Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi
Qadimgi Falastin, Isroil-Yahudiy davlati
Download 0.73 Mb.
|
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta
Qadimgi Falastin, Isroil-Yahudiy davlatiReja: Qadimgi Falastin Qadimgi Isroil va Yahudiya podsholiklari. Qadimgi Falastin hamda Isroil-Yahudiy madaniyati. 1.Qadimgi Falastin. Qadimgi Falastin Osiyo qit’asini janubi-g‘arbida joylashgan bo‘lib, uning hududi g‘arbda O‘rtayer dengizi, janubda Qizil dengiz va sharqda Iordan daryosi qirg‘oqlariga chiqadi. Falastinni Misrdan janubda cho‘l ajratib turgan. Bu mamlakat tabiiy iqlim jihatdan o‘zgaruvchan hudud hisoblanadi. Iordan daryosidan g‘arbda tog‘lar va unumdor vodiylar bilan qoplangan. Ushbu vodiylar O‘rta yer dengiziga qadar cho‘zilgan. Shu bilan birga bu erda o‘rmonlar ham bo‘lgan. Iordan orti hududlari esa tepaliklardan iborat edi va dasht mintaqalari ham mavjud bo‘lgan. Mil. avv. IV ming yillikda qadimgi Falastin hududida ko‘chmanchi somiy va mahalliy protoxurrit qabilalari aralashuvi natijasida Gasul (Gxassul) yoki ilk Xanaan sivilizatsiyasi yuzaga keladi. Qadimgi falastinliklar asosan dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullanganlar. Falastin erlaridagi eng katta shaharlariIerixon, Megiddo, Gezer va Laxish o‘zining savdo- sotiqdagi shuhrati bilan nom qozongan edi. Shu bilan birga shimoliy Falastin hududida Xatsor kabi yirik shahar mavjud edi. Uning maydoni 50 gektarga teng bo‘lib, o‘sha davr uchun bu shahar nisbatan katta hisoblangan. Ushbu shahar Finikiya va Misr bilan yaqin madaniy aloqalarda bo‘lgan. Shaharlari mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘ralgan edi. Shahar-davlatning o‘z podsholari va qonunchilik tizimi bo‘lgan. Bu yerning aholisi Finikiya, Suriya va Misr bilan savdo-sotiq orqali madaniy munosabatlarni o‘rnatgan edi. Ular bronzani quyish texnikasini ham mukammal bilganlar va undan mehnat va harbiy qurollarni yasashgan. Shu bilan birga Falastinda zargarlik va nisbatan primitiv haykaltaroshlik ham ravnaq topgan edi. Falastin yerlari orqali ko‘manchi giksoslar Misrga bostirib kiganlar. Ularning Osiyodagi tayanch nuqtasi Falastindagi G‘azo hududi hisoblangan. Falastin bu davrda siyosiy jihatdan yagona hududiy birlashma bo‘lmagan. Qadimiy tarixga ega bu zamin misrliklar kelguniga qadar (mil. avv. XVI asr) ozod mamlakat bo‘lgan. So‘ngra ko‘p o‘tmay Yaqin sharq savdo-tranzit yo‘li Misr nazoratiga o‘tadi. Bu yerlarni bosib olish uchun Misr fir’avnlari Tutmos II,Tutmos III va boshqalar doimiy harbiy yurishlar uyushtirar edilar. Misr yangi podsholik davrida nihoyatda kuchayib, hatto Frot daryosi qirg‘oqlariga qadar o‘z ta’sirini yoyishga erishadi. Mil. avv. XVI-XIII asrlarda Falastin Misr tasarrufida bo‘lgan. Falastin yerlari uchun kurashda qudratli Xett davlati bilan bellashadi. Mil. avv. XIII asr oxirida Falastinda filistimliklarning hukmronligi o‘rnatilgan.Ular aslida “dengiz xalqlari”dan biri bo‘lib, O‘rtayer dengizi orollaridan o‘z kemalarida Yaqin Sharqqa kelib bu erlarni zabt etganlar. So‘ngra mahalliy xalq bilan aralashib ketganlar. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling