Mirzo ulug‘bek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetininig jizzax filiali amaliy matematika fakulteti
Download 1.78 Mb.
|
Kurs ishi 3-kurs (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
- I Bob.Web-sayitni yaratish uchun ishlatilgan dasturlash tillarining nazariy asoslari
- II.Bob Gazeta yangiliklari web – sayti 2.1
- Foydalanilgan Adabiyotlar
- Oʻzbekiston Respublikasi oliy talim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI OʻZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETININIG JIZZAX FILIALI AMALIY MATEMATIKA FAKULTETI «KOMPYUTER ILMLARI VA DASTURLASHTIRISH» kafedrasi “ WEB DASTURLASH ” FANIDAN KURS ISHI Mavzu: “ Gazeta yangiliklari web – sayti”. Bajardi: “ Kompyuter ilmlari va dasturlash texnalogiyalari ” ta’lim yoʻnalishi III-kurs 110-20 guruh talabasi Rustamov Asadbek Dilshodjon oʻgʻli Ilmiy rahbar: Umarov Xasan Abdullayevich Jizzax – 2023 MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………………..........3 I Bob.Web-sayitni yaratish uchun ishlatilgan dasturlash tillarining nazariy asoslari HTML, CSS va Javascript ……………………………………………… 7 PHP dasturlash tili ……………………………………………………... 11 MySql va XAMPP bazaviy muhiti haqida ……………………………. 18 II.Bob Gazeta yangiliklari web – sayti 2.1 Web-saytning umumiy ko’rinshi va tavsifi…………………………….. 21 2.2 Dastur ilovasi ………………………………………………………….. Xulosa……………………………………………………………………... Foydalanilgan Adabiyotlar……………………………………………… KirishKurs ishining dolzarbligi: Jamiyatni axborotlashtirish hozirgi zamonning davr talabiga aylanib bormoqda. Inson faoliyat olib borayotgan barcha sohalar axborotni qabul qilish, qayta ishlash va o'zlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog'liq.Hozirgi kunda kompyuter va axborot texnologiyalari jadal sur'atda, yangilanib, o'zgarib, rivojlanishi bilan birga kundalik turmushimizning asosiga aylanib bormoqda . Hozirgi davrda bizni o'rab turgan dunyodagi axborotlar oqimi juda ulkandir. Ular ulkan bo'lishiga qaramasdan yanada ko'payib bormoqda. Shuning uchun kattami - kichikmi tashkilotlar qanday bo'lishidan qat'iy nazar tashkilotdagi mumkin bo'lgan barcha ishlarni tashkil etishga imkon beradigan ma'lumotlarni samarali, qulaytarzda olib borish muammosi yuzaga kelmoqda. Oldingi davrda biror tashkilotning ma'lumotlari qog'ozlarda, turli papkalarda saqlanganbo'lsa,hozirgi davrda esa deyarli barcha tashkilotlar kompyuterlashtirilgan usullar – kata hajmdagi ma'lumotlarni samarali saqlashga yordam beruvchi berilganlar bazasidan foydalanadilar. Bugungi kunda tashkilot qanday bo'lishidan qat'iy nazar ular moliyaviy bo'ladimi, savdo tashkilotlari yoki sanoat bo'ladimi barchasining faoliyatini berilganlar bazasisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Agar berilganlar bazasi bo'lmaganida ular axborot oqimi ichida qolib ketardi. Yangi XXI asrda mamlakatlarning milliy iqtisodi globallashib, axborotlashgan iqtisod shakliga aylanmoqda. Yaʻni milliy iqtisoddagi axborot va bilimlarning tutgan oʻrni tobora yuksalmoqda va ular strategik resursga aylangan. Dunyoda jamgʻarilgan axborot va bilimlarning 90 % soʻnggi 30 yil mobaynida yaratilgan. Axborot va bilimlar hajmining kundan-kunga ortib borishi milliy iqtisodning barcha sohalarida jumladan, taʻlimda ham axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalaridan keng koʻlamda samarali foydalanishni talab etmoqda. Axborot, kompyuterlashtirish, hisoblash texnikasi, zamonaviy axborot texnologiyasi, modellash, maʻlumotlar manbayi, dasturlashtirish, shaxsiy kompyuterlar, dastur bilan taʻminlash va boshqa shu kabi ilmiy tushunchalar jamiyatni axborotlashtirishning eng muhim xususiyatlarini ifoda etadi. Oʻzbekistonda yuritilayotgan raqamli iqtisodiyot siyosati zamirida ham yangi texnologiyalarni rivojlantirish maqsadi koʻzda tutilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy yetish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi qaroriga muvofiq, raqamli iqtisodiyot bilan shugʻullanadigan yaxlit tizim yaratildi. “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xoʻjaligini raqamlashtirish, IT parklarini tashkil yetish va boshqarish kabi vazifalar toʻliq Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi vakolatiga oʻtdi. Bugun Yangi Oʻzbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan. Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi oʻzgarishlar haqida toʻlqinlanib soʻzlamaslikning iloji yoʻq. Mamlakatimizda soʻnggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish boʻyicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli boʻlib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, koʻplab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tugʻiladi. Shunday ekan, Yangi Oʻzbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, oʻylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qoʻllab-quvvatlaydi”. Ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilgʻor ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda. Download 1.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling