Zaryadning saqlanish qonuni. Nuqtaviy zaryad maydoni. Elektr maydon kuchlanganligining superpozitsiya prinspi. Inovatsion texnogoliyalardan foydalanish ”
Download 328.05 Kb.
|
Odinaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zaryadning saqlanish qonuni. Nuqtaviy zaryad maydoni. Elektr maydon kuchlanganligining superpozitsiya prinspi. Inovatsion texnogoliyalardan foydalanish ”
- I bob. Zaryadning saqlanish qonuni..………………...……….11
- II-bob.Nuqtaviy zaryad maydon. Elektrodinamika…............21
- Xulosa……………………………………………..…………….32 Foydalanilgan adabiyotlar….……......….…………………….34 KIRISH
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-TEXNIKA FAKULTETI Mahammadjonova Odinaxon Fizika yo’nalishi 21.10 guruh talabasi Fizika o’qitish metodikasi” fanidan “Zaryadning saqlanish qonuni. Nuqtaviy zaryad maydoni. Elektr maydon kuchlanganligining superpozitsiya prinspi. Inovatsion texnogoliyalardan foydalanish ” mavzusidagi K U R S I SH I Ilmiy rahbar: Fizika kafedrasi o’qituvchisi: O. Dehqonova Farg’ona 2022 MUNDARIJA: Kirish:……………………………………………………….....…3 I bob. Zaryadning saqlanish qonuni..………………...……….11 1.1 Elektr zaryadi………………………………….…………………………….…...10 1.2 Elektr zaryadining saqlanish qonuni ……………………………..……………....14 1.3 Elektr zaryadining saqlanish qonunini shakllantirish…………………………....17 II-bob.Nuqtaviy zaryad maydon. Elektrodinamika…............21 Kulon qonuni…..……………………………………………………………...21 2.2 Elektr maydon. Maydon kuchlanganligi….……………………………………..25 2.3 Elektrodinamika…………………………………..…………...……………...….28 2.4 Inavatsion texnologilardan foydalanish………………………………………….29 Xulosa……………………………………………..…………….32 Foydalanilgan adabiyotlar….……......….…………………….34 KIRISH Jismoniy va ma`naviy yetuk yoshlar – ezgu maqsadlari-mizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir ! Shavkat Mirziyoyev Mamlakatimizda ta’limga e’tibor yildan – yilga ortmoqda. O‘g‘il-qizlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishi uchun zarur sharoit yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Keyingi yillarda ko`plab yangi, zamonaviy kasb – hunar kollejlari, akademik litseylar qurilib ishga tushirildi, eskilari esa rekonstruktsiya qilindi. Ularning moddiy – texnika bazasi zamonaviy qurilma va asbob – uskunalar, axborot vositalari bilan jihozlandi. 1-Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda, “hozirgi axborot, kommunikatsiya, kompyuter texnologiyalari asrida, internet kundan-kunga hayotimizning barcha jabhalariga tobora chuqur va keng kirib borayotgan bir paytda, odamlarning ongi va tafakkuri uchun kurash hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgan bir vaziyatda bu masalalarning jamiyatimiz uchun naqadar dolzarb va ustuvor bo’lib borayotgani haqida gapirib o’tirishga hojat yo’q”. Davlat ta’lim standartlari talabalariga javob beradigan kadrlar tayyorlash uchun yangi texnika vositalaridan foydalanish lozim bo`ladi. O`qitiladigan fanlar saviyasi kadrlar saviyasiga juda kata ta’sir etadi. Darhaqiqat, Respublikamiz prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, fanning vazifasi kelajagimizning shakl-shamoyilini yaratib berish, ertangi kunimizning yo’nalishlarini, tabiiy qonuniyatlarini, uning qanday bo’lishini ko’rsatib berishdan iborat… Shavkat Mirziyoyev 15-iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan "Ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi" mavzuidagi anjumanda so‘zlagan nutqida yosh avlod tarbiyasi haqida alohida to‘xtalib"Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidladi Prezidentimiz. Bu vazifalar maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi. O'zbekiston Respublikamizning o'ziga xos taraqqiyot strategiyasi — “o'zbek modeli” mustaqil o'tgan yillar mobaynida biz erishgan barcha muvaffaqiyatlar, keng ko'lamli islohotlar, aholi farovonligini ta'minlash, xalqimiz genofondini sog'lomlashtirish, yuksak ma'naviyatli, har tomonlama barkamol avlodlarni tarbiyalash maqsadimizning asosiy tayanchiga aylandi. Qolaversa, jahonning taraqqiy topgan mamlakatlari qatoridan joy olishdagi sa'y-harakatlarimiz bosh mezoni bo'lib, dunyo jamoatchiligida katta qiziqish hamda zo'r havas uyg'otmoqda. Ma'lumki, har yurtning kuch-qudrati, erishgan muvaffaqiyatlari zamiridagi buyuk mohiyat, avvalo, shu zamin aholisining intellektual salohiyati, ongu tafakkuri, yuksak ma'naviyati bilan o'lchanadi, qadr topadi.1-Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlolimizning ilk yillaridanoq yosh avlod ta'lim-tarbiyasiga qaratilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik bugun biz erishgan barcha yutuq va marralar debochasi, deyish mumkin. Darhaqiqat, istiqlol yillarida mamlakatimiz ta'lim tizimi tubdan isloh qilindi. Bu jarayon ta'lim sohasi bilan aloqador barcha jabhalarda yaqqol namoyon bo’lmoqda. Bugungi kunda Respublikamiz bo'yicha xalq ta'limi tizimida 9765 ta maktab, 4962 ta maktabgacha ta'lim muassasalari, 211 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlari, 299 ta musiqa va san'at maktablari, 445 ta bolalar va o'smirlar sport maktablari, 27 ta mehribonlik uylari, 16 ta pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari, 5 ta pedagogika institutlari faoliyat ko'rsatmoqda. «Ta`lim to’g`risida» gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni. «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni amalga oshirishda inovatsion pedagogik texnologiyalar. Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish – ijtimoiy zaruriyat ekanligi, Pedagogik faoliyatni texnologiyalashtirish – ijtimoiy zaruriyat ekanligi. bo’lajak o’qituvchilarininng zamonaviy pedogogik texnologiyalar nazariy asoslari bilimlari bilan qurollantirish; yangi pedogogik darajada pedogogik jarayonlarni samarali tashkil etishlari uchun zarur mahoratlarga ega bo’lishlari; zamonaviy pedogogik texnologiyalar, g`oyalar maktablar, yo’nalishlar, keng turlarida yo’l topa bilish mahorati; pedogogik faoliyatni ijodiy va metodik to’g`ri bajarishga tayyorlikni shakllantirish; mustaqil ishlash, mustaqil bilim olish, o’zini tarbiyalash va o’zini mutaxassislik darajasini doimiy oshirib borishga intilishni faollashtirish zarurligi aytilgan Taraqqiyot strategiyasi” markazi Harakatlar strategiyasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, ahamiyati va natijalarini izchil muhokama qilish, davlat organlari va xalq o‘rtasidagi ochiq muloqotni taʼminlash, jamoatchilik nazoratini samarali tashkil etishda o‘ziga xos zamonaviy media-maydon vazifasini o‘taydi. Markaz Harakatlar strategiyasi doirasidagi tadbirlar bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba, xalqaro standartlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning baholari, fikr-mulohazalarini o‘rganmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan tadbirlarning ekspertlar va jamoatchilik o‘rtasida keng muhokama etilishini tashkil qilib, Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan qonun, qonunosti va boshqa hujjatlar loyihalarini tayyorlash yuzasidan aniq chora-tadbirlar bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.Markaz xalqaro va xorijiy tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy hamda taʼlim muassasalari bilan hamkorligi ham yo‘lga qo‘yilgan. Uning yana bir asosiy vazifasi – Harakatlar strategiyasi va uning asosidagi davlat dasturlari doirasida amalga oshiriladigan tadbirlar bo‘yicha aholining fikr-mulohazalarini o‘rganish, ular yuzasidan takliflar ishlab chiqishdan iborat.“Taraqqiyot strategiyasi” markazi 3 yil ichida 58 ta memorandum imzolangan bo‘lsa, shundan 18 tasi 2019-yilga to‘g‘ri kelmoqda. Shuningdek, har yili 300 ga yaqin konferensiya, davra suhbati, ochiq muloqot, uchrashuv va boshqa tadbirlar tashkil etib kelinmoqda.Bundan tashqari, Markaz ijrochi direktori 2019-yilning o‘zida 100 dan ortiq xorijiy davlat va xalqaro tashkilot vakillari delegatsiyalarini, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan horijiy mamlakatlar elchilarini qabul qildi.Elektrodinamika – elektr zaryadli jismlarning yoki zarralarning bir-biriga ta’siri materiyaning ikkinchi turi bo’lmish elektromagnitik maydonining harakteri xossa va qonuniyatlari to’g’risidagi bo’limdir. Elektrodinamika maktab fizika kursining murakkab bo’limlaridan biri bo’lib, bu bo’limda elektromagnit hodisalar, elektromagnit tebranish va to’lqinlar, to’lqin optikasi masalalari hamda maxsus nisbiylik nazariyasi elementlarini o’rganiladi. Maktab fizika kursida elektrodinamika asoslarini o’rganish bilan shuningdek o’quvchilar to’g’ri fikrlashi masalalarini hal qiladilar. Bu yerda o’quvchilar fizikaviy nazariyaning asoslaridan biri bo’lmish – makroskopik elektrodinamika nazariyasi bilan talab darajasida o’rganadilar. Bu nazariyaning ijodkori buyuk ingliz fizigi K. Maksvelldir. ―Elektrodinamika‖ bo’limini o’rganish natijasida maktab o’quvchilari materiyani kengroq, hamda chuqurroq o’rganadilar. Maktabda o’rganiladigan elektrodinamika kursi o’quv materiali murakkab bo’lgani uchun o’qituvchi asosiy diqqatini ko’rgazmalilikka, fizik tajribalarga, o’xshatishlarga, moddellarga, rasm, jadval, chizmalar kabilarga qaratishi zarur deb hisoblaymiz. Bu bo’lim politexnik ta’limni amalga oshirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. CHunki elektrodinamika fizika fanining bir bo’limi bo’lib, elektrotexnika, radiotexnika, telemexanika hisoblash texnikasi avtomatikani rivojlantirishda hal qiluvchi rol o’ynaydi. O’rta maktabda fizika kursiga ajratilgan soatning uchdan bir qismi shu bo’limga tegishlidir. Fizika o’qitishda fizik eksperimentning tutgan o’rni beqiyosdir. Elektrodinamika‖ bo’limi ham bundan mustasno emas. Bu bo’limda fizika fanining rivojlanishida muhim rol o’ynagan fundamental tajribalar juda ko’p bo’lib, bularning ayrimlariga to’xtalib o’tamiz. “Umumiy fizika” fanini o`qitishdan maqsad – talabalarda, bo`lajak fizika o`qituvchisiga zarur bo`lgan darajada makro va mikro dunyoda sodir bo`ladigan harakat va uning turlari xaqida, moddaning xussusiyatlari hamda makroskopik sistemalarning turli agregat holatlardagi fizik xossalari (alohida jism va maydonlar uchun) xaqida tushuncha berish, elektromagnit nurlanishga oid masalalar va boshqa hodisalarni o`rganish, elektromagnit maydon, uning xususiyatlari, zaryadlangan zarralar bilan o`zaro ta`siri, materiyaning yangi bir turi bo`lgan elektromagnit maydonlarning asosiy xossalari, maydonning moddiy muxitlar bilan o`zaro ta`sirlashuvi haqida bilimlar berish ,optik hodisalar va qonunlar,atom,yadro va elementar zarralar fizikasi haqida fenomenologik bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishdir. Fanning vazifasi - talabalarga umumiy fizikaga doir amaliy va laboratoriya mashg`ulotlarida o`zlashtirilgan barcha mavzular bo`yicha masalalar echish, laboratoriya ishlarini tashkil qilish, o`tqazish va hisob kitob ishlarini bajarib, ularga doir xulosalar chiqara olish, fizikaviy qonuniyatlarini munosabatlari to`g`ri aniqlash kabi vazifalarni o`rgatishdan iborat. Fizika o’qitish metodikasi-pedagogik fanlardan biri bo’lib, uning paydo bo’lishi va rivojlanishi fizika fanining rivojlanishi uning jamiyat taraqqiyotidagi roli bilan bog’liqdir. Jamiyat moddiy va ma’naviy jihatdan rivojlanib borishi bilan yangi avlodni o’qitish jarayoni kengayib va murakkablashib boradi. Ilmiy bilimlarning ortib borishi, fanlarning tarmoqlari ko’payib borishi esa o’quv predmetlarini va ularning mazmunini kengayishiga olib keladi. Bu jarayonlar o’z navbatida pedagogikaning yangi tarmoqlari, yangi o’quv predmetlari metodikasini paydo bo’lishiga sabab bo’ldi. O’qitishning barcha metodlari o’qitishning umumiy nazariyasi, ya’ni didaktikaga asoslanadi va shu sababli, ularni xususiy didaktika ham deyiladi. Xususiy didaktikalarning asosiy vazifasi bo’lib, fanlarni o’qitish qonuniyatlarini ochib berish, mazmunini aniqlash, fanlarni o’rganish metodlari va tashkil etish shakllarini aniqlash bo’lib hisoblanadi. YAqin vaqtlargacha bu fanlar o’qitish metodikasi deb nomlanar edi, keyingi paytlarda o’qitish texnologiyasi deb yuritilmoqda. Fizika fanining rivojlanishi pedagogika fanlari tizimida fizika o’qitish metodikasini eng asosiy o’rinlardan birini egallashiga olib keldi. Fizika o’qitish metodikasining predmeti bo’lib, fizika o’qitish jarayoni hisoblanadi. Ma’lumki, har bir jamiyat ta’lim muassasalari oldiga aniq vazifalar qo’yadi. O’quv-tarbiyaviy jarayonni tahlil qilish natijasida fizika o’qitish metodikasining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: o’quv muassasalarida fizika o’qitishning maqsadlarini asoslash, tarbiyaviy ahamiyatini ko’rsatib berish; fizika kursi mazmuni va tuzilishini aniqlash hamda uni takomillashtirib borish; o’qitishning eng samarali metodlari va usullarini ishlab chiqish, tekshirish va amaliyotda qo’llash, o’quvchilarni tarbiyalash va rivojlantirish hamda fizikadan o’quv jihozlari va qurollarini qo’llash. Boshqacha qilib aytganda, fizika o’qitish metodikasi nima uchun o’qitish, nimani o’qitish va qanday o’qitish kerak, degan masalalarni hal etishidan iboratdir. O’qitish metodlari – o’qituvchi va o’quvchilarning qo’yilgan ta’lim maqsadlariga erishishga yo’naltirilgan, o’zaro bog’langan faoliyatining tartibli usullaridir. Har bir o’qitish metodi usullar tizimi orqali amalga oshiriladi. Metodik usul o’qitish jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning alohida amallarini ifodalovchi element, metodning bir qismi hisoblanadi. Metodik usullarning ko’pligi ularni bir tizimga keltirishni talab etadi. Birinchi navbatda u yoki bu metodga taalluqli usullar ajratiladi. Biroq batafsil tahlil qilish metodik usullarning yanada umumiyroq guruhlarga ajratish imkonini beradi: mantiqiy, tashkiliy, texnik. M.N.Skatkin va I.YA. Lerner o’zlari taklif qilgan turkumlarga ajratishda beshta o’qitish metodini alohida ko’rsatib o’tishgan; tushuntirish – tasviriy yoki axborot – ko’rsatmali; sermahsul; 3) muammoli bayon; 4) qisman izlanishli yoki evristik; 5) tadqiqotli. Didaktikada ko’pincha metodlarni o’qituvchidan o’quvchiga ma’lumot uzatish usuli bo’yicha turkumlarga ajratish qo’llaniladi. SHuning uchun, asosiy o’qitish metodlari materialni o’qituvchi bayon qiladigan (hikoya, suhbat, tushuntirish, ma’ruza) va kitob (darslik, spravochnik, ilmiy – ommabop adabiyotlar) bilan ishlashdan iborat verbal (og’zaki), ko’rgazmali (demonstratsion, tajribalar, amaliy va statistik modellardan, plakatlar, rasmlar, diapozitivlar, dia - va kinofilmlar va h.k. lardan foydalanish) va amaliy (laboratoriya ishlarini bajarish, fizik praktikumlar, sinfdan tashqari kuzatishlar va tajribalar, masala yechish va h.k.) metodlarga bo’linadi. Metodlarni darsda hal qilinadigan asosiy didaktik vazifalarga qarab turkumlarga ajratishni ham uchratamiz: bilimlarni egallash, malakalarni shakllantirish, bilimlarni amalda qo’llash, ijodiy faoliyat, bilim, malaka va ko’nikmalarni mustahkamlash, tekshirish metodlari. YU.K. Babanskiy hamma o’qitish metodlarini uch guruhga bo’linishini taklif etadi: 1) o’quv-bilish faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish metodlari; 2) o’quv-bilish faoliyatini asoslash va rag’batlantirish metodlari; 3) o’quv-bilish faoliyatining saamradorligini nazorat qilish va o’z-o’zini nazorat qilish metodlari. Hech bir metodni barcha o’quv masalalarni hal qilish uchun universal va yaroqli deb hisoblash mumkin emas. Fizikadan o’quv-tarbiyaviy jarayonning samaradorlik sharti – dars maqsadi, o’quvchilarning yosh xususiyatlari va boshqa omillardan kelib chiqqan holda turli xil o’qitish metodlaridan foydalanishdir. Download 328.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling