Mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


Respublikada rangli, noyob va tarqoq metallarni xom-ashyo bazasi


Download 329 Kb.
bet2/7
Sana11.10.2023
Hajmi329 Kb.
#1698556
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aziza 4

Respublikada rangli, noyob va tarqoq metallarni xom-ashyo bazasi


Respublikada rangli, noyob va tarqoq metallarni xom-ashyo bazasi yaratilgan bo‘lib, ular o‘zlarining mustaqil xoldagi va majimuviy konlari bilan taqdim etiladi.
Misning asosiy zaxiralari Olmaliq tog‘-ma’dan rayonidagi majmuaviy mis porfirli konlarda jamlangan. Butun qazib olish davrida ushbu kondan 20% ga yaqin zaxiralari ajratib olingan. Mavjud bo‘lgan tog‘-ma’dan korxonalar va infratuzilmalarning imkoniyatlari mis ishlab chiqarishni muxim darajada ko‘paytirishga sharoit tug‘diradi. Olmaliq tog‘-ma’dan rayonidagi konlarni ma’danlari tarkibida misdan tashqari, oltin, kumush, oltingugurt, selen, reniylarni axamiyatga molik darajadagi zaxiralari mavjud bo‘lib, ularni bahosi ishlab chiqarilgan maxsulotini birgalikdagi narxlarini yarmiga yetadi.
Mustaqillik yillari Qizota koni ochildi va Qalmoqqir konini chuqur gorizontlardagi zaxiralari qayta hisoblandi. Bo‘kontov tog‘lari (Orazali, Qoramurun, Irlir maydonlari), Janubiy O‘zbekistan va Sultonuvays tog‘-ma’danli rayonlarda yangi istiqbolli maydonlar namoyon etishga bevosita darak beruvchilar mavjud. Kam o‘rganilgan rayonlarda keng ko‘lamdgi izlash ishlarini o‘tkazish mis va boshqa rangli metallar resurslarini axamiyatga molik o‘stirishlarga imkon beradi.
Volfram xom-ashyo bazasini negizini ma’lum bo‘lgan volfram ma’danli konlar (Lyangar, Ingichka, Qo‘ytosh, Yaxton, Sargardon va boshq.) va 1991 yildan keyin namoyon etilgan Sovutboy koni va Saritov ma’dan namoyonlari taqdim etadilar.
Yaqin yillarda volfram zaxiralarini o‘stirish istiqbollari Janubiy O‘zbekistondagi yangi istiqbolli maydonlarni (Gussoy, Sariko‘l, Turangisoy, Isiriqsoy) hamda Nurota va Ziyovutdin-Zirabuloq tog‘laridagi (Sharqiy-Ingichka maydoni va boshq.) va Markaziy Qizilqumdagi (Irlir, Janubiry Saritov va boshq.) maydonlarni bashorat resurslarini ko‘paytirishga yo‘naltirilgan.
Qo‘rg‘oshin va ruh konlari karbonat jinslaridagi stratiform (Uchquloch, Qulcho‘loq), skarn (Qo‘rg‘oshinkon, Kumishkon) va vulkanogan jinslardagi kolchedan (Xandaza va b.) turlarga xos bo‘lgan ob’ektlar bilan taqdim etilgan. Qo‘rg‘oshin va ruhni qidirib-chamalangan zaxiralari Uchquloch va Xandaza konlarida jamlangan. Oxirgisini ma’danlarida mis, kumush, kadmiy, selen, oltin, indiy aniqlangan.
Geologik-qidirish ishlarining istiqbollari yangi maydonlar: Chinorsoy, Kuldara, Sulukul, Naugarzonsoy va boshq. qaratilgan.

Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling