Badiiy adabiyotni o’qib berish faoliyatiga tarbiyachining tayyorlanishi. - Bolalar bog’chasi tarbiyachisining oldida har bir badiiy asarni san’at asari sifatida bolalar ongiga yetkazish, uning mazmunini ochib berish, badiiy asarda qatnashuvchi personajlarga nisbatan emotsional munosabatda bo’lish, muallifning lirik kechinmalari-ni his etishga, ya’ni asarda qatnashuvchi qahramonlarga nisbatan o’z munosabatlarini ifodalashga o’rgatish kabi murakkab vazifalar turadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun tarbiyachining o’zi, bolalarni badiiy asar bilan tanishtirishdan avval, uni his etishi va tushunishi, mazmunini tahlil eta olishi zarur. Shuningdek,, pedagog o’qish va hikoya qilib berish texnikasini, ya’ni aniqdik-tsiyani, ifodali o’qish vositalarini (mantiqiy urg’uni to’g’ri qo’ya olish, pauza, ovoz toni va tempi) egallagan bo’lishi kerak.
- Badiiy asarning har bir janrini ifodali tarzda bolalarga yetkazadlingandagina, uning g’oyaviy mazmunini to’g’ri idrok ettira olish mumkin. Bolalarda badiiy asarni idrok etish qobiliyati o’z-o’zidan vujudga kelmaydi, uni bolaning ilk yoshidan boshlab ri-vojlantirish va tarbiyalash kerak, shundagina bola keyinchalik ba-diiy asarlarni diqqat bilan tinglashga, badiiy nutqqa e’tibor berishga o’rganadi. Bolalar ongiga badiiy asarlarning axloqiy, es-tetik mohiyatini yetkazish - bu murakkab vazifa hisoblanadi.
- Asarlardagi obrazlar haqida gapirilayotganda, ularning holat-larini imo-ishora, yuz ifodasi, harakatlar orqali bayon qilishga o’rgatiladi.
- Tarbiyachi badiiy asarlarni shunday o’qib yoki hikoya qilib be-rishi kerakki, u bolalarni o’ziga jalb qila olsin, bolalar asardagi obrazlarning siymolarini ko’z oldiga keltirib, tasavvur qila olsinlar va hayajonlansinlar.
- Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun yozilgan asarlarda qahramonlarning xarakteridagi xususiyatlardan biri ajratib ko’rsa-tiladi. Masalan: „Quyonning uychasi" ertagida tulki ayyor, kuchsiz-lar ustidan hukmronlik qiluvchi, xo’roz esa botir, topqir, kuch-sizlarni himoya qiluvchi sifatida tasvirlanadi.
- Asar shunday tarzda muhokama etib olingach, uni ifodali bayon ztish ustida ishlanadi. Bu uch yo’nalishda olib boriladi: 1) emotsi-onal va obrazli ifodalilik, intonatsiyaning xilma-xilligi va boyligi ustida ishlash; 2) asarning ayrim qismlari o’rtasiga mantiqiy urg’u qo’yish; 3) aniq va to’g’ri talaffuzni hosil qilish; har bir so’zni to’g’ri talaffuz etishga erishish kerak, shundagina bola-lar uni to’g’ri idrok etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |