Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Download 39.88 Kb.
bet3/4
Sana23.12.2022
Hajmi39.88 Kb.
#1050145
1   2   3   4
Bog'liq
Abduvaliyev H..

G‘oyaviy ziddiyat - turli manfaat, maqsad va intilishlarni ifodalovchi g‘oyalar va ularga tayanadigan kuch-harakatlar о‘rtasidagi qarama-qarshi munosabatni ifodalovchi tushuncha. Bunday ziddiyatning zamirida talab-ehtiyojlar, maqsad-muddaolar, ularni qondirish usullari, yо‘llari va vositalarining har xilligi yotadi. Ozodlik, mustaqillik va adolat g‘oyalari b-n bosqinchilik, tajovuzkorlik va mustabidlik g‘oyalari о‘rtasidagi kurash buning yorqin misolidir. Inson va jamiyat bor ekan, ezgu g‘oyalarning qarama-qarshisi bо‘lgan zulm va zо‘ravonlik, qabohat va jaholat yangi-yangi shakllarda namoyon bо‘lishga urinadi.
G‘oyaviy qaramlik – millat, jamiyatning о‘z manfaatlari va maqsad lariga mos kelmaydigan, unga zid bо‘lgan g‘oyaviy ohimlarga bog‘liqligi, yot va begona g‘oyalarga bо‘ysinishini xarakterlovchi holat. G‘.q. g‘oyasizlik, g‘oyaviy bо‘shliq yohud parokandalik oqibatida kelib chiqadi. Uning yuzaga kelishiga tashqaridan о‘tkaziladigan mafkuraviy ta’sirlar ham sabab bо‘ladi. Tarixda G‘.q. asoratga tushgan, mustamlakaga aylantirilgan xalqlarni о‘z madaniyati, tili va dinidan uzoqlashishga, ularni unutishga olib kelgan. Vaqt о‘tishi b-n shu xalqning ilg‘or vakillari, fidoyi farzandlari, hatto о‘z jonini qurbon qilib bо‘lsa-da, ozodlik va mustaqillik uchun kurashgan, qaramlikning har qanday urinishiga qarshi ommani qо‘zg‘atgan.
G‘oyaviy- mafkuraviy qarash- (g‘oya-ar. Ijtimoiy fikr+ mafkura-ar. fikrlar majmui)- muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlat manfaatlari orzu-istak va maqsad-muddaolarini ifodalovchi g‘oyaviy-nazariy qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlar ifodalanayotgan kuch va qatlamlarning о‘tmishi, bugungi kuni va istiqboli о‘z ifodasini topadi. Insoniyat tarixida xilma-xil g‘. m. q.lar bо‘lgan.
G‘oyaviy mutaassiblik - tо‘g‘ri deb hisoblangan muayyan fikr, g‘oya, aqida va shu yо‘ldan boshqa hamma narsani notо‘g‘ri, yolg‘on deb bilishga, kо‘r-kо‘rona inkor etishga asoslangan qarashlar va amaliyot. G‘.m. turli yо‘nalish va e’tiqoddagi kishilarga xos bо‘lsa-da, ulardagi umumiylik о‘zga g‘oya va e’tiqodni yolg‘on hisoblashga, о‘z qarashlarini mutlaqlashtirishga, unga qо‘shilmaydiganlarga qarshi faoliyat olib borishga, ularni yо‘q qilishga qaratilgan harakatlarda yaqqol kо‘rinadi. О‘rta asrlardagi inkvizitsiya, ba’zi G‘arb mamlakatlaridagi neofashizm g‘oyalari tarafdorlari harakatlari G‘.m.ka misol bо‘la oladi.

Download 39.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling