Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Tarix fakulteti Arxivshunoslik va manbashunoslik kafedrasi Arxivshunoslik yo’nalishi Jahon arxivlari tarixi fanidan Mustaqil ish Mavzu: Eronda arxiv ishi Bajardi


Download 46.63 Kb.
bet1/5
Sana17.06.2023
Hajmi46.63 Kb.
#1548284
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Eron arxiv ishi


Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy Universiteti
Tarix fakulteti
Arxivshunoslik va manbashunoslik kafedrasi
Arxivshunoslik yo’nalishi


Jahon arxivlari tarixi fanidan
Mustaqil ish
Mavzu: Eronda arxiv ishi


Bajardi: Shukurov D
Tekshirdi: L.Salomova
Toshkent – 2023
Kirish
Asosiy qism:
1. Ahmoniylar hukmronligi davrida Yaqin Sharq arxiv ishi an’analari.
2. Elam hujjatlari Suza arxivi
3. Oramiy matnlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Qadimgi Eronning ahmoniylar davri yozma manbalari Qadimgi Eronning ahamoniylar davri turli xil yozma manbalar bilan kengroq hujjatlashtirilgan. Bular shohlar yozuvlari, tarixiy yilnomalar, qonunchilik farmoyishlari, shohlarning farmonlari va satraplarning farmoyishlari, raiyatning viloyat hokimlariga yozilgan shikoyatlari, eronlik yuqori amaldorlarning shaxsiy xatlari, mulklarni boshqarish yuzasidan ko‘rsatmalar, soliqlarni yig‘ish va qullarga munosabat, soliqlarni to‘laganlik haqida kvitansiya (patta), harbiy majburiyatlarni o‘taganlik haqida hujjatlar, sud jarayoni bayonnomalari, nikoh shartnomalari, arenda shartnomalari, qarzdorlik tilxatlari, diniy va ilmiy asarlar, adabiy qissalar va boshqalar.
Turli xil tillarda yozilgan bu matnlar Eron davlati aholisining tarixiy voqealar jarayonini, iqtisodiy va ijtimoiy tarixini o‘rganish, madaniy hayoti, kundalik hayot tarzi, turmushi va urf-odatlarini o‘rganishda katta imkoniyat beradi. Ahamoniylar epigrafik mixxat yozuvlarining deyarli barchasi qadimgi fors, elam va akkad tillarida yozilgan. Ular tarixiy voqealarning qimmatli guvohligi ekanidan tashqari turli tillardagi ijtimoiy leksikani taqqoslashga yordam beradi. Muhim savdo yo‘llaridan, shohlarning qabrlari, saroylarning devorlari va ustunlaridan yoki metal buyumlardan, quro’llar va tosh vazalardan va muhrlardan topilgan juda ko‘plab yozuvlar nashr qilindi. Ba’zi yozuvlar saroy poydevorlaridan topilgan, bular quruvchilar tomonidan qurilish jarayonida yotqizilgan.


Download 46.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling