Mirzo ulug'bek nomidagi o'zbekiston milliy universiteti


trillion AQSh dollar miqdorida baholandi


Download 329 Kb.
bet7/7
Sana11.10.2023
Hajmi329 Kb.
#1698556
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Aziza 4

8 trillion AQSh dollar miqdorida baholandi. Ulardan 1,3 trillion AQSh dollardan ortig‘i O‘zbekiston Respublikasini mustaqillik yillardagi qidirib-chamalangan zaxiralaridir.
Oxirgi yillarda temir, marganes, ko‘mir, yonuvchi slaneslar, noyob metallar va tarqoq yer elementlari, oltin va uranni noana’naviy turlari va boshqalarga geologik-qidiruv ishlari kuchaytilmoqda yoki birinchi marta o‘tkazilmoqda, bu esa shubxasiz, Respublik MXAB kengaytirishga xizmat qiladi.
Kumush, temir, volfram, qalayi, simob, litiy, marganes, barit, plavik shpati, grafit va boshqa foydali qazilmalarni zaxiralari, ularni sanoat miqiyosidagi axamiyatlari ma’lum iqtisodiy tomondan ishlab chiqilmaganligi tufayli, ularga talab-so‘rovlar mavjud emas.
Ko‘rsatilgan konlarni investitsion jixatdan jalb etuvchanligini oshirish, hozirgi zamon bozor kon’yukturasida ma’danlarni qazib olish va qayta ishlashning innovatsion texnologiyalarini hisobga olgan holda, ularni o‘zlashtirishning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini qayta ko‘rib chiqish bilan amalga oshirirish mumkin.
O‘zbekistonni Davlat geoligik xizmati, geologik-qidiruv ishlari amaliyotiga qattiq foydali qazilma konlarini O‘zbekiston uchun noana’naviy bo‘lgan ma’danli va noma’dan geologik-sanoat turlarini izlash va qidirib chamalash soxasidagi ilg‘or jaxon texnologiyasini tadbiq etishdan, yopiq xududlarda kamxarajatli va yuqori samarador tadqiq usullaridan foydalangan xolda izlash ishlarini rivojlantirishdan manfaatdor.
O‘zbekiston yer qa’rini mineral xom-ashyo jixatidan saloxiyatlari xali-beri tugmaydi va uni boyitish istiqbollari juda muxim. Bugungi kunda ma’lum bo‘lgan konlarni kattagina qismi yuzada –paleozoy poydevori chiqib yotgan xududlarda joylashgan. Respublikani asosiy resurslarining saloxiyatlari, ilgari o‘rganilagan xududlarda O‘zbekiston uchun noana’naviy turdagi konlarni namoyon etishga istiqbolli hisoblangan yopiq xududlar bilan bog‘liqdir.
Texnika va texnologiyalarni taraqqiy etishlari bilan ba’zi turdagi ma’dan va noma’dan xom-ashyolar, sanoat ishlab chiqarishlaridagi yangi soxalarda qo‘llanilishi va talab etilishlari mumkin.
Jahon bozorlarida noyob metallar va tarqoq yer elementlari, platinoidlar, xrom, titan va boshqa metallar, barit, yuqori kremnizyomli xom-ashyo (tomirli kvars, kvarsitlar va kvars qumlari), yuqori glinazyomli xom-ashyo (alunit, diaspor, andaluzit guruxi minerallari), yuqori magnizial xom-ashyo (talk, pirofillit, dolomit, magnezit, brusit, serpentinit), vollastonit, glinali jinslar (bentonitlar, kaolinlar, paligorskitlar), grafit, dala shpatli xom-ashyo (pegmatitlar, leykokratli granitlar, chinni toshlar), slyudalar (vermikulit, muskovit, seritsit, xlorit, flogopit, biotit), asbest, adsorbentlar (opokalar, trepellar, seolitlar), perlit, bazalt guruxidagi jinslar va boshqalarga doimiy o‘sib boruvchi talablar kuzatilmoqda.
Download 329 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling