Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti arxivshunoslik yo‘nalishi


Download 293.31 Kb.
bet1/13
Sana19.06.2023
Hajmi293.31 Kb.
#1620090
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Surxandaryo tarixi 01





MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI


TARIX FAKULTETI


ARXIVSHUNOSLIK YO‘NALISHI
2-BOSQICH TALABASI
KURS ISHI
Mavzu: Surxandaryo tarixi

Bajardi:_______________
Qabul qildi____________
Toshken-2023
Reja
Kirish…………………………………………………………………………....….3

  1. Surxandaryo viloyatining geografik o’rni va uf-odatlari

    1. Surxondaryo viloyatining geografik tuzilishi……………………….…...5

    2. Surxondaryo viloyatining ma’muriy –ijtimoy tarkibi...……………….....8

  2. Surxondaryo viloyatida mustaqillik gacha bosib otilgan yol

    1. Surxondaryo axolising 2 jaxon urushda korsatgan jasorati…………..…15

    2. Surxondaryo viloyatida 1991 yildan 2021 yilgacha bolgan ishlar ..,…..28

Xulosa………………………………………………………………………….32
Foydalangan adabiyotlari……………………………………………………...33

Kirish
Surxondaryo vodiysi ilk ibtidoiy odamzod makon topgan joy sifatida taʼriflanadi. Boysun tizmalaridan oʻrta paleolit davriga (mil. av. 100— 40 mingyilliklarga) oid ibtidoiy odam manzillarining qoldiqlari topilgan.
Surxondaryo togʻlarida tosh davrining soʻnggi bosqichi—yuqori paleolitga (miloddan avvalgi 40-12-mingyilliklar) doir topilma ham koʻp. Shulardan biri Teshiktosh unguridan qazib olingan 8-9 yashar bola suyaklaridir (antropolog M. M. Gerasimov tomonidan qiyofasi tiklangan). Ushbu topilma „neandertal odam“ nomi bilan mashhur boʻlib, Oʻzbekistonning, umuman, Oʻrta Osiyoning hozirgi zamon odami (kromanon) shakllangan mintaqaga taalluqli ekanini isbotlashga dalil boʻldi. Vohada qadimgi madaniyatga mansub Ayritom, Dalvarzintepa, Xolchayon, undan keyingi davrlarga oid Sopollitepa, Mirshodi, Moʻlali, Kampirtepa, Jarqoʻrgʻon, Bolaliktepa va boshqa arxeologik yodgorliklar topilib oʻrganildi.
Koʻhitang togʻlarida aniqlangan Zarautsoy qoyatosh rasmlari mezolit yoki neolit davriga tegishli. Zarautsoydagi gʻor shiftlari va devorlarida oxra boʻyogʻi yordamida rayem chizilgan. Rasmlarning asosiy qismi yovvoyi buqalarni sehr-jodu yoʻli bilan ovlash manzarasini aks ettiradi.
Miloddan avvalgi 2-mingyillikning 1-yarmida hozirgi Oʻzbekiston janubga Amudaryo soʻl sohilidan kelgan qabilalar Koʻhitang va Boysun togʻoldi hududlarini oʻzlash.tirib Sopollitepa, Jarqoʻton, Moʻlalitepa aholi manzilgohlariga asos soldilar.
Miloddan avvalgi 329-327-yillarda viloyat hududi makedoniyalik Iskandar tomonidan bosib olingan. Keyinchalik Salavkiylar davlati tarkybiga kirgan.
Oʻrta asrlarda Buyuk ipak yoʻlining bir tarmogʻi Surxondaryo (Termiz) orqali oʻtgan.
Kushon podsholigi hududiga kirgan Dalvarzintepa va Xolchayonda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar, Eski Termizdan topilgan Budda ibodatxonalari shaharlarning naqadar rivojlanganligini koʻrsatadi. Bu davrda hunarmandchilik va qishloq xoʻjaligini taraqqiy topishi, tovar pul munosabatlarining rivojlanishi, meʼmorlik, monumental haykaltaroshlik, rassomlik va boshqa sanʼatlarning yuksalishi kuzatiladi.
Surxondaryo viloyatining hozirgi hududi III-IV asrlarda Kushonlar davlati parchalanib ketgach, eftaliylar davlati, V-VIII asrlarda Toxariston tarkibida, keyin Turk xoqonligi qoʻl ostida boʻldi.1
667-yilda arablar dastlab Chagʻoniyon va Termizga hujum qilib bu shaharlarni faqat VIII asrning 2-yarmidagina toʻliq bosib olishga erishdilar. Oʻzbekiston
janubidagi yerlar Pa.gacha Chagʻoniyon davlati qoʻlida boʻlgan. XI asrda Chagʻoniyon va Termizni egallash uchun Gʻaznaviylar va Qoraxoniylar oʻzaro kurashadilar. Termiz Gʻaznaviylar davlatiga qoʻshib olinadi, soʻngra Xorazmshohlar davlati tarkibida boʻladi. 1220-yilda moʻgʻullar bosib oldi. 1370-yildan Amir Temur saltanati tarkibiga kirdi. Surxondaryo koʻhna tarixi, qadimgi madaniyati, yodgorliklari bilan mashhur.



  1. Download 293.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling