Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti arxivshunoslik yo‘nalishi


Surxondaryo viloyatining ma’muriy –ijtimoy tarkibi


Download 293.31 Kb.
bet5/13
Sana19.06.2023
Hajmi293.31 Kb.
#1620090
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Surxandaryo tarixi 01

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Sport
1.2. Surxondaryo viloyatining ma’muriy –ijtimoy tarkibi

Sogʻliqni saqlash viloyatda 92 kasalxona (8715 oʻrin), 366 poliklinika, ambulatoriya va boshqa tibbiy muassasalar, 179 ayollar konsultatsiya markazi, 225 bolalar poliklinikasi va xonalari, 149 qishloq vrachlik punkti, 398 feldsher-akusherlik punkti, 19 qishloq uchastka kasalxonasi, 73 qishloq vrachlik ambulatoriyasi mavjud. Ushbu tibbiy muassasalarda 4,2 ming vrach (har 10 ming aholiga 24 vrach), 17,6 ming oʻrta tibbiy xodim ishlaydi.


Davlat dasturiga asosan viloyatda Davlat shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Termiz boʻlimi (140 oʻrin) va barcha tuman markaziy kasalxonalari qoshida uning boʻlinmalari (340 oʻrin) tashkil etilgan hamda zaruriy tibbiy va texnik jihozlar bilan taʼminlangan.
Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi oʻz faoliyatida AQShning Projekt Xoup, Karelift Interneyshnl, Kauntepart Interneyshnl tashkilotlari bilan uzviy aloqalar bogʻlagan.
Oʻrta Osiyo xalqaro taraqqiyot agentligi (YUSAID) tomonidan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tashkilotlar va nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda yangi dasturni rivojlantirish, giyohvandlikka qarshi kurash, sil kasalligini davolash va uni oldini olish boʻyicha ishlar amalga oshirilmoqda. Viloyatda tashkil etilgan nodavlat muassasalar soni 75 ta. Surxondaryo viloyatida Xonjiza dam olish uyi, „Jayronxona“, „Uchqizil“ balneologik kurorti, bolalar revmatologiya sanatoriylari, Denov tumanidagi „Hazorbogʻ“ sanatoriysi ishlab turibdi.

Sport


Surxondaryo viloyati sportchilari sportning koʻplab turlari boʻyicha har xil darajadagi musobaqalarda ishtirok etmoqda (kurash, dzudo, voleybol, futbol, tennis, boks va boshqalar). Surxondaryodan kurash boʻyicha Jahon va Osiyo chempioni, Hakim at-Termiziy, Prezident sovrini uchun xalqaro turnirlar gʻolibi Toshtemir Muhammadiyev, xalqaro Hakim at-Termiziy turniri gʻoliblari Oʻrol Toʻrayev, Rustam Ergashev, Erali Mamarasulov; bir qancha xalqaro turnirlar gʻolibi, Antaliya musobaqasi jahon chempioni Mahtumquli Mahmudov, dzudo boʻyicha Osiyo chempioni, kurash boʻyicha xalqaro turnirlar gʻolibi Abdulla Tangriyev kabi mashhur sportchilar yetishib chiqqan. Surxondaryo viloyatida zamonaviy sport inshootlaridan „Kurash saroyi“, stadion, „Delfin“ suv havzasi, „Alpomish“ sport majmui, turli darajadagi xalqaro musobaqalar oʻtkaziladigan tennis korti mavjud. Surxondaryo viloyatida bolalar va oʻsmirlar sport maktabi faoliyat koʻrsatadi (2004).

Download 293.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling