiz odatlanib qolgan bo’linishlar ham yo’q, Uning matnlarini tushunish, mohiyatini anglab olish uchun islom tarixini yaxshi bilish kerak. Shu bois, hozirgi paytda ko’pchilik o’quvchilarning fikr-mulohazalari e’tiborga olinib, Movarounnahr diniy boshqarmasining tashabbusi bilan Qur’on o’zbek tiliga tarjima qilindi. Matbuotda bu mavzuda bir necha maqolalar berildi, gazetxonlar fikri, mulohazalari e’lon qilindi. Qur’on jahondagi juda ko’p tillarga tarjima qilingan. Uni ~arbiy Evropa tillariga tarjima qilish XI asrdan rus tiliga ag’darish esa XVIII asarlardan boshlab bir necha variantlari bosilib chiqqan. Umuman, Qur’on 1698 yili lotin tiliga, 1770-1828 yillari orasida sakkiz marotaba, frantsuz tiliga, 1734 - 1826 yillari o’n marotaba ingiliz tiliga, 1846 yili nemis tiliga, 1716, 1790, 1792, 1884, 1907 va 1963, 1986 yillarda rus tiliga tarjima qilingan. 1.O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. T. «O’zbekiston» 1992y. 2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sayoasida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T. «O’zbekiston», 1997y. 3. Karimov I.A. «Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman». «fidokor» 8-iyun 2000y. 4. Karimov I.A. Olloh qalbimizda, yuragimizda. T. «O’zbekiston», 1999y. 5. Karimov I.A. «hushyorlikka da’vat» T., O’zbekiston, 1999y. Download 164.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling