Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi


Qadimgi Isroil-Yahudiya podsholiklari


Download 0.73 Mb.
bet34/53
Sana02.06.2024
Hajmi0.73 Mb.
#1840239
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
Bog'liq
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta

Qadimgi Isroil-Yahudiya podsholiklari. Mil. avv. XIII asrda kelib, yahudiy qabilalari Falastin yerlariga bostirib kiradilar. So‘ngra bu yerlarni bosib olib, o‘zlashtira boshlaydilar va qadimgi xanaanliklar bilan aralashib ketadilar. Natijada yahudiylar o‘troqlashib boradilar hamda dehqonchilikni yaxshi o‘zlashtirib oladilar. Mil. avv. 1029 -yili Samuil payg‘ambar yahudiy qabilalarining istagi bilan Matri qabilasining Veniamin qavmidan chiqqan Saulni,Gilgal degan joyda podsholikka ko‘taradi. Mutaxassislarni fikricha mil. avv. XI asrlarda Iordan daryosidan g‘arbda yashagan isroilliklarning soni 50 mingga yaqin bo‘lgani ta’kidlanadi. Podsho Saul davrida(mil. avv. 1029-1005 -yy) isroilliklar ilk bor 3 ming kishilik qo‘shin tuzadilar. Podsho Saul Moav, Ammon, Idumeey va boshqalar bilan olib borgan urushida isroilliklarga boshchilik qiladi. Shu bilan birga uning davrida filistimlar bilan uzoq urush olib boriladi. Saulning o‘g‘li Ionafan filistimliklardan Giva shahrini qaytarib olishga muvaffaq bo‘ladi. Filistimliklar yahudiylarga qarshi katta qo‘shin yuboradilar. Biroq isroilliklar ularni Galgala yonidagi jangda yana mag‘lub etadilar. Isroil podsholigi kuchayib borganda filistimliklar yana ularga qarshi yurish boshlaydilar va bu urushda Saul o‘z o‘g‘illaridan ajraydi hamda o‘z joniga qasd qiladi.
Podsho vafotidan keyin uning lashkarboshilaridan biri Avenir rahnamoligi ostida Isroil podsholigi taxtini Saulning o‘g‘li Ievosfey egallaydi. Shu vaqtning o‘zida hokimiyat uchun kurashni Saulning kuyovi Dovud ham boshlagan edi. Tez orada podsho Ievosfeyning venyamin qavmidan bo‘lgan Baana va Rixav ismli lashkarboshilari o‘z hukmdorlarini o‘ldirib uning boshini Dovudga olib boradilar. Dovud bunday holatdan jaxli chiqib, Baana va Rixavni qatl etishni buyuradi.
Yetti yillik kurashdan so‘ng mil. avv.1000 -yilda Dovud, Isroil-Yahudiy podsholigi taxtiga chiqadi. Falastinning Xevron shahri uning qarorgohi edi. Isroil- Yahudiy podsholigi qo‘shini Gat shahri yaqinida filistimlarni mag‘lubiyatga uchratadi. Natijada mamlakat mustaqilligini saqlab qolib, filistimlarni Isroil
erlaridan quvib yuboradi. Ko‘p o‘tmay Ierusalim shahri ham egallanadi. Davlat poytaxti ushbu shaharga ko‘chiriladi. Filistimlar bilan tinchlik shartnomasini tuzadi va mamlakatda osoyishtalik hukm suradi.
Dovud podsholigi davrida (mil. avv. 1000-965- yy) diniy islohot o‘tkazilib, Isroil-Yahudiy davlatida monoteistik (yakka xudolik) din ustunlikni qo‘lga kiritadi. Dovud ruhoniylarni davlatga bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ladi.
Shu bilan birga isroilliklar oromiylar bilan g‘olibona urush olib bordilar. Natijada Dovud qo‘shini Suriyaga ham kirib boradi. Frot daryosi qirg‘oqlariga qadar yurish qilinadi. Dovud o‘z armiyasini Misr qo‘shini andozasi asosida tuzadi. Askarlar sonini kengaytirish uchun kelib chiqishi filistimlar hamda kritliklardan bo‘lgan yollanma qismlarni ham tashkil etadi.
Mil. avv. 965 -yil Isroil-Yahudiy davlati taxtiga Sulaymon (yoki Shomo) chiqadi. Garchand u Dovudning kichik o‘g‘illaridan biri bo‘lsada o‘zini qobiliyatli siyosatchi sifatida ko‘rsata oldi. Ya’ni taxtga da’vogar akasi Adoniyani fitnasini bostiradi. Hukmronligi davrida Finikiya podshosi Xiram bilan bilan do‘stona munosabat o‘rnatadi. Strategik jihatdan qulay joyni egallagan Isroil-Yahudiy davlati o‘zining savdo imkoniyatlaridan unumli foydalanadi. Natijada hunarmandchilik va arxitektura rivojlanadi.Sulaymon davrida mamlakat madaniy jihatdan taraqqiyotining yuqori cho‘qqisiga chiqadi.
Qadimgi yahudiylarda urug‘ yeri “naxala” va “axuzza” deb nomlangan bo‘lib, faqatgina urug‘ ichidagina xususiy mulk hisoblangan. Chetga sotish mumkin bo‘lmagan. Qullar mamlakat aholisini 18% ni tashkil qilgan. Ular asosan dalalarda, konlarda,davlatga tegishli ibodatxona tarkibidagi hunarmandchilik ustaxonalarida, uzumzorlardamehnat qilganlar va davlat mulki hisoblangan. Bundan tashqari Isroil-Yahudiyada muxojirlar ham yashab, ularni “ger” deb atashgan. Kelgindilar shaxsan ozod hisoblanishgan, ammo erga xususiymulk sifatida egalik qilishi mumkin bo‘lmagan hamda fuqarolik huquqiga ega emas edilar. Ular mamlakat aholisining 16-20 %ini tashkil qilganlar. Aksariyati davlat xizmatida va kunbay ishchilar bo‘lganlar.
Mamlakat g‘aznasini to‘ldirish maqsadida Sulaymon yangi soliqlar joriy qiladi. Bu esa xalq orasida noroziliklarni kuchayishiga olib keladi. Bunday isyonlardan biriga Ierovoam boshchilik qiladi. Biroq qo‘zg‘olonlar shafqatsizlik bilan bostiriladi. Isyonchilar boshlig‘i Ierovoam esa Misrga qochishga majbur bo‘ladi. Fir’avn Sheshonk I unga boshpana beradi.
Mil. avv. 928- yil Sulaymon vafotidan so‘ng taxtni, uning Naama ismli xotinidan tug‘ilgan o‘g‘li Rovoam (mil. avv. 928-911-yy) egallaydi. U otasi Sulaymon davrida joriy qilingan og‘ir soliqlarni kamaytirishdan bosh tortadi. Oqibatda yahudiy xalqining ayrim vakillari Sixemeda (Shxeme) kengash qurib Rovoamga qarshi isyon ko‘taradilar. Podshoga faqat Yahudo va Veniamin urug‘lari aholisi sodiq qoladi. Qolgan o‘nga yaqin yahudiy urug‘lari Ierovoamni hukmdor sifatida tan olib, Isroil podsholigini ajratib oladilar. Yahudiya podsholigi Sulaymonning o‘g‘li Rovoamga tegadi. Ikki davlat o‘rtasida ichki urushlar avj oladi. Ammo biror tomon to‘liq g‘alabaga erisha olmadi. Bu orada misrliklar fir’avn Sheshonk I boshchiligida Yahudiyaga bostirib kirib, Ierusalimni talon-taroj qiladi. Natijada Yahudiya davlati podsholigi Misrga qaram davlatga aylanadi.
So‘ngra Yahudiya taxtiga Rovoamning o‘g‘li Aviya (mil. avv. 911-908 -yy) keladi. Yangi podsho otasini ishini davom ettirib, Isroil podsholigi bilan urushni davom ettiradi lekin kutilgan natijaga erisha olmaydilar. Keyingi Yahudiya podsholari Asa, Iosafat, Ioram, Oxoziya va boshqalar davrida mamlakat kuchsizlanadi. Bu orada Ossuriya davlatining qudrati oshib boradi va Yaqin Sharq yerlariga kirib borish xavfi ortadi.
Mil. avv. 743 yilga kelib, Yahudiya taxtiga podsho Ioafamning o‘g‘li Axaz chiqadi. Axaz otasi kabi aksilossur kaolitsiyasiga kirishdan bosh tortadi. Isroil va Damashq podsholigi bilan birgalikda G‘azo va Gannon davlatlari esa Ossuriyaga qarshi chiqadilar. Isroil hukmdori Fakey va oromiylar podshosi Retsinlar Ierusalimga yurish qiladilar. Yahudiy qo‘shinlari engiladi, Ierusalim shahri qamalda qolib ketadilar. Bu orada Yahudiyaga filistimlar va edomitlar talonchilik yurishlarini uyushtiradilar. Podsho Axaz og‘ir ahvolda qolib, sovg‘a-salomlar bilan Nineviyaga elchi yuborib ossur podshosi Tiglatpalasar III ni yordamga chorlaydi.
Ossuriya qo‘shini birin- ketin ittifoqchilarni engadi. Xanaan va janubiy Suriyadagi harbiy harakatlar tugagach mil. avv. 732- yilda Damashq ossurlar tomonidan bosib olinadi. Finikiyaning Tir shahri ossurlarga 150 talant (4,5 tonna) oltin bilan o‘lpon to‘laydi. Ossuriyaning keyingi zarbasiga Isroil podsholigi uchradi. Bu orada isroilliklar podshosi Fakey isyon qurboni bo‘ladi. Isroilda taxtga ossurlar tarafdori Osiya o‘tkazilib, mamlakat Galaat va Galileya erlaridan ajraydi. U yerlarni Ossuriya noiblari boshqaradigan bo‘ldi.
Tiglatpalasar III Damashqda g‘alaba sharafiga qurbonlik keltiradigan mehrob qurayotganda, uning yoniga Yahudiya podshosi Axaz etib keladi va o‘zining qutqaruvchisini olqishlab, Ossuriyaga qaramligini tan oladi.Diplomatik mahoratni qo‘llash orqali Yahudiya davlati, qo‘shnilarini kuchsizlantiradi. Mil. avv. 727 -yilga kelib, podsho Axaz vafot etadi. Shu tariqa Yahudiya va Isroil davlatlari mil. avv. 612 yilga qadar Ossuriyaning vassallari bo‘lib qoladilar. Garchand Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib Misrning yordamida mustaqilikka erishishga urinsada, ammo kutilgan natijaga erisha olmaydi. Mil. avv. 597-586 -yillar oralig‘ida Bobil podsholigidan ajralib chiqish uchun olib borilgan urushlar oqibatida, Ierusalim dushman tomonidan vayron qilinadi. Aholisining katta qismi, Bobilga asir qilib olib ketiladi.

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling