Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti arxivshunoslik yo‘nalishi


Download 293.31 Kb.
bet8/13
Sana19.06.2023
Hajmi293.31 Kb.
#1620090
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Surxandaryo tarixi 01

Surxondaryo viloyati

  • Maʼmuriy markaz — Termiz shahri.

  • Maʼmuriy boʻlinishi — 14 ta tuman, 8 ta shahar, 7 ta shahar tipidagi posyolka va 114 ta qishloq * * Aholisi — 1 mil 8067 ming kishi.

  • Umumiy yer maydoni — 20,1 ming km.

  • Ekin maydoni — 282,7 ming gektar.

  • Mehnatga yaroqli aholi — 880,0 ming kishi.

  • Temir yoʻl uzunligi — 301,0 km.

  • Avtomobil yoʻli uzunligi 2,7 ming km.

Surxondaryo viloyati Oʻzbekistonning eng janubiy qismida joylashgan boʻlib, uning hududi quruq suptropik iqlimiy mintaqaga toʻgʻri keladi. Viloyat hududini 37°10' — 39°02' shimoliy kenglik va 66°32'- 68°25' sharqiy uzunlik chiziqlari kesib oʻtadi.
Surxondaryo Oʻzbekistonning siyosiy, maʼmuriy, ijtimoiy hayotida alohida oʻrin tutadigan regiondir. U Oʻzbekistonning 5 iqtisodiy rayonlaridan biri tarzida eʼtirof etilgan.
Surxondaryo viloyatining tarkibi maʼmuriy jihatidan davrlar osha oʻzgarib turgan. Jumladan Surxondaryo viloyatining hududi 20 asrning boshida maʼmuriy va siyosiy jihatdan Buxoro amirligi qaramogʻida boʻlgan. U dastlab 1927-yilda Oʻzbekiston Respublikasi tarkibida tuzilgan viloyatlarning biri boʻlgan. Biroq tez orada u Buxoro viloyati tarkibidagi „Surxondaryo okrugi“ ga aylantirilgan. 1941-yil 6-mart kuni Oʻzbekiston Oily Kengashining qarori bilan Surxondaryo viloyati tarzida qayta tuzilgan.
Sobiq ittifoqning regionlardagi ichki tabiiy va iqtisodiy shart-sharoit hamda imkoniyatlarni hisobga olmasliklari oqibatida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlri 1960-yilning 25-yanvarida qoʻshib yuborildi. Bir-biridan tabiiy resurslar va iqtisodiy imkoniyatlari jihatidan katta farq qiladigan bu regionda ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirish bir xil kechmadi. Viloyatning janubiy — Surxondaryo qismining xalq xoʻjaligi taraqqiyotiga markazdan uzoqlik salbiy taʼsir koʻrsatib turadi. Oʻzbekiston hukumati va iqbolini belgilash tashkilotlari maʼmuriy boʻlinishdagi bu xatoni tuzatish maqsadida 1964-yil 7-fevralida Surxondaryo viloyati maʼmuriy jihatidan 14 tumanni birlashtiradi. Ular:


  • Angor

  • Bandixon

  • Boysun

  • Denov

  • Jarqoʻrgʻon

  • Muzrabot

  • Oltinsoy

  • Qiziriq

  • Qumqoʻrgʻon

  • Sariosiyo

  • Termiz

  • Uzun5

  • Sherobod

  • Shoʻrchi

tumanlaridir. Viloyatda 2 ta yirik shahar bor. Ular Termiz (viloyatning maʼmuriy markazi) va Denov (viloyatning sanoatlashgan markazi) dir. Viloyatda 8 shahar kengashi va 3 kasaba kengashi mavjud boʻlib, ular maʼmuriy jihatidan tuman hokimliklariga qaraydi.
Surxondaryo viloyatining chekka (va ayni bir paytda janubiy geografik) oʻrni uning boshqa viloyatlarga nisbatan koʻproq xorijiy davlatlar bilan chegaralanishini taqozo qilgan. Surxondaryo viloyati Surxon — Sherobod vodiysida joylashgan boʻlib u yaqin xorijiy davlatlar Tojikiston bilan shimol, shimoliy-sharq va sharq tomondan hamda Turkmaniston bilan gʻarb tomondan, uzoq xorijiy davlat Afgʻoniston bilan esa janibiy tomondan Amudaryo oʻzani orqali chegaralanadi. Shuningdek, viloyat baland togʻlar orqali Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati bilan ham katta masofaga chegaralanadi. Bu chegaraning sarhad chizigʻi Oʻzbekistonning eng baland togʻi — Hisor togʻ tizmasining qirralariga toʻgʻri keladi. „Dunyo osmoni“ deb nom olgan Pomir togʻiga mansub boʻlgan Hisorning qudratli devor tarzida choʻzilgan tizmalari:

  • Qushtang (uning viloyat hududida joylashgan eng baland choʻqqisi dengiz sathidan 3723 metrga teng)

  • Ketmon chopdi (3168m)

  • Samimas (1890 m)

  • Suvsiztogʻ (2122 m)

  • Kulba togʻ (2130 m)

Viloyatning Qashqadaryo orqali boʻlgan bu chegarasi shimolroqda Chaqchar va Boysun togʻ suvayrigʻichi, soʻngra janubiy gʻarbda shoʻrob botigʻining boshlangʻich nuqtasi suvsiz togʻ va Koʻhitangning shimoldagi qirrasi orqali oʻtadi.
Viloyat hududi egri chizilgan uchburchakni eslatadi. Uning oʻlchamlari: shimoldan janubga 220-250 km gʻarbdan sharqqa esa 150-170 km ga choʻziladi.
Viloyatning 3 tomonidan togʻlar bilan oʻralgan, chegarasi janubiy tomonga ochiq unug janubdagi Amudaryo oʻzani orqali Afgʻonniston davlati bilan oʻtgan chegarasi esa daryo oʻzaniga koʻra gʻoyat egri bugridir.
Surxondaryoning gʻarbiy va shimoliy-gʻarbiy checara chiziqlarida joylashgan baland togʻlar viloyatda oʻzgacha iqlimiy sharoit hosil qiluvchi omillardandir. Janubiy chegaradagi ochiqlik esa shimoliy shimoliy-gʻarbiy havo oqimlarining viloyat hududiga kirib kelishi uchun „darvoza“ hisoblanadi. Viloyat iqlimi subkontinental, qishi iliq, yozi issiq va quruq boʻladi. Yozda kunduzi harorat 46-48 darajagacha etadi. Viloyat janubida havo namligini keskin tushirib yuboradigan quruq, janubi — gʻarbiy shamollar esadi. Viloyatning tabiatga tabiiy landshaftiga uning iqlimi, suv resurslari, tuprogʻ, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi holatiga uning geografik oʻrni (ayniqsa chegara qismidagi togʻlar) taʼsir koʻrsatib turadi. Shuningdek viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga chegaradosh davlatlar bilan aʼloqaning taʼsiri kuchli. Ayniqsa, Afgʻoniston bilan Amudaryo porti va Amudaryo temir yoʻli (va ayni paytda avtomobil yoʻli) koʻprigi orqali olib borilayotgan 20 mingdan ortiq Osiyo va Yevropa davlatlarining iqtisodiy, texnikaviy savdo-sotiq aloqalari hamda Tojikiston bilan Termiz-Dushanbe, Termiz-Yovon temir yoʻl va avtomobil yoʻllari orqali olib borilayotgan aloqa, vil oyat ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga oʻta kuchli taʼsir koʻrsatib turadi.
Viloyat hududining koʻlami 20,8 ming kv. km. U Oʻzbekiston hududining 4.6 % ni tashkil qiladi Surxondaryo egallagan maydonning kattaligi jihatidan Oʻzbekiston viloyatlari ichida salmoqli oʻrinda turadi, yaʼni Surxondaryoning hududi Xorazm viloyatlnikidan 33, Andijonnikidan 4.9, Namangannikidan 2,6, Fargʻonanikidan 2,9, Sirdaryonikidan 4 marta kattadir. Xorijiy davlatlarga qiyosda, jumladan uning hududi Kiprnikidan 2,23, Quvaytnikidan 1,3, Litvanikidan 2, Singapurnikidan 34,7 marta katta. Shuningdek, Surxondaryoning hududi Markaziy Amerikadagi Yamayka davlati (21,0 ming kv. km.) ga deyarli teng.


  1. Download 293.31 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling