kuchi shaxsning qo‘lda chekilgan imzosiga tenglashtiriladi.
Elektron raqamli imzo nimaga kerak?
Elektron raqamli imzo yordamida elektron hujjatlarni imzolash,
masofadan turib
davlat xizmatlaridan foydalanish mumkin.
Elektron raqamli imzo noyobligi, nusxa olish ya’ni ko‘paytirib bo‘lmasligi bilan,
hujjatni imzolagan
shaxsni tasdiqlashi bilan, qalbakilashtirishning imkonsizligi
bilan o‘ziga xosdir.
Elektron raqamli imzo nimaga kerak va undan foydalanish muddati qancha?
Misol uchun, uning yordamida bugun Yagona bportal orqali ko‘rsatilayotgan 240
dan ziyod interaktiv xizmatlardan foydalanish mumkin.
ERI kaliti foydalanuvchisi o‘zining kalitidan 24 oy muddat mobaynida foydalana
oladi. Uni uzaytirish uchun siz elektron raqamli imzo kalitini olingan Ro‘yxatga
olish markaziga murojaat qilishingiz zarur.
Elektron raqamli imzo kimlarga beriladi?
ERI kalitlarning sertifikatlari yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bo‘yicha
beriladi. Murojatt qilgan shaxs ro‘yxatdan utish va ERI kalitining sertifikatini olish
uchun soliq xizmatlari organlarida hisobda turishi zarur (soliq to‘lovchining
identifikatsiya raqami -STIRbo‘lish kerak)
Elektron raqamli imzoni qayerdan olish mumkin?
Bugungi
kunga kelib, 6 ta rasmiy davlat ro‘yxatidan o‘tgan (amaldagi) elektron
raqamli imzo kalitlarini ro‘yxatga olish markazlari faoliyat yuritib kelmoqda:
o
Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi;
o
Markaziy bank Xavfsizlik va axborotni muhofaza qilish departamenti;
o
Davlat bojxona qo‘mitasi;
o
Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi “UNICON.UZ”
Davlat unitar
korxonasi;
o
Moliya vazirligi huzuridagi Axborot-hisoblash markazi Davlat unitar korxonasi;
o
“INTELLECT SOFT” xususiy korxonasi.
Siz shu markazlardan biriga murojaat qilishingiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: