Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti arxivshunoslik yo‘nalishi
Surxondaryo viloyatida mustaqillik gacha bosib otilgan yol
Download 293.31 Kb.
|
Surxandaryo tarixi 01
Surxondaryo viloyatida mustaqillik gacha bosib otilgan yol
2.1. Surxondaryo axolising 2 jaxon urushda korsatgan jasorati Bu gal Surxondaryo viloyatida olib borilgan ishlar to‘g‘risida to‘xtalamiz. Ikkinchi jahon urushida viloyat aholisining g‘alabaga qo‘shgan hissasi Alpomishning jasoratidan aslo kam emas. Ular hanuz ajdodlariga esh. Gap isboti bilan. Keling, aniq ma’lumotlarga tayanaylik. Surxondaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi xodimlari tomonidan Ikkinchi jahon urushiga taalluqli turli xildagi eksponatlar to‘planib, hujjatlar, buyumlar, anjomlar va fotosuratlar jamlandi. To‘plangan ma’lumotlarga asoslanadigan bo‘lsak, to‘rt yil davom etgan urush davrida 53 365 nafar surxondaryoliklar frontga jo‘natilgan. Shulardan 11 000 nafari jangda halok bo‘lib, yaqinlari qora xat oldi.6 Urushning boshlarida viloyatning 18-harbiy o‘quv punktida mutaxassislar armiya uchun jangchilar tayyorladilar. Harbiy-o‘quv punktida 5000 ortiq pulemyotchilar, minamyotchilar, tankka qarshi qiruvchilar tayyorlandi. Bir vaqtda mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkilot yo‘l-yo‘rig‘i bilan 18000 harbiy mutaxassis tayyorlangan. 1942 yil 6 ta maxsus ayollar va qizlar bo‘linmalari tuzildi. Bir yil ichida 246 nafar o‘quvchi qiz tayyorlandi. 1942 yil Termiz shahridan 20 injenerlik qo‘shinlarida xizmat qilish uchun frontga jo‘natildi. Qizil xoch va yarim oy jamiyatlari ko‘rsatmasi bilan 25 ta sanitar drujinalari tuzildi. Ularda 260 nafar hamshira va feldsherlar tayyorlandi. Urushning eng og‘iri birinchi kunlarida bo‘ldi. Masalan, Brest qal’asini mudofaa qilishda Surxondaryolik Tanya Pankratova halok bo‘ldi. Ushbu urushning birinchi kunlari fojiasi, talofatlarini va hujumga o‘tish voqealarini hikoya qiluvchi eksponatlar Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyida mavjud. O‘sha davrda ko‘pgina rassomlar o‘z asarlarini yaratdilar. Kozlovning “Oxirgi granata”, O.Kravanogovning “Kursk yoyi” ko‘chirma nusxa asarlari yaratildi. Surxondaryoliklar Stalingrad ostonalaridagi janglarda muvaffaqiyatli qatnashdi. Shulardan R.Zokirov, V.Novikov Riga yonidagi janglarda, A.Qaysarov Kursk yonidagi, J.To‘rayev va boshqalar janglarda halok bo‘lishdi. B.Eshonqulov, A.Gogoleva-Karchenko, YU.Normurodov Berlinni shturm qilishda qatnashdilar. Ivan Kolodiy (1912-1954 y.y.) haqida ikki marta Sovet Ittifoqi qahramoni general P.Batov o‘zining “Harbiy safarlar va janglar” nomli kitobida hikoya qiladi. U ilg‘or otryadlar safida Dnepr daryosini kechib o‘tishda qatnashadi. Sharqiy qirg‘oqni kechib o‘tish vaqtida qayiqqa snaryad tegib, parchalanib ketadi. Aloqachi yelkasidan og‘ir yaralanadi, lekin qirg‘oqqacha suzib borib, rasiyani joylashtirib, narigi qirg‘oqdagi batareyalarimizga qo‘shinning muhim o‘t ochish nuqtalarining koordinatalarini beradi. Batareyalar ishonchli ma’lumotlarni olgandan so‘ng, dushmanning 16 ta o‘t ochish nuqtasini, 3 ta nemis batareyasini, 60 ta fashistni yakson qildi. I.Kolodiyning shaxsan o‘zi qarshi hujumga o‘tib, 15 fashistni o‘ldirdi. Yarador bo‘lishiga qaramasdan gospitalga yotishdan bosh tortdi va safda qoldi. Dnepr daryosini kechib o‘tishdagi qahramonligi uchun unga Sovet Ittifoqi qahramoni unvoni berildi. F.Volkov, I.Kolodiy, L.Lyubimov, K.Prosenko, S.Chernishev, A.Shamkayev Sovet Ittifoqi qahramoni unvonini oldi. Uch kishi – N.Oreshnikov, A.Tikachyov, R.Tukayev “Shuhrat” ordeni sohibi bo‘lishdi. Frontga ketganlarning joyini ularning onalari, turmush o‘rtoqlari, qizlari va o‘spirin o‘g‘illari egallashdi. O‘quv kurslarida 135 nafar qiz traktorist qilib tayyorlandi. Yurtdoshlarimizning ko‘pchiligi shaxsiy jamg‘armasini samolyot, tank qurilishi uchun topshirdi. Shunday insonlardan biri Qorayev frontdagi yetishmovchiliklar uchun bergan pul miqdori aytib o‘tilgan. Bundan tashqari Surxondaryoliklar begona bolalarga g‘amxo‘rlik qilishda ham o‘z hissalarini qo‘shishgan. Sherobodlik Egamberdi Quvvatov urush yillarida ota-onasiz qolgan 5 nafar bolani o‘g‘il qilib olgan. DEPO ishchisi Zakiya Sodiqova 2 nafar yetim bolani o‘z tarbiyasiga oldi. Evakuasiya qilingan 20000 fuqaro Surxondaryo viloyatiga joylashtirildi. Viloyat aholisi front uchun issiq kiyim, meva, go‘sht, bug‘doy va boshqa mahsulotlarni yig‘ib, yetkazib turdi. Qizil armiyaga 9 ming juft po‘stin, 64 ming mo‘ynali nimcha, 100 ming juft mo‘ynali junli qo‘lqop, 20 mingdan ko‘proq piyma, million rubl pul yig‘ib yuborilgan. Viloyat urush davrida 210 ming tonna paxta, 15 ming sentr go‘sht, 50 ming sentr guruch, 1700 dona qorako‘l teri, 360 tonna pilla topshirdi. Shuningdek, 6 7ming bosh qoramol, 800 ming tonnadan ortiq bug‘doy va yorma, 20 tonna moy va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari jo‘natilgan. Viloyat teatrlari konsertlar qo‘yib, mudofaa uchun mablag‘ yiqqan. O‘zbek artistlari frontlarga borib konsertlar qo‘yishgan. Urush davrida hamma sanoatlar qaytadan qurilib, frontga yo‘naltirilgan. Viloyatning neft bo‘yicha mutaxassislari ishlab turgan Xaudak, Uchqizil neft konlaridan tashqari, yangidan topilgan Kokaydi va Lalmikor neft konlarini o‘zlashtirgan. 1942 yildagi neft ishlab chiqarish 1941 yildagi bilan taqqoslansa 25 foiz, 1943 yilda esa 57 foiz ko‘paygan. Surxondaryo viloyati Respublikamizda ishlab chiqarilgan neftning 70 foizini bergan. Urush davrida Sharg‘unda ko‘mir qatlamlari koni ochilib, ko‘mir qazib chiqarilgan. Surxondaryo sanoati va qishloq xo‘jaligi 1941-1945 yillar qoloqlashib qolmay, rejalarni yuqori darajada bajarganlar. Bu haqidagi batafsil ma’lumotlar bilan tanishishni istaganlarni Surxondaryo viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga taklif qilamiz. Unda urush davrini eslatuvchi ashyolar: avtomat, stanokli pulemyot “Maksim” va yordamchi vositasi, sapyor kurakchasi, ofiserlar va soldatlar kiyimi muzey fondida saqlanmoqda. Zero, o‘tmish bilan yuzlashish har qanday kishini sergaklantiradi. Tarixning o‘zi bir muallim. Shu kunlarda Ikkinchi jahon urushi davrida yurtimizda ilm-fan, ta’lim, madaniyat, san’at, kino, adabiyot va harbiy matbuot borasidagi izlanishlar anchayin jadallashdi. Biz to‘playotgan ma’lumotlar ham bir sidra yaxlitlanib, ko‘zni quvontira boshladi. Shu mavzuda birgalikda izlanishlar olib borayotgan Qurolli Kuchlar akademiyasi doktoranti podpolkovnik Adham Nurullayev (Surxondaryolik) bilan kompyuterda ko‘p ishlab, ko‘zimiz toliqqan mahal turnikka tortilishga chiqamiz. Toza havoda bir oz tin olib qaytarkanmiz, so‘raganlarga immunitetni ko‘tarib kelayapmiz, deymiz. Ko‘nglimizga taskin beradigani qilayotgan ishlarimiz yoshlarimizning ma’naviy immunitetini ko‘tarishga, Alpomishga esh avlodning kamol topishiga hissa bo‘lib qo‘shilishiga umidvormiz. Bu yo‘ldagi ziyolilarga kuch-quvvat tilab, yana ishga kirishamiz. Download 293.31 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling