Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali “Psixologiya” fakulteti
Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin?
Download 1.04 Mb. Pdf ko'rish
|
To\'yboyeva Saida N13 MI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xizmatni ko‘rsatish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi
- Infografika
Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin?
Bundan buyon tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatiga olish chog‘ida ro‘yxatga oluvchi organ tomonidan elektron raqamli imzo kalitlari ham topshiriladi. Agar siz jismoniy shaxs sifatida elektron raqamli imzo olmoqchi bo‘lsangiz, Yagona portaldagi “ Jismoniy shaxslar uchun elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlarini berish uchun arizalarni qabul qilish ” xizmatidan foydalaning. Yoki ushbu havola ga kirib, shu yerdan xizmat ko‘rsatuvchini tanlang. Xizmatni ko‘rsatish uchun qanday hujjatlar kerak bo‘ladi? 1. O‘rnatilgan tartibda ERI kalitini tayyorlash yoki ERI kaliti sertifikatini berish bo‘yicha to‘ldirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan ariza; 2. Arizachining pasport nusxasi; 3. Xizmat ko‘rsatish uchun ariza tomonidan to‘ldirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolagan shartnoma; 4. Shartnoma bo‘yicha xizmat uchun to‘lov to‘langanligi kvitansiyasi yoki to‘lov talabnomasi. Har bir xizmat ko‘rsatuvchi tomonidan boshqa qo‘shimcha hujjatlar ham talab qilinishi mumkin. ERI olish uchun uni olayotgan shaxs tomonidan eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdoridagi to‘lov amalga oshiriladi. Buni Click, MBANK, UPAY to‘lov tizimlari orqali onlayn ham amalga oshirish mumkin. Natija Arizachiga elektron hujjat ko‘rinishida va qog‘oz shaklidagi hujjat ko‘rinishida yuridik va jismoniy shaxslarning Elektron raqamli imzolari kalitlari sertifikatlari beriladi. Infografika: ERI olish bo’yicha qo’llanma JSHSHIRdan foydalangan holda e-imzo.uz veb-sayti orqali elektron raqamli imzo (ERI) sertifikatini berish boʻyicha QOʻLLANMA Yuridik yoki jismoniy shaxslar Davlat soliq qoʻmitasi roʻyxatdan oʻtkazish markazining davlat xizmatlari rasmiy veb-sayti https://e-imzo.uz dan foydalangan holda ERI olishi mumkin. Birinchi qadam. Elektron-soʻrovnoma shakli toʻldiriladi. Elektron-soʻrovnoma shaklida “Yuridik shaxs” yoki “Jismoniy shaxs” maqomi tanlanadi. Elektron-soʻrovnoma shaklida “Yuridik shaxs” yoki “Jismoniy shaxs” maqomi tanlanadi. Elektron-soʻrovnoma shaklida “Yuridik shaxs” yoki “Jismoniy shaxs” maqomi tanlanadi. Diqqat! Soliq toʻlovchi (jismoniy shaxs)larning identifikatsiya raqamini (STIR) berish bekor qilinishi munosabati bilan soliq toʻlovchilarni soliq organlarida roʻyxatga olish JSHSHIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami orqali amalga oshiriladi (PQ-619, 23.03.2021-yil https://lex.uz/docs/5339616). Jismoniy shaxs tegishli oynada belgilangan qatorga 14 raqamdan iborat JSHSHIRni kiritadi. Shundan soʻng arizachi nomiga rasmiylashtirilgan telefon raqami kiritiladi. Ariza toʻldirilgan soʻng koʻrsatilgan telefon raqamiga SMS shaklida tasdiqlash kodi yuboriladi. Ekranda belgilangan qatorga ushbu kod kiritilib, ariza va telefon raqami tasdiqlanadi. Ikkinchi qadam. Shundan soʻng keyingi shakl paydo boʻladi. Bu yerda yopiq kalit va parol shakllanadi. Arizachi pasport nusxasi fayli va ochiq holatdagi pasporti bilan tushgan suratini ilova qilib biriktirishi lozim. Ilova qilinayotgan faylda murojaatchi yuz qiyofasi “anfas” shaklda va tiniq koʻringan hamda pasportning asosiy sahifasi barcha simvollari oʻqib boʻladigan sifatda boʻlishi shart. Foto hajmi 5 MB dan oshmasligi lozim. Barcha qatorlar toʻldirilgandan soʻng “pfx faylni yaratish va davom etish” tugmasi bosiladi. Ushbu shaklda kiritilgan kalit parolini esda saqlab qoling. Shundan soʻng, tizim kiritilgan maʼlumotlar asosida elektron soʻrovnoma shakllantiradi. Soʻrovnoma bilan batafsil tanishib chiqib, maʼlumotlar toʻgʻri kiritilganligiga ishonch hosil qilgandan soʻng “Soʻrov yuborish” tugmasi bosiladi. Bu bosqichda elektron ariza toʻldirish yakunlanadi. Yuborilgan anketa davlat xizmatlari markazi operatori tomonidan 1 ish kuni ichida koʻrib chiqiladi. https://e-imzo.uz saytida “Arizani qidirish” boʻlimi orqali ariza holatini tekshirish mumkin. ERI sertifikatini berishda ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, murojaat etuvchiga arizada koʻrsatilgan telefon raqamiga SMS xabar yuboriladi. Arizachi “Arizani qidirish” boʻlimiga kirib qabul qilingan elektron sertifikatni tasdiqlashi lozim. “Tasdiqlash” tugmasi bosilgandan soʻng ERI kaliti beriladi. U orqali barcha interaktiv va davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin. Ariza koʻrib chiqish jarayonida muayyan sabablarga koʻra rad etilishi ham mumkin. Download 1.04 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling