Elektr maydon — elektromagnit maydonning (magnit maydon bilan birgalikda) namoyon bo‘lish shakllaridan biridir. U harakatsiz zaryadga ta’sir ko‘rsatadi. Elektr maydon haqidagi tushuncha ingliz fizigi M.Faradey tomonidan kiritilgan. Uning tasavvuri bo‘yicha harakatsiz har bir zaryad o‘z atrofida elektr maydon hosil qiladi. Bu zaryadlar bir-birlari bilan maydonlari orqali ta’sirlashishadi.
1. Elektr maydoni, uning yuzaga kelish shart-sharoitlari, asosiy xarakteristikalari.
ELEKTROSTATIK MAYDON - Agar elektr zaryadi yaqiniga boshqa zaryad keltirilsa, unga Kulon kuchi ta’sir qiladi (1- rasm). Demak, zaryad atrofida maydon mavjud ekan. Bu maydonga elektr maydon deyiladi. Agar zaryad harakatsiz bo‘lsa, maydonga elektrostatik maydon deyiladi.
1-RASM
Agar birorta q zaryad atrofida hosil bo'lgan maydonga qo sinov zaryadini kiritsak unga kuch ta'sir qiladi. Bu kuch qo zaryad qo'yilgan nuqtadagi maydonni harakterlaydi va ikkala zaryadlar orasidagi masofaga bog'liq bo'ladi. q va qo zaryadlar orasida yuzaga kelgan o'zaro ta'sir kuchi Kulon qonuniga asosan quyidagiga teng bo'ladi:
yoki
Bu yerda kattalik qo zaryadga bog'liq bo'lmay faqat q zaryadni harakterlaydigan kattalikdir. Elektr maydon kuchlanganligi. Nuqtaviy zaryad maydoni, superpozitsiya prinsipi.
2 - rasmda musbat va manfiy zaryadlarning A nuqtada hosil qilgan maydon kuchlanganliklari yonalishlari ko‘rsatilgan.
2-rasm
Do'stlaringiz bilan baham: |