Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti
Download 39.88 Kb.
|
Abduvaliyev H..
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU: MAFKURAVIY HAYOTNING GLOBALLASHUV SHAROITIDA MURAKKABLASHISHI VA ZIDDIYATLI XARAKTERI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI FUQAROLIK JAMIYATI VA HUQUQ KAFEDRASI ‘’MILLIY G’OYA, MA’NAVIYAT ASOSLARI VA HUQUQ TA’LIMI’’ YO’NALISHI ‘’GLOBALLASHUV VA G’OYAVIY MAFKURAVIY TAHDIDLAR’’ FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU: MAFKURAVIY HAYOTNING GLOBALLASHUV SHAROITIDA MURAKKABLASHISHI VA ZIDDIYATLI XARAKTERI Tayyorladi: Abduvaliyev X. Tekshirdi: Professor I.Ergashev 2022-YIL MAVZU: MAFKURAVIY HAYOTNING GLOBALLASHUV SHAROITIDA MURAKKABLASHISHI VA ZIDDIYATLI XARAKTERI REJA: Kirish Mafkuraviy hayot Mafkuraviy hayotning globallashuv sharoitida murakkablashishi Mafkuraviy hayotning globallashuv sharoitida murakkablashishi va ziddiyatli harakteri Xulosa MAFKURA (arab. — fikrlar majmui) — muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, millat, jamiyat, davlatning manfaatlari, orzulari, maqsadlari ifodalangan qarashlar va ularni amalga oshirish tizimi. Unda manfaatlari ifodalanayotgan guruh va qatlamlarning oʻtmishi, bugungi kuni va istiqboli oʻz ifodasini topadi. Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Insoniyat tarixida turli-tuman Mafkuralar boʻlgan. Turli xalqlar va ijtimoiy kuchlarning gʻoyaviy rahnamolari, mutafakkir va arboblari oʻzlarining manfaat va mak,sadlaridan kelib chiqib mafkuraviy taʼlimot va dasturlar ishlab chiqqanlar. Har qanday Mafkura jamiyatda yangi paydo boʻlgan ijtimoiysiyosiy kuchlarning talab-ehtiyojlari, maqsadlarini ifoda etuvchi yangi gʻoyaviy tizim sifatida vujudga keladi va, asosan, quyidagi vazifalarni oʻz oldiga qoʻyadi: muayyan gʻoyani odamlarning ongiga va ruhiyatiga singdirish; aholining turli guruhlarini birlashtirish; koʻzlangan maqsad va niyatlarga erishish uchun odamlarni safarbar etish; ularni maʼnaviyruhiy ragʻbatlantirish; aholini, ayniqsa, yosh avlodni gʻoyaviy tarbiyalash va mafkuraviy immunitetni shakllantirish; boshqa mafkuraviy va gʻoyaviy taʼsirlardan himoya qilish va sh. k. Mafkura muayyan falsafiy, diniy taʼlimotlar asosida yaratiladi, maʼlum ilmiy qarashlar, axloqiy tamoyillarga tayanadi. Mafkura oʻz mohiyati va taʼsir kuchiga koʻra, jamiyatni birlashtirishi yoki uni bir-biriga qarama-qarshi taraflarga boʻlib yuborishi, davlatning jahondagi obroʻ va mavqeini oshirishi yoki tushirishi, xalqlarni yuksaklikka koʻtarishi yoki tanazzulga du-chor etishi mumkin. Yuksak maqsadlar, bunyodkor gʻoyalarga asoslangan Mafkura ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotga turtki boʻladi, maʼnaviyatnn yuksaltiradi, insonlarni ulugʻvor ishlarga safarbar etadi. Ozodlik, erkinlik, mustaqillik, tinchlik, hamkorlik gʻoyalari asosida shakllangan, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan Mafkura bunyodkorlik xususiyatiga ega boʻladi. Hukmronlik, mustabidlik, tajovuzkor, bosqinchilik, ekstremistik, aqidaparastlik gʻoyalari asosida shakllangan, millat va xalqlarni asoratga soladigan Mafkura vayronkorlik xususiyatiga egadir. Mafkuraning diniy, dunyoviy, milliy, siyosiy va boshqa ko'rinishlari bor. Aksariyat rivojlangan mamlakatlar xalqlari erkinlik, adolat, qonun, inson huquqlari, millatlararo hamjihatlik, diniy bag'rikenglik kabi g'oyalarga asoslangan mafkuraga tayanmoqda. Vayronkor g'oyalar asosida shakllangan mafkuralar esa jamiyat taraqqiyotiga g'ov bo'ladi, millat va xalqlarni asoratga soladi. Bunday mafkuralar, o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra, xukmron, mustabid, tajovuzkor, bosqinchilik ekstremistik aqidaparastlik shakllarida namoyon bo'ladi. Mafkuralarning turlari, asosiy shakllari va ularning tasnifi. Mafkuraning tasnifi deb turli davrlarda va hozirda mavjud bo'lgan mafkuralarning o'ziga xos belgilari, xususiyatlari, xususan, maqsad-muddaolari, usul va vositalari, harakatlantiruvchi kuchlari va ta'sir-oqibatlariga qarab turlarga, turkumlarga ajratishga aytiladi. Insoniyat tarixida qancha ijtimoiy-siyosiy kuch, qancha millat-u elat bo'lgan esa, shuncha xil mafkura bo'lgan. Hozirgi davrda ham mafkuralarning turli ko'rinishlari mavjud bo'lib, ular diniy, dunyoviy, milliy, siyosiy va shu kabilardir. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-yanvar kuni O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini belgilash hamda uni joriy yilda amalga oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari tomonidan mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligiga erishish masalalari yuzasidan mulohazali takliflar o‘rtaga tashlandi. Ayniqsa, ma’naviyat masalalari yana bir marta o‘rtaga tashlandiki, jamiyatimizda ma’naviyat va moddiy hayot uyg‘un ravishda olib borilishi va borilayotganligi o‘z tasdig‘ini topdi. “Kimki ma’naviyat masalasi – bu faqat Ma’naviyat va ma’rifat markazi yoki tegishli vazirlik va idoralarning ishi deb o‘ylasa, xato qiladi”, – deb ta’kidladi davlatimiz rahbari. Zero, ma’naviyat – jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qancha mustahkam bo‘lsa, xalqimiz ham, davlatimiz ham shunchalik kuchli bo‘ladi. Strategiyaning ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish yo‘nalishi bo‘yicha Prezidentimiz bir qator vazifalarning ahamiyatini alohida qayd etdi. Xususan, mavjud 12 mingdan ziyod kutubxona imkoniyatlaridan samarali foydalanib, kitobxonlikni ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanadigan aholi sonini 33 foizga yetkazish, mamlakatimizda Olimpia va Paralimpia harakatini yanada rivojlantirish kabi vazifalarni ta’kidlab o‘tdi. Bu vazifalar yangi O‘zbekistonda ma’rifatli jamiyat qurishdek ezgu maqsadni amalga oshirishning tagzamini hisoblanadi. Albatta, Prezidentimiz ma’naviyat masalasiga bejiz e’tiborni kuchaytirayotgani va jon koyitayotgani yo‘q. Avvalo, jahonda globallashuv jarayonlari kuchayib, yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. xavfsizligini ta’minlash masalasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ya’ni, global axborot makoniga teran ko‘z bilan qarasak, unda mavjud barcha ma’lumotni ham foydali va beziyon deb bo‘lmaydi. Bunday tahlikali vaziyatda hushyor va ogoh bo‘lib, xalqimizning tinchligi, mamlakatimiz manfaatlarini o‘ylab yashash zarur. Shu bois loqaydlik va beparvolik eng katta xavf ekanini, bugun uchrayotgan ijtimoiy muammolarni kamaytirish uchun mutlaqo yangicha ta’sirchan usul va yondashuvlar talab etilayotgani, bunda nuroniylar tajribasi, hayotda halol mehnati, fidoyiligi bilan boshqalarga namuna bo‘la oladigan jonkuyar fuqarolarga tayanishimiz hamda jamoatchilik nazoratini sifat bosqichiga ko‘tarish juda ham muhim. Bir haqiqatni anglashimiz kerak, bundan buyog‘iga internetni cheklab qo‘yish yoki axborot olishni taqiqlash bilan muammo hal bo‘lmaydi. Shunday ekan, bu boradagi bizning muhim strategik vazifamiz tashqi va ichki axborotlarni tahlil qila oladigan, barqaror mafkuraviy immunitetga ega yoshlar qatlamini shakllantirishdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Siyosatda “Sen uxlaganingda dushmaning uyg‘oq bo‘ladi” yoki Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Yoshlarning bo‘sh vaqti – dushmanning ish vaqti”. Shuning uchun ham ma’naviy jihatdan g‘ofil bo‘lishlikka hech kimning haqqi yo‘q. Loqaydlikni bas qilish, mudroq holatdan uyg‘onish kerak. Buning uchun esa, avvalo, ilm sari harakat qilish, oila, bog‘cha, maktab, oliy ta’lim, mahalla, mutasaddi hamda jamoat tashkilotlari tizimli ravishda hamkorlikda ish olib borishi zarur. Ana shunda ta’lim-tarbiyada uzilish, ma’naviyatda bo‘shliq yuzaga kelmaydi. Bir so‘z bilan aytganda, yoshlarimizning 30 yoshgacha ma’naviyatini to‘g‘ri shakllantirib olsak, barqaror taraqqiyotimizni kafolatlagan bo‘lamiz. Chunki ma’rifatli jamiyatning tub negizini ma’naviyatli yoshlar tashkil etishi lozimligini unutmasligimiz kerak. “Tarbiyada tanaffus bo‘lmaydi”, deydi xalqimiz. Shu bois ma’naviy-ma’rifiy ishlarning yagona tizimini yaratish, xususan, o‘g‘il-qizlarni bolaligidanoq bilimli va fazilatli etib tarbiyalash, buning uchun maktabgacha ta’lim muassasalariga uslubiy yordam ko‘rsatish muhim. Shuningdek, maktablar, o‘rta maxsus va oliy ta’lim dargohlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni kuchaytirish – davr taqozosi. Yaqindagina Prezidentimiz tashabbusi bilan barcha oliygoh hamda ularning filiallarida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor lavozimining joriy etilishi sohadagi ishlar samaradorligini oshirishga, sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Agar ma’nan va ruhan sog‘lom, oqni qoradan, yaxshini yomondan ajrata biladigan, bu murakkab hayotning past-u baland ko‘chalaridan to‘g‘ri yo‘lni adashmay topa olishga qodir bo‘lgan ma’naviy yetuk avlodni tarbiyalab yetishtirish vazifasi uddalansa, fikri tiniq, e’tiqodi sog‘lom bolalarni soxta oqimlarga ergashtirish, pana-pastqamlarda pisib yotgan har xil chalasavod, johil odamlarning tuzog‘iga ilintirishga urinishlar barham topadi. Muhim vazifalardan yana biri, bu – el-yurt taqdiriga loqayd, ish uslubida mahalliychilikka, urug‘-aymoqchilikka, tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yadigan sayoz rahbarlar bilan murosasiz bo‘lishdir. Bu illatlar alohida bir mamlakatda bugun yoki kecha paydo bo‘lgan emas. Ular hamma joyda va hamma vaqt ijtimoiy adolatning buzilishiga, halollik va vijdoniylik ildizlarining sustlashishiga, oshkoralik qolib, imi-jimida ish bitirishga sabab bo‘ladi. Shu bois, ma’naviy kemtiklar to‘ldirilsa, bunday nomaqbul holatlarga barham berish oson kechadi. Albatta, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya uzviyligini ta’minlashda oila, ta’lim muassasalari, mahallaning o‘rni beqiyos. Ta’lim-tarbiya uchun faqat mutasaddilar mas’ul, desak, qattiq yanglishamiz. Shu Vatan, shu yurt, shu yoshlar bizniki, ertaga kelajagimiz porloq bo‘lishini istasak, bugun harakatni boshlashimiz kerak. Yurt taqdiriga loqaydlik, korrupsiya, oilaviy qadriyatlarga bepisandlik va yoshlar tarbiyasiga mas’uliyatsizlik kabi illatlarga barham berish uchun hamkorlikda harakat qilishimiz lozim. Davlat tuzumini ichidan yemiradigan, ijtimoiy barqarorlik kushandasi bo‘lgan korrupsiya balosiga qarshi, byurokratiyaning har qanday ko‘rinishlariga, odamlarni mensimaslik, mahalliychilik va guruhbozlik illatlariga qarshi keskin kurash olib borish samaradorligi ham ma’naviy tarbiyaga bog‘liq. Zero, oldimizda turgan ulug‘ maqsad – uchinchi Renessansga poydevor qo‘yish va uni barpo etish, avvalo, xalqimizning tafakkurini yuksaltirishdan hamda ma’rifatli yoshlar qatlamini shakllantirishdan boshlanadi. Bugungi kunga kelib globallashuv jarayonida dunyoda g'oyaviy, mafkuraviy kurash ya'ni dunyoni g'oyaviy jihatdan bo'lib olishga bo'lgan urinish kuchayib bormoqda. Albatta, bunday vaziyatda mustaqilligimizni mustahkamlash, uning barqarorligini, farovonligini, tinchligini va kelajagini ta'minlash har birimizning yuksak burchimizdir. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev globallashuv sharoitida ma'naviyatga qarshi turli xurujlar haqida gapirar ekan: "Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyovandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "Ommaviy madaniyat" degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo'lsak, bu so'zlarning chuqur ma'nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo'ladi", deb alohida ta'kidlaydi. Insonning qalbi va ongiga jo bo'lgan milliy ma'naviy-ahloqiy negizlar uni butun umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bo'lishga, Vatan ravnaqi hamda taraqqiyotiga hissa qo'shishga, o'zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. Globallashuv sharoitida ma'naviy tahdidlardan xalqni, xususan o'sib kelayotgan yoshlarni asrash, ularning qalbiga ezgulik g'oyalarini singdirish jamiyat hayotining barcha sohalarida izchil amalga oshirilmoqda. Ta'lim tizimining barcha bug'inlarida ta'lim-tarbiya, targ'ibot va tashviqotning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish taqozo etilmoqda. Bugungi kunda globallashuvning ijtimoiy hayotimiz bilan bog'liqligi xususida Prezidentimiz Sh.M.Miriziyoev o'z fikrlarini bildirar ekan, "Yangi tahdidlar, jumladan, «ommaviy madaniyat» xavfi va boqimandalik kayfiyati paydo bo'layotgan,odob-axloq, qadriyatlarning yo'qolish xavfi yuzaga kelayotgan hozirgi globallashuv sharoitida bu g'oyat muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababli, mening fikrimcha, inson ma'naviy olami, xalqlar madaniyatini belgilaydigan manbalarni asrab-avaylash va boyitish bugungi kunda har qachongidan ham muhimdir", - deb ta'kidlaydilar. O'zbekiston mustaqil taraqqiyot jarayonida milliy uyg'onish davrini boshdan kechirayotganligiga, madaniy merosimiz, milliy urf-odat, qadriyatlarimizni tiklayotgan bir paytda dunyoda ezgulik va yovuzlik o'rtasidagi ziddiyat kuchayib borayotganligiga guvoh bo'layapmiz. Har qanday mafkura xalqning ma'naviy ruhiy ehtiyojlarini milliy an'analari va turmush tarzini hisobga olgan taqdirdagina yashovchan, ta'sirchan bo'ladi. Shu o'rinda globallashuv jarayonida yoshlarning yangicha estetik madaniyatni shakllantirish bo'yicha islohotlarni amalga oshirish vazifasi milliy mafkura asosida bizning diqqat markazimizda turibdi. Bugun dunyo taraqqiyoti shu darajaga etdiki, endi mafkuraviy kurash, ma'naviy salohiyat etakchi o'ringa chiqdi. Insoniyat taraqqiyoti turli tahdidlar ta'siriga tushib qoldi, xavfsizlik va barqarorligiga rahna solishga, hatto uning hayotini izdan chiqarishga qaratilgan tahdidlar kundan - kunga kuchayib bormoqda endi qurol-yaroqlar emas, balki "fikrga qarshi faqat fikr, g'oyaga qarshi faqat g'oya" bilan kurashib olg'a borish mumkin. Mafkuraviy kurash bir jamiyat, mamlakat ichida ham, xalqaro va davlatlararo miqyosda ham davom etmoqda Muayyan millat, jamiyat, davlatning tinchligi va barqarorligiga qarshi qaratilgan, siyosiy va konstitutsion tizimni zaiflashtirish va buzishga yo'naltirilgan, fuqaro va jamiyat xavfsizligiga tahdid soluvchi mafkuraviy tajovuzlar keskinlashmoqda. Bunday tajovuzga qo'l urayotganlar o'z yovuz maqsadlariga erishish uchun har qanday usullardan, odamlarning diniy, milliy hissiyotlari, hayotda mavjud bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklaridan ustalik bilan foydalanishga harakat qiladilar. Bugungi kunda ularning aholining ma'lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qalbi va ongini o'zlariga ma'qul bo'lgan g'oya bilan egallashlari, ya'ni buzg'unchi g'oyalar, diniy ekstremizm, g'oyalarini singdirish kabi g'arazli maqsadlari xalqqa ayon bo'lib bormoqda. Ushbu tahdidlar dunyoning turli buzg'unchi kuchlari tamonidan shunday ustakorlik bilan tarqatilmoqdaki, u o'zining jozibali tasir kuchi orqali ko'plab insonlarni kundan - kunga o'z domiga tortib bormoqda. "Tahdid" deganda inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashni chigallashtiruvchi hamda tarixiy davr davomida aniq maqsad uchun yo'naltirilgan ijtimoiy strukturani, davlatning siyosiy asosini zaiflashtiruvchi, qolaversa, emirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish mumkin6.Albatta bunday buzg'unchi g'oyalar xamma joyda ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi bunga faqat o'zimizga ishonch bilan bir yoqadan bosh chiqarsak bu buzg'unchi g'oyaga qarshi kurashishimiz mamlakatimiz taraqqiyotini yanada rivojlanishiga xissa qo'shgan bo'lamiz. Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasida inson qalbi va ongiga ta'sir o'tkazuvchi, turli xil vositalar bilan kurash olib boruvchi mafkuraviy poligonlar faoliyati tobora yaqqolroq ko'zga tashlanmoqda. Taraqqiyotning hozirgi bosqichida jahonda g'oyat murakkab va tahlikali jarayon kechmoqda. Bular dunyoning siyosiy, mafkuraiy manzarasidagi o'zgarishlar, taraqqiyotning yangi bosqichiga ko'tarilishi va bu taraqqiyotga g'ov bo'ladigan demokratik rivojlanishni izdan chikaradigan, jamiyat barqarorligiga rahnasoladigan g'oyaviy-mafkuraviy to'siqlarning paydo bo'lishi bilan izohlanadi. Mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashda asosiy maqsadimiz jamiyat ma'naviyatini yuksaltirish ekan, birinchi navbatda, milliy g'oyani fuqarolar ongi va qalbiga chuqur singdirishga erishishimiz kerak. Aholida, ayniqsa yosh avlodda sog'lom e'tiqodni shakllantirish, ular orasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg'un ravishda targ'ib etish ham muhim ahamiyatga ega.Umuman, fuqarolarning bilimi va tafakkurini yanada oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish ishlarini izchil amalga oshirib boraversak, har qanday tahdidlar bizga xavf sololmaydi.7 Shu bois ham hozirgi vaqtda yurtimizdan etishib chiqqan buyuk alloma ajdodlarimizning ilmiy-ma'naviy merosini o'rganish jarayonida nafaqat ilmiy maqsadlar, balki ma'naviy tarbiya manfaatlari ustuvorligidan ham kelib chiqish zarurdir. Shunday darajaga erishish lozimki, yoshlarimiz ajdodlarimiz qoldirgan boy merosni o'rganish bilan bir qatorda ularni jahon miqyosida targ'ib qilishda ham faol ishtirok etsinlar. Buning natijasida yoshlarimiz qalbida cheksiz fahr va g'urur xissi yanada mustaxkamlanadi. Ma'lumki, o'z Vatani bilan faxrlanish tuyg'usi inson qalbida yuksak ma'naviyatni shakllanishida keng yo'l ochib beradi. Bugungi kunga kelib anglab turibmizki, ularga qarshi kurashish har birimizning dolzarb vazifamiz ekan. Chunki, mafkuraviy tahdidlar aholining ma'lum bir qatlamlari, ayniqsa, yoshlarning qarashlarini o'zlariga ma'qul bo'lgan yo'nalishda o'zgartirish, diniy ekstremizm, axloqsizlik kabi buzg'unchi g'oyalarni singdirishga urinishdek ko'rinishlarda sodir bo'lmoqda. Globallashuvning turli mamlakatlarga otkazayotgan tasiri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bogTiq. Bu hodisani chuqur o'rganmay turib unga moslashish, kerak bo'lganda, uning yo'nalishini tegishli tarzda o'zgartirish mumkin emas. Yangicha ijtimoiy munosabatlar paydo boTayotgan bugungi davrda axborotlashuv jarayoni, begonalashuv jarayonlari ham qanot yoyishiga xizmat qiluvchi ko'plab omillar kelib chiqmoqda. Ayonki, texnik taraqqiyotni to'xtatish mumkin emas: biz buni xohlaymizmi-yoqmi, kompyuter texnologiyalari hayotimizda mustahkam o'ringa ega, media va information savodxonlik ko'rsatkichi esa ko'p hollarda insonning yuqori saviyalanibgurdi belgilab beruvchi omilga amulga. Bugun information savodxonlik talabiga javob bermaydigan xodimni yaxshi mutaxassis deyish qiyin. Agar o'tgan asrning 90-yillari o'rtalarida yoshlarning eng sevimli mashg'ulotlari musiqa tinglash va teleko'rsatuvlar ko'rish bo'lsa, ayni kunda esa kompyuter va internet avvalgi qiziqishlarni yosh avlod hayotidan siqib chiqardi. Fikrimizcha, bu - tabiiy va ayni damda ijobiy holat. Ulkan imkoniyatlar jamiyat taraqqiyoti tezlashuviga ta'sir etadi, albatta. Darhaqiqat, XXI asr postindustrial jamiyat zamonaviy yoshlar hayotiga sezilarli chizgilarni kiritdi. Yosh avlodning ota-onalariga nisbatan informatsion savodxonligi baland o'smir bolalarning aksariyati -shartlari "ni kattalarga nisbatan "yaxshi biladi" Bir qator ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda "gegemon" bolishga intilib, foydalanuvchilarni oz domiga tortishga xizmat qiluvchi yangidan-yangi "xizmat'larni taklif etmoqdalar. Ular orasida ayniqsa facebook ijtimoiy tarmog'i foydalanuvchilarining soni va keng qamrovliligi bilan ajralib turadi. Rasmiy ma'lumotlarga ko 'ra, AQShda Facebook 18-24 yoshli foydalanuvchilari soni 41 million, Buyuk Britaniya va Fransiyada 7.8 million kishini tashkil qiladi. Yoshlar ongini egallash uchun bu ijtimoiy tarmoqlar juda qo'l kelmoqda. Masalan, Avg'onistonda Tolibon harakati oz safiga yangi a'zolarni jalb etish, erishilgan "yutuqlarni" ovoza qilish va zarur malumotlarni e'lon qilish maqsadida 2011-yilning may boyidan boshlab dunyo bo'ylab ommalashgan "Twitter" foydalijtimoiy tarmog'idan. Vaholanki, Tolibonlar televizor, radio singari zamonaviy texnologiyalarni mutlaqo inkor etib, oz a'zolarini bulardan ehtiyot bolishga qattiq buyurar edi. Kanada yoshlarining yarmidan ko'pi internet va kompyuter texnologiyalarni ota-onalaridan yaxshiroq bilishini aytgan. Ularning 80 foizi mustaqil ravishda internetga ulanishini, ota-onalari kompyuterga himoya vositasi bolgan "filtrlash" dasturini o'rnatib qo'ymaganliklari va farzandlari qanday saytlarga kirishini nazorat qilmasligini tan olishdi. Bu holat barcha mamlakatlarda ham deyarli shunday. Masalaning yana bir jihati shuki, u internet orqali ta'qib deb nomlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko'p "sayohat" qiluvchi foydalanuvchilarning mas'uliyat hissi qolganlarga nisbatan sustroq bolishligi kundalik tajribalardan barchamizga ayon. Ijtimoiy tarmoqlar shaxsni, ayniqsa, yoshlarni yashab turgan davri hayotiy masalalaridan uzoqlashtiradi. Sekin-asta bu shaxsda atrofdagilardan uzoqlashish hissini-begonalashuv jaryonini keltirib chiqaradi. Internet tarmog'ida o'tirgan kishi ko'pincha yolg'iz bo'ladi. Internet - bu shunday bir katta bozorki, bu yerda xaridor o'ziga kerakli narsani topadi. Ushbu bozorda "savdosi chaqqon", ko'p xaridorlarni jalb qilayotgan o'yinlar, kliplar, fotosuratlar va videolavhalar juda ko'p. Bugun ijtimoiy tarmoqlarga bog'lanib, o'zining kurakda turmas haqoratlari, amalga oshirilayotgan islohotlarga noxolis bahosi, yon-atrofdagilarga nisbatan salbiy munosabatini aytishga urinayotgan shaxslar, ayniqsa yoshlar Vatanimiz ertasi, millatimiz taqdiri uchun jon kuydirayotganiga ishonish qiyin. Bundan tashqari, birovning hayotiga, yon-atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga betaraf va beparvo qarab, shunchaki kuzatuvchi bo'lib yashayotgan, o'z xalqi va Vatani taqdiriga ham bamisoli begona odamdek qarayotganlarni ham uchratayotganimiz nafaqat shu inson, uning oilasi uchun, qolaversa butun jamiyat va kelajak uchun achinarlidir. Mavjud yangiliklar, yangi texnik munosabatlar oqibatida kishilar mentalitetida muayyan tranfarmatsion jarayonlar kuzatiladi. Axborot markazlari o'rtasida dunyoda mafkuraviy yetakchilik qilish va shu orqali gegemon bo'lishga intilish tobora keng avj olmoqda. Shunday masala borasida XIX asr oxirida mustamlakachilik avj olgan vaqtda rus mustamlakachi vakillaridan biri general ", deb aytgan behayo so'zlari bekorga aytilmagan, albatta. Bu g'oyani buyuk davlatlar faqat o'sha davrda amal qilgan, ayni damda biz insonparvar, tinchlik zamonida yashayabmiz desak, o'z-o'zimizni aldagan bo'lamiz. Shu o'rinda S. Mafkuraviy xurujlar axborotlashgan jamiyatda global axborot tarmoqlari vositasida insoniyatning katta qismini qamrab olish imkonini berdi. Keng ko'lamli va tezkor ijtimoiy o'zgarishlar sharoitida bunday ta'sirning kuchayishi aniq, albatta. Yangilanib kelayotgan sotsiumda, yangilanishni eskilik bilan kurashidagi ittifoqdoshi bo'lib, aynan yoshlar turadi va mushkul, ziddiyotli ijtimoiy jarayonning markazida bo'lib, o'z davrining birinchi jabrlanuvchisi va oxirgi qahramoniga aylanadi. Boshqa ijtimoiy qatlamlar va guruhlarga qaraganda, o'zgarishlar davridagi bosim ostiga tushgan yosh avlod o'zini himoya qilishning xususiy shakl va uslublarini ishlab chiqaradi. Tubdan ijtimoiy o'zgarishlar davrida yangilanayotgan jamiyatni jahon rivojlanishining magistral liniyasidan chetlanish va hattoki, havfi tug'iladi. Tezkor o'zgarayotgan, global tahlikalarga uchrayotgan zamonaviy dunyoda bunday xavf anchaga kuchaydi. Shu sabab, bunday xavf tug'diruvchi salbiy yo'nalishlarga samarali qarshilik ko'rsatish bugungi kun barcha soha vakillari, ayniqsa faylasuflar, ma'naviyat sohasi vakillari uchun dolzarb masaladir. Bu masala barcha progressiv (taraqqiyparvar) kuchlarning, jumladan alternativ yoshlar harakat va majmualarning birlashuvi asosida amalga oshiriladi. Yuqorida ko'rsatilgan yo'nalish tomon harakat qilinishiga zamonaviy madaniy-tarixiy vaziyat sabab bo'lib, "begonalashuv" tushunchasi bilan ta'riflanadi. Hozirgi kunda aynan yoshlar muhiti, begonalashgan va o'zgargan ijtimoiy tuzilmalar doirasida yashashga nisbatan gumanistik muqobillikni izlashga majburlaydigan muhim manba hisoblanadi. Ijtimoiy muhitni begonalashuvi sababiga ko'ra insonparvarlikdan chetlangan sharoitlarda yoshlarni erkin rivojlanishi va muvaffaqiyatli o'sishiga imkon bermasligidadir. Ushbu negizda mavjud bo'layotgan ijtimoiy ziddiyotlar va xavfning ko'payishi hollari, begonalashuvning salbiy asoratlarini minimallashtirish muammosini dolzarbligidan dalolat beradi, bunda zamonaviy yoshlar jamoalarining himoya va ijodiy potentsialidan foydalaniladi. Zamonaviy dunyoda hukm qilayotgan ijtimoiy begonalashishni yoki uni alohida tomonlarini anglash ayniqsa bugungi global miqyosda ijtimoiy tarmoqlar kengaygan, ularning o'rni va roli har qachongidan-da muhim ahamiyat kasb etayotgan davrda juda dolzarbdir. Ma'lumotlilik ko'p darajada insonning xohish-irodasiga bog'liq bo'lib qoladi. Shu bilan birga keng axborot oqimi, qulay imkoniyatlar yovuz niyatlar quroliga ham aylanib, kishilar ongiga manipulyatsion ta'sir etmoqda. Kuchli axborotlashuv jarayonida insonlar ongini egallash jarayonida kishilarda mafkuraviy immunitet, mediasavodxonlikning yetishmasligi "begonalashish" jarayoninini keltirib chiqarmoqda XX asrning o'rtalaridan boshlab sodir bo'lgan o'zgarishlar (militarizatsiya, globallashuv jarayonlari, informatika, biotexnologiya va boshqalarning rivojlanishi) natijasida postmodern konsepsiyasi doirasida axborot, texnika va ularning insonlar trnmushiga dolzartola ta'sirini. Bundan yarim asг muqaddam amegikalik sotsiolog U.Ogbyorn madaniyatning rivojlanishi va faoliyatida texnika hal qiluvchi rol o'ynashini kolsatib, "moddiy" va "nomoddiy" madaniyatlarning rivojlanishidagi qarama-qarshilikni qayd etib o'tgan edi. Uning fikricha, texnik rivojlanish ma'naviy givojlanishdan o'zib ketadi va ma'naviy rivojlanishni yangi sharaitga moslashishga majbur qiladi, nomoddiy madaniyatni yangi izlanishlarga va shu orqali rivojlanishga da'vat etadi. uning" madaniy qoloqlik nazariyasi "ga asoslanib, Ch.Chou "ikki madaniyat" ning qat'iy chegagalanishi to'g'risidagi g'oyani ilgari sugadi". D.Bell hozirgi jamiyatning uch sohasi - ijtimoiy tuzilmalar, siyosiy tashkilotlar va madaniy qadriyatlar sohalarini ajratib, texnokratik yo'l bilan tartibga solinuvchi ijtimoiy tuzilmalar ta'sir ko’rsatuvchi iqtisodiyot bilan jamiyat madaniy sektorining o'zaro munosabatlari tobora keskinlashib borishini qayd etadi. Madaniyat o'z holicha mavjud ijtimoiy institutlar va amaldagi qonunlarga nisbatan dushmanona kayfiyatda bo'ladi, u yakkahokimlikka hamda ijtimoiy rivojlanishning siyosiy va texnik iqtisodiy tendensiyalari standartlashuviga qarshi harakat qiladi. "Texnika, tomondan, insonga muayyan, mohiyat e'tibori bilan cheksiz qobiliyat ato etgani holda, inson hayotida juda katta bo'shliq paydo bo'lishiga olib keladi, har bir odamni faqat va faqat texnikaga suyanib yashashga majbur etadi. Shu bois bizning hozirgi o'ta texnikaviy hayotimiz o'ta zerikarli bo'lib qoldi" Axborot jamiyati paradigmalari D.Bellning "Besh bo'g'im", A.Tofflerning "Uchta to'lqin nomlari ostida mashhur. Postmodern konsepsiyasi jamiyat hayotida ahamiyati ortib borayotgan voqelikning o'z o'rnini egallab borayotgan voqelik na'munalarining ortib ketayotganligi bilan muvaffaqiyatli ravishda bog'lanmoqda. Unda zamonaviy jamiyatda mahsulotlarning to'xtovsiz iste'mol qilinishi, brendlarning, reklama va turli submadaniyatlarning paydo bo'lishi kabi jarayonlar o'z aksini topgan. Bugungi kunda kommunikatsion texnologiyalardan jamoatchilik tafakkurini boshqarish, shuningdek, umumiy (total) ravishda kuzatish va odamlarni nazorat qilish maqsadida qo'llanilishi xavfi ham ortib bormoqda. Dunyo hamjamiyati uchun bugungi kunda dolzarb bo'lgan muammolardan biri globallashuv jarayonida milliy axborot maydonini saqlab qolish muammosi bo'lib qolmoqda. Mustaqillikni mustahkamlash, avaylab-asrash, himoya qilishda milliy g'oyaning o'rnini boshqa biron bir omil bosolmaydi. Shu boisdan ham davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari, maqsad va vazifalarini ma'naviy jihatdan ta'minlash, bugungi kunda mamlakatimiz uchun o'ta dolzarb masaladir. Ana shu asosiy maqsadlardan tashqari, milliy istiqlol mafkura-sining mazmun-mohiyatidan kelib chiqadigan o'ziga xos maqsad va vazifalari ham bor. - Xalqni buyuk kelajak va ulug'vor maqsadlar sari birlashtirish; - mamlakatimizda yashayotgan, millati, tili va dinidan qat'iy nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun mas'uliyat sezib yashashga chorlash; - ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an'analari-mizga munosib bo'lishga erishish; - yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da'vat etish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hayot mezoniga aylantirish -milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. Ana shu yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun bir qator quyidagi vazifalarni bajarish lozim: 1) Mustaqil va erkin tafakkurni shakllantirish. Buning uchun tafakkur to'la ozod bo'lishi lozim. 2) Jamiyatda sog'lom ma'naviy muhitni yaratishdan iborat. Bu hurfikrlilik bilan uzviy bog'liq bo'lgan jarayondir. 3) Millatning o'zligini anglashi, muqaddas qadriyatlarini asrab-avaylashi, vatanparvarlik kabi tuyg'ularni kamol toptirish. 4) Imon-e'tiqod, insof-diyonat, sahovat, halollik, mehr-oqibat, sharmu hayo kabi fazilatlarni yuksaltirish. 5) Mamlakat ko'p millatli xalqi ongi va qalbida «O'zbekiston - yagona Vatan» degan tushunchani shakllantirish va mustahkamlash. 6) Milliy istiqlol g'oyasini xalq ongi va qalbiga singdirish uchun eng zamonaviy, qulay mafkuraviy vosita va usullardan foydalanish lozim. 7) Milliy mafkura hayot hodisalariga hozirjavob bo'lishi, yot va zararli g'oyalarning hurujiga o'z vaqtida javob berishi kerak. 8) Har bir yurtdoshimizning intellektual-ma'naviy salohiyatini ro'yobga chiqarish zarur. 9) Kishilarni yaratuvchilik faoliyatiga safarbar etishi darkor, chunki u g'oyaviy himoya vositasi hamdir. Mafkuramiz tom ma'nodagi milliy mafkuraga aylanishi uchun quyidagi talablarga javob berishi zarur: - inson qalbi va ongiga ijobiy ta'sir etadigan tushuncha va tuyg'ular, go'zal va hayotiy g'oyalar tizimini o'zida mujassam etishi, ya'ni bu mafkura har bir fuqaroning ezgu niyatlarini ro'yobga chiqarishga imkoniyat yaratadigan eng maqbul yo'lni ko'rsata olishi; - millat, xalq va jamiyatni birlashtiruvchi kuch, yuksak ishonch-e'tiqod manbai bo'lishi, ya'ni u tom ma'noda so'z bilan ishni, nazariya bilan hayotni birlashtira olishi, O'zbekistonda yashovchi barcha xalq, millat, elat, ijtimoiy qatlam va din vakillariga birday taalluqli bo'lishi; - har qanday ilg'or g'oyani o'ziga singdirishi va har qanday yovuz g'oyaga qarshi javob bera olishi, ya'ni ikkiyuzlamachilikdan holi va jamoatchi-likning ob'ektiv fikriga tayanuvchi mafkura bo'lishi; - zamon va davr o'zgarishlariga qarab, o'zi ifodalaydigan manfaat, maqsad-muddaolarni amalga oshirishning yangi-yangi vositalarini tavsiya eta olishi, ya'ni yangicha vaziyatga tez moslasha oladigan hozirjavob va ijodiy bo'lishi. Milliy istiqlol g'oyasi tizimida bosh g'oya va asosiy g'oyalar, ular oziqlanadigan manbalar, ularning amal qilish tamoyillari muhim o'rin tutadi. Bu tizim milliy istiqlol mafkurasini yaratishga asos bo'ladi. Ya'ni milliy istiqlol mafkurasi milliy istiqlol g'oyasi asosida vujudga keladi. Chunki mafkura g'oyani amalga oshirish jarayonida paydo bo'ladi. Shu boisdan ham u g'oyaga nisbatan kengroq tizimni shakllantiradi. Xalqimizning milliy istiqlol mafkurasi milliy istiqlol g'oyasining asosiy tushuncha va tamoyillari asosida shakllanmoqda. Shuning uchun milliy istiqlol g'oyasi tizimidagi bosh va asosiy g'oyalar haqida gapirar ekanmiz, ularni milliy istiqlol mafkurasining bosh g'oyasi va asosiy g'oyalari deymiz. “ Download 39.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling