Mavzu: Mashg’ulotlardan tashqari vaqtda badiiy adabiyotlardan foydalanish


O’rta guruhda esa bolalarni badiiy adabiet bilan tanishtirish-ning quyidagi vazifalari belgilangan


Download 1.58 Mb.
bet4/4
Sana11.05.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1454781
1   2   3   4
Bog'liq
Mashg\'ulotlardan tashqari vaqtlarda badiiy adabiyotlardan foydalanish

O’rta guruhda esa bolalarni badiiy adabiet bilan tanishtirish-ning quyidagi vazifalari belgilangan:

  • Bolalarda badiiy adabiyotga qiziqish va tabiiy muhabbatni tarbiyalash.Ularni turli mavzudagi ertak, shuningdek, topishmoq-lar, sanamalar, hadislar, maqollarning mazmunini idrok etishga o’rgatish.
  • O’zbek xalq dostonlaridan olingan parchalar bilan tanishti-rish. Sharqniig buyuk allomalari haqida qisqacha ma’lumot berish orqali bolalar qalbida avlod-ajdodlarga nisbatan hurmat, ifti-xor tuyg’usini uyg’otish.
  • Asarlar mazmuni bo’yicha savollarga javob berish ko’nikmasi-ni mustahkamlash.
  • Asarda ishtirok etuvchi qahramonlarning xatti-harakatlari-ni baholashga, ayrim ma’naviy sifatlarini (yaxshi, yovuz, jasur), ruhiy kechinmalarini (xafa, xursand) ta’riflashga undash. She’r, ertak, topishmoq, hikoya, sanamalarni ifodali aytishga o’rgatish.
  • Masalan, K. D. UshinskiYning„Sabr qilishni o’rgan" nomli asarini o’qib berishda „g’o’ra" so’zi uchraydi, bu so’z hammaga tushunarli bo’lavermaydi, shu sababli tar-biyachi bu so’zni o’qiyotganda bolalarga tushunarli bo’lgan „xom" so’zi-ni ishlatadi. Demak, tarbiyachi bolalarni badiiy asarlar bilan ta-nishtirishdan avval asardagi ayrim so’zlarni, ya’ni bolalar tushuni-shi qiyin bo’lgan so’zlarni qaysi so’zlar bilan almashtirishni belgilab oladi. Agar ayrim notanish so’zlar va jumlalar bolalarga muallifning asosiy fikrini idrok qilishlarigaxalaqit bermasa, u holda ushbu so’zlarning ma’nosini tushuntirish shart emas.
  • Asarlarni o’qish yoki hikoya qilib berish vaktida tushuntirish-lar, savollar berish va boshqalar bilan bolalar diqqatini chalg’i-tish kerak emas. Bolalarning tabiiy istaklarini qondirish uchun ular tushunmagan joyni takror o’qib berishi yoki asar hajmi uncha katta bo’lmasa, ikki yoki uch marta takroran o’qib berishi mumkin.

Katta va maktabga tayyorlov guruhida:

  • Bolalarda hayotga nisbatan qiziqish va muhabbatni yanada ku-chaytirish, asardagi go’zallikni, nafosatni his etish kabi ko’nik-malarni mustahkamlash.
  • Ularning badiiy asarlardagi qahramonlar xatti-harakatlari va xulq-atvorlarini to’g’ri baholash, aks ettirilayotgan voqealar mohiyatini tushunish qobiliyatlarini o’stira borish lozim.
  • Bolalarning milliy, badiiy didlarini rivojlantirish, badiiy adabiyotning o’ziga xos xususiyatlari, ba’zi janrlari, asar-ning tili haqidagi boshlang’ich tasavvurlarini shakllantirish.
  • Bolalarni asar g’oyasini tushunishga, tasviriy vositalarni his etishga, she’riy nutqdagi musiqiylik, ohangdorlik va ritm-ni payqay-olishga o’rgatish.
  • Dastur mazmunida tarbiyachi kitobdan foydalanishning ta’lim va tarbiyaviy maqsadlarini belgilab oladi, bolalarni qanday yangi so’zlar bilan tanishtirishni ko’rsatadi.
  • Masalan: „Oltin tarvuz", „Ovchi", „Ko’kcha va Dono", „Quyon-jon va Laylakxon", „Tulki bilan tovus" kabi o’zbek xalq ertakla-ri, A. Oripovning „Bobo va nabira", L. Tolstoyning „Ikki o’rtoq" asari va boshqalarni hamma yoshdagi bolalar zo’r qiziqish bilan tinglaydilar ea esda olib qoladilar. Ammo G.. X. Andersenning „Qor malikasi", aka-uka Grimmlarning „Qorqiz", V. V. Mayakovskiy-ning „Kim bo’lsam ekan?" kabi asarlari; „Zumrad va Qimmag", „Qarg’aboy" kabi o’zbek xalqertaklari, Navoiyning bolalarga mos hikoyalari, Yusuf Xos Hojibning „Qutadg’u bilik", Sa’diyning „Guliston va Bo’ston", Boburning „Boburnoma" asarlaridan olin-gan hikoyatlar va parchalar 6 yoshli bolalarda emotsional his-tuyg’u-larni vujudga keltiradi, ularni o’ylashga, muhokama qilishga, qahramonlarning xatti-harakatlarini baholashga undaydi, biroq 3-4 yoshli bolalarda hech qanday munosabatni vujudga keltirmaydi.
  • Rasmlar (illyustratsiyalar) asar matni bilan teng ahamiyatga ega bo’ladi, chunki bola o’zi o’qiy olmaydi, ya’ni kitob bilan rasm-lar orqali tanishadi. Shuni hisobga olgan tarbiyachi kitobdagi rasm-lar bilan tanishtirishni oldindan o’ylab qo’yishi kerak. Agar ki-tobdagi rasmlar uzoqtsan yaxshi ko’rinsa, bunday rasmlarni mash-g’ulot vaqtida ko’rsatish mumkin. Kitobning barcha sahifalarida rasmlar berilgan bo’lib, ularning tagiga rasmga taalluqli matn yozilgan bo’lsa, bunday kitoblarni o’qib berishning o’ziga xos jihatlari bor, ya’ni tarbiyachi avval rasmlarni (illyustratsiyalarni) ko’rsatadi, so’ngra shu rasmga taallukdi matnni yoddan o’qib beradi.
  • Har bir yoshda bola nutqini rivojlantirishning o’ziga xos va-zifalari bo’ladi. Adabiy asarlarni idrok etish darajasi o’sib bor-gan sari bu vazifalar murakkablashib boradi,

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling