Zaryadning saqlanish qonuni. Nuqtaviy zaryad maydoni. Elektr maydon kuchlanganligining superpozitsiya prinspi. Inovatsion texnogoliyalardan foydalanish ”
Download 328.05 Kb.
|
Odinaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektrodinamika
2.3 Elektrodinamika
Elektrodinamika — fizikaning elektromagnit hodisalarni oʻrganish bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Klassik E. kvant E. va harakatlanuvchi muhit E.sidan tarkib topgan. Klassik E. ikki qismdan iborat; 1) klassik makroelektrodinamika — makroskopik elektromagnit hodisalarning klassik nazariyasi; uning asosiy qonuniyatlarini J. Maksvell tenglamalari ifodalaydi; 2) klassik mikroelektrodinamika mikroskopik elektr harakatlarining klassik nazariyasi, uning asosiy qonunlarini Maksvell Lorens differensial tenglamalari ifodalaydi. Kvant E. juda kichik fazo va vaqt oraligʻida oʻzgaruvchi elektromagnit maydoni va zaryadli zarralar bilan oʻzaro taʼsirini uning uzunliklari xossalari, yaʼni kvant xossalarini eʼtiborga olgan holda oʻrganadi va elektromagnit hodisalarning kvant nazariyasi hisoblanadi. Harakatlanuvchi muhitlar E.sida harakatlanuvchi jismlarda roʻy beradigan elektromagnit hodisalar ularning xossalari, xususan, harakatlanuvchi muhitda tarqaladigan elektromagnit toʻlqinlarning tarqalish jarayoni oʻrganiladi. E.ning bu sohasi nisbiylik nazariyasi bilan bogʻliq. Elektrodinamika elektr zaryadli alohida jismlar yoki zarralarni bir biriga ta’sir ettiradigan va materiyaning maxsus turi bo’lgan elektromagnetik maydon xarakterining xossa va qonuniyatlari to’g‘risidagi fandir. Elektrodinamikaning tinch holatidagi elektr zaryadlarini o’rganuvchi bo’limi elektrostatika deb ataladi. Elektrostatikada ikki tur elektr zaryadlar musbat va manfiy zaryadlar ko’riladi. Bir xil ishorali elektr zaryad bilan zaryadlangan jismlar bir-birlaridan itariladilar, turli ishorali elektr zaryad bilan zaryadlangan jismlar bir-birlariga tortiladilar. Jismlarning elektrlangan yoki elektrlanmaganligini aniqlovchi asbobga elektroskop deyiladi. Elektron eng kichik zaryadga ega bo’lgan zarracha bo’lib, elektron zaryadining qiymatini birinchi bo’lib amerikalik olim D.Milliken aniqlagan. Elektronning zaryadi manfiy bo’lib, uning qiymati qe 1,6∙10-19Kl , massasi esa me 9,1∙1O-31kg ga teng. Elektronlar qaerdan hosil bo’ladi? Bu savolga javob berish uchun atomning tuzilishini ko’rib chiqaylik. Atomning markazida proton va neytronlardan iborat yadro, atrofida elektronlar harakatlanadi. Butun atom zaryadsiz, chunki yadroning musbat zaryadi hamma elektronlarning manfiy zaryadlari yig’indisiga teng va u elektr jihatdan neytral. Agar neytral jism biror boshqa jismdan elektronlar olsa, manfiy zaryadga ega bo’ladi. Elektronlari yetishmaydigan jism musbat zaryadlangan bo’ladi. SHunday qilib, jism elektronlarini yo’qotgan va ortiqcha elektron olgan taqdirdagina elektrlanadi. Elektr zaryadi yo’qolishi va yana paydo bo’lib turishi mumkin. Lekin doimo ikki qarama-qarshi ishorali ikki elementar zaryad bir vaqtda paydo bo’ladi va yo’qoladi. Yopiq sistemada barcha zarrachalar zaryadlarining algebraik yig’indisi o’zgarmay qolaveradi: Download 328.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling