Reja: - Bolalarni xar tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda badiiy adabiyotni ahamiyati
- Bolalarni badiiy adabiyot bilan tanishtirishda bolalar bog’chasining tarbiyachisi oldida turgan vazifalar
- Bolalar bog’chasida kitob burchagini tashkil etish
- Badiiy asarlarni sahnalashtirish
Badiiy adabiyotni o’qib berish faoliyatiga tarbiyachining tayyorlanishi. - Bolalar badiiy adabiyoti ularga aqliy, axloqiy va estetik tarbiya berishda, nutqini har taraflama rivojlantirishda va boyitishda katta ta’sir etuvchi vosita hisoblanadi. Badiiy adabiyot bolalarga jamiyat hayotini va tabiatni, kishilik dunyosining ichki his-tuyg’ularini va o’zaro munosabatlarni poetik obrazlarda ochib beradi, tushuntiradi. U bolaning his-tuyg’ularini rivojlantiradi, xayolini tarbiyalaydi va o’zbek adabiyotining eng yaxshi namuna-lari bilan tanishtiradi. Bu namunalar o’zining ta’siri jihatidan xilma-xildir: hikoya orqali bolalar so’zlarning aniqligini, ma’nodorligini anglab oladilar; she’rlardan esa ularning musiqa-viyligini, kuylanuvchanligini, ohangdorligini bilib oladilar, xalq ertaklari bolalarga tilning ifodaliligini, mazmundorligini ochib beradi, nutqning xilma-xilligini, hazil-mutoyibaga boyligini bolalarning ko’z oldida namoyon qiladi.
- Adabiyotning tarbiyaviy tomoni haqida N. G. CHernishevskiy shun-day degan edi: „Yozuvchilarning kishilarga hayot to’g’risida to’g’ri tushuncha beruvchi asarlarini o’qir ekanmiz, biz yomon narsalardan o’zimizni tiyishga, chiroyli va yaxshi narsalarning go’zalligini tushunishga o’rganamiz, adabiyotni o’qish orqali biz o’zimiz yaxshi-lik qilishga, samimiy, saxiy bo’lishga harakat qilamiz". Biz bola-larga badiiy asarlarni o’qib berish orqali ularda estetik idrokni tarbiyalaymiz: bola badiiy asarni tinglab, o’zining xayolida asar qahramonlarini gavdalantiradi, yozuvchining bayon etganlarini ko’z oldiga keltiradi; bolalarda mazmunli, ifodali nutq tarbiyalana-di, badiiy so’zga muhabbat, ertaklarni, hikoya va she’rlarni ting-lashga qiziqish o’sadi. Badiiy asar bolaninglug’atini boyitadi va takomillashtirib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |