Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon tarixi
Download 0.73 Mb.
|
Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti jahon ta
Qadimgi MidiyaQadimgi Midiya hududi hozirgi Eronning g‘arbida, ya’ni Araks daryosi va Elьbrus tog‘laridan janubda, Fors o‘lkasining shimolida, hamda Dashti-Kavir cho‘lidan g‘arbda joylashgan edi. Midiyaliklar bu o‘lkaga Eronning sharqidan kirib kelganligi ta’kidlanadi. Eroniy tilli midiyaliklar tez orada lulubeylar, guteylar va kassitlar bilan aralashib ketadilar. Hududi asosan mo‘tadil iqlimli bo‘lgan. Midiyaliklar chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Bu erda yilqichilik ham keng tarqalgan edi. Mil. avv. IX asr oxiri- VIII asr boshlarida Midiya ossurlar tomonidan bosib olinadi. Ammo mil. avv. 673 yili midiyaliklar ossurlarga qarshi qo‘zg‘olon ko‘taradilar. Unga Kashtariti ismli sardor boshchilik qiladi. Natijada Midiya mustaqillikni qo‘lga kiritadi. Midiyaning poytaxti Ekbatan shahri hisoblangan. Ossuriya podshosi Asarhaddon skiflarni midiyaliklarga qarshi gij-gijlaydi. Skiflar hukmdori Partatua (Gerodotda, Prototiy deb tilga olingan)ga o‘z qizini turmushga beradi hamda ular bilan kelishuv yo‘lini tutadi. Natijada skiflar aksilossuriya koalitsiyasidan chiqadilar. Midiyani ossurlar boshqa o‘z iznida tutib tura olmaydilar. Ammo ularni vaqtincha kuchsizlantiradilar. Mil. avv. 625 yil Midiya taxtiga podsho Fravartishning o‘g‘li Kiaksar (Uvaxshatra) chiqadi. U mamlakatda harbiy islohotlar o‘tkazib, so‘ngra Ossuriya bilan urush boshlaydi. Bu orada Kavkaz tog‘laridan Midiyaga ossurlarning itiffoqchilari podsho Madiy boshchiligida skiflar bostirib kiradilar. Ular Midiyani talon-taroj qiladilar. Kiaksar esa vaqtincha skiflarga bo‘ysunadi va ko‘chmanchilarga o‘lpon to‘lashga majbur bo‘ladi. Ko‘p o‘tmay skiflar sardorlarini hiyla yo‘li bilan qo‘lga olib, ularni qatl etadi. Yo‘lboshisiz qolgan skiflar Midiyani tark etishga majbur bo‘ladilar. Midiya mustaqilligi qayta qo‘lga kiritiladi. Mil. avv. 614 yil Kiaksar qo‘shinlari Dajla daryosidan kechib o‘tib, Ossuriyaning qadimgi poytaxti Ashshurni qamal qiladi. Uzoq qarshilikdan so‘ng Ashshur egallanib, vayron qilinadi. Bobil podshosi Nabopalasar Ashshur vayronalariga etib kelgach, ikki o‘rtada Ossuriyaga qarshi ittifoq tuziladi. Mil av. 612 yilga ikki davlat qo‘shinlari Ossuriya poytaxti Nineviyani egallaydilar va butunlay vayron qiladilar. Ossuriyaning shimoliy hududlari Midiya davlatiga o‘tadi. Kiaksar kuchli dushmandan qutulgach, Elam va Urartu erlariga yurish qilib, bu hududlarni ham Midiyaga bo‘sundiradi. Mil. avv. 590 yil midiyaliklar Lidiyaga (Kichik Osiyo) bostirib kiradilar va besh yil urish olib boradilar. Ammo ikki tomon ham bir-birini enga olmaydilar. Mil. avv. 585 yil Galis daryosi yonidagi jang paytida quyosh tutilishi sodir bo‘lib, midiyalik va lidiyaliklar buni ilohiy belgi deb hisoblab sulh tuzadilar. Podsho Kiaksarning o‘g‘li Astiag, Lidiya malikasiga uylanadi. So‘ngra Kiaksar vafot etadi, taxtga Midiyaning so‘nggi podshosi Astiag (mil. avv.585-550 y) keladi. Ko‘p o‘tmay Midiya forslar tomonidan Ahmoniylar davlatiga qo‘shib olinadi. Midiyaning o‘zi va uning erlari satrapliklarga ajratiladi. Madaniyatiga va tiliga ko‘ra midiyaliklar forslarga juda yaqin xalq hisoblangan. Boshqa eroniy halqlar kabi uzun soch va soqol o‘stirib yurganlar. Bellarida alohida xanjar(akinak) ilib yurganlar. Zardushtiylik diniga e’tiqod qilganlar. Shu bilan birga hosildorlik ilohasi Anahitaga sig‘inganlar. Hatto Midiya poytaxti Ekbatanda uning ibodathonasi bor edi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling