Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti m illiy g'oya va ma'naviyat asoslari huquq ta’limi


Milliy g’oyaning o’ziga xos xususiyatlari. Milliy g’oyaning muayyan mamlakat yoki xalq maqsadlari va taraqqiyot yo’li bilan bog’liqligi


Download 161.3 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi161.3 Kb.
#1494920
1   2   3
Bog'liq
Sharqona modernizatsiya modellari shakllanishining mafkuraviy-tarixiy

Milliy g’oyaning o’ziga xos xususiyatlari. Milliy g’oyaning muayyan mamlakat yoki xalq maqsadlari va taraqqiyot yo’li bilan bog’liqligi

Mafkura va g‘oyalar tarixiy taraqqiyotda yetakchi mavqelardan birini egallaydi. Insoniyatning kо‘p ming yillik о‘tmishi buni yaqqol tasdiqlaydi. Yer yuzida dastlabki odamzod paydo bо‘lib, uning urug‘, jamoa yoki xalq sifatida shakllanishi rо‘y bergan dastlabki davrlardayoq ularni birlashtirib turadigan umumiy g‘oya va mafkuraga ehtiyoj tug‘ildi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Chunki, mafkura – jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini о‘zida mujassamlashtiradi» . Ma’ruzada bu holat va zaruriyat turli misollar orqali isbotlanishi lozim.


Jamiyat tarixini о‘rganish shuni kо‘rsatadiki, ilk moddiy va ma’naviy madaniyat maskanlarining kо‘pchiligi dastlab Sharqda shakllangan va bu insoniyatning keyingi taraqqiyoti uchun zamin bо‘lib xizmat qilgan. Xususan, qadimgi Misr, Vavilon, Turon, Eron, О‘indiston va Xitoyda vujudga kelgan sivilizatsiyalar tarixda muhim о‘rin tutadi. Јadimgi Sharq zamini xalqlari dunyoda birinchilardan bо‘lib yerga ishlov berdilar, tabiatdan tanlab olish yо‘li bilan madaniy о‘simliklarning kо‘plab navlarini yetishtirdilar. Ular murakkab sug‘orish inshootlari va moslamalarini yaratdilar, tarixga ma’lum bо‘lgan birinchi suv tegirmonlari va objuvozlarni qurdilar, dastlabki uy hayvonlarini qо‘lga о‘rgatdilar, ipak qurti boqib, undan tabiiy ipak olishni kashf etdilar. Nihoyatda murakkab me’morchilik san’atiga asos soldilar, tabiat kuchlari qarshisida qanchalik sabr-toqatli, irodali, о‘tkir fikrli, jismonan baquvvat va ruhan yengilmas bо‘lishni jahonga namoyon etdilar. Shu asnoda xilma-xil g‘oyalarni yaratdilar, ularni amalga oshirdilar. Bu misollar xolisona, «Osiyomarkazchilik» g‘oyalaridan xoli bо‘lgan holda, umuminsoniy nuqtai nazardan tushuntirilishi lozim.
Mafkuraviy jarayonlar tarixiy va ijtimoiy shart-sharoit bilan uzviy aloqador bо‘lib, davrlar almashuvi bilan yangilik tomon о‘zgaradi. Ma’ruzada buni qadimdan Turon va Turkiston mintaqasi deb nomlangan, bugungi kunda uning markazi hisoblangan hozirgi О‘zbekiston hududida yuz bergan jarayonlar bilan isbotlashga harakat qilish mumkin.
Ma’lumki, milliy g‘oya va mafkuraning tarixiy shakllari va kо‘rinishlari xalqimizning kо‘p ming yillik о‘tmishi davrida rivojlanib keldi. Qadimgi Xorazm, Sug‘diyona va Baqtriyada ilk bor shakllangan, ajdodlarimiz tomonidan bundan 2700 yil oldin yaratilgan dastlabki yozma manba – «Avesto» kitobida ham ezgulik g‘oyalari ilgari surilgan. Yaxshilik bilan yomonlik о‘rtasidagi azaliy kurash aks ettirilgan. Zardо‘shtiylikning ezgulik va insonparvarlik haqidagi qarashlari mintaqamizga islom dini kirib kelgunga qadar asosiy g‘oyalar edi. Shuningdek, turkiy xalqlar о‘rtasidagi Kо‘k tangrisiga (osmon va quyoshga) sig‘inish (shamanizm) va buddizm (buddaviylik) ham diniy e’tiqod sifatida zardо‘shtiylik bilan yonma-yon yashab keldi.
Zardо‘shtiylik mintaqada ilk bor shakllangan dastlabki davlat birlashmalari: Xorazm, Sug‘diyona va Baqtriyada davlat dini darajasiga kо‘tarildi va rasmiy mafkura vazifasini ham bajardi. Kushon davlati davriga kelib zardо‘shtiylik bilan bir qatorda, buddaviylik ham davlat dini vazifasini о‘tay boshladi.
Ammo, Turonning vaqti-vaqti bilan bosqinchilar hujumiga uchrab turishi jamiyatdagi barqarorlikni izdan chiqarar edi. Miloddan avvalgi VI-IV asrlarda Ahmoniy shohlari, 329-327 yillarda Aleksandr Makedonskiyning bosqinchilik yurishlari mintaqada mavjud bо‘lgan mustaqil davlatchilikka ma’lum muddatga chek qо‘yilishiga sabab bо‘ldi. Xalqimiz о‘z mustaqilligini qayta tiklash uchun dushmanga qarshi yillar davomida kurash olib bordi. Mustaqillik g‘oyalari, о‘z milliy davlatchiligini tiklash uchun kurash xalqimizning о‘sha paytdagi orzu-umidlari, ta’bir joiz bо‘lsa, uning g‘oya va mafkurasini tashkil qiladi. Ularga asoslangan xalqimiz Kushon podsholigi va Buyuk Turk Xoqonligi kabi ulkan saltanatlarga asos soldilar.
Bunda ommaviy axborot vositalari orqali psixologik ta’sir о‘tkazishning yangidan - yangi usullaridan foydalanadilar. Xususan, milliy hayotimizga xos muayyan xususiyatlarni ochiqdan-ochiq qoralash, yerga urish yoki ayrim tarixiy voqea-hodisalarni umuman bо‘lmagandek, jahon madaniyati, ilmu-faniga ulkan hissa qо‘shgan ulug‘ allomalarimizni bizga aloqasi yо‘qdek qilib kо‘rsatishga urinishlar mavjud.
Shuningdek, mintaqa davlatlari о‘rtasida ziddiyatlar keltirib chiqarish va jahon afkor ommasida О‘zbekiston haqida notо‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga bо‘layotgan intilishlarni hech qachon e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim.
Bugungi kunda inson ongi va qalbi uchun kurash keskin tus olayotgan ekan, xilma-xil qarashlarning mafkura maydonida hukmronlik qilishga intilishi tabiiy, albatta. Bunga e’tiqod umumiyligiga asoslangan holda yakka mafkura hukmronligini ta’minlash orqali jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan о‘ziga qaram qilishga bо‘layotgan xatti-harakatlarni misol keltirish mumkin. Diniy aqidaparastlik shular jumlasidandir. Masalan, islom dinidagi hozirgi aqidaparastlar ijtimoiy, milliy xususiyati, qaysi davlatga mansubligidan qat’iy nazar, barcha musulmonlarning ma’naviy birligi haqidagi tasavvurlarga tayanib ularning yagona xalifalik ostida siyosiy birlashuvi g‘oyasini asoslashga harakat qiladi. Kо‘rinib turibdiki, bu diniy-siyosiy ideologiya diniy asosda birlashuv g‘oyasini birinchi о‘ringa qо‘yadi. U diniy-ma’naviy zamindagi uyg‘unlik mamlakatlarning iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-texnik sohalardagi hamkorligiga, ular salohiyatining birlashishiga va xalqlar taraqqiyotiga yо‘l ochsa buning nimasi yomon degan savolni о‘rtaga tashlaydi. Yuzaki qaraganda bu gap tо‘g‘riga о‘xshaydi. Bunday mafkura tarafdorlari о‘z qarashlarini aksariyat hollarda ana shunday «beozor» shaklda taqdim etishga harakat qiladilar.
Download 161.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling