Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti
Download 39.88 Kb.
|
Abduvaliyev H..
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘oyaviy savodsizlik
- G‘oyaviy tajovuz
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
G‘oyaviy parokandalik - jamiyat, xalq, ijtimoiy qatlamlarning о‘z maqsadlarini aniq-ravshan belgilab olmagani, orzu-intilishlari va manfaatlarini ifoda etadigan mafkura yaratmagani sababli ijtimoiy ongda va ma’naviy hayotda yuzaga keladigan g‘oyaviy boshboshdoqlik, beqarorlik. G‘.p. odatda muayyan siyosiy tizim о‘z hayotini tugatgan, bir tuzumdan boshqasiga о‘tilayotgan, ijtimoiy siyosiy qutblashuv va ziddiyatlar kuchaygan, jamiyat turli tabaqalarga bо‘linib, har bir ijtimoiy-siyosiy kuch о‘zining tor manfaatlari doirasida о‘ralashib qolgan vaziyatlarda rо‘y beradi. Bu holat jamiyatni yanada tarqoq qilishga, bir-biriga dushman taraflarga ajratib yuborishga olib keladi. Mamlakatda ichki ziddiyatlar kuchaygan, qatlam, toifa, milliy-etnik birliklar о‘rtasidagi qarama-qarshilik zо‘raygan hollarda ham ana shunday hol rо‘y beradi.
G‘oyaviy savodsizlik – mafkuraviy jihatdan yetarli bilim, malaka, kо‘nikmaga ega bо‘lmagan insonlarga xos bо‘lgan xususiyat. G‘.s.ning asosini mustaqil fikrga, sobit e’tiqodga, mustahkam iroda va dunyoqarashga ega bо‘lmaslik tashkil etadi. Bunday kishi jamiyatda о‘z о‘rniga, о‘zining aniq hayotiy pozitsiyasiga ega bо‘lmaydi. Natijada u turli zararli g‘oyalar, yot, begona mafkuralar ta’siriga juda oson tushib qoladi. G‘oyaviy tajovuz — muayyan bir jamiyat yoki millat, ijtimoiy qatlam yo guruh ongi va ruhiyatiga tashqaridan о‘tkaziladigan mafkuraviy ta’sir, begona va yot maqsad-manfaatlarga xizmat qiladigan g‘oyaviy bosqinchilik. Tarixda g‘oyaviy tajovuz harbiy istilo, siyosiy tazyiq va iqtisodiy iskanja choralari b-n bog‘liq holda olib borilgan. Undan bosqinchilikni oqlash, mustamlaka va qaram xalqlarni mafkuraviy asoratda saqlash maqsadida foydalanilgan. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 1. Mirziyoev.Sh.M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat biln davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz. 1-jild -T.: O'zbekiston , 2018. 29-30-betlar. 2. Mirziyoev.Sh.M. .Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma'naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish - barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T. 15. -T.: O'zbekiston. 2017. -326 b. 3. Safoeva. S. Globallashuv jarayonining ijtimoiy hayot sohalariga ta'siri. // Globallashuv jarayonida jamiyatni demokratlashtirishning siyosiy, falsafiy-huquqiy masalalari. -Toshkent: Falsafa va huquq nashriyoti, 2006, 27-bet. 4. Quchqarov. V. Milliy o'zlikni anglash va barqaror taraqqiyot T.: Akademiya , 2013 67-bet 5. Zokirov B. G'arb tamadduni: inqiroz alomatlari // Tafakkur, 2007. №2. - 23 b. 6. Quronov. M Mafkuraviy tahdidlar va yoshlar tarbiyasi T.: Akademiya ,2008 54-bet 7. PULATOV SH.N. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat. Academic Research In Educational Sciences. Volume 1. 2020 8. Mirziyoev. Sh.M. .Jamiyatimizni erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish, ma'naviyatimizni yuksaltirish va xalqimizning hayot darajasini oshirish - barcha ishlarimizning mezoni va maqsadidir. T. 15. -T.: O'zbekiston. 2017. -326 b. Download 39.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling