Mirzo ulug‘bek nomidagi oʻzbekiston milliy universitetininig jizzax filiali amaliy matematika fakulteti


Download 1.78 Mb.
bet2/8
Sana20.01.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1104062
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kurs ishi 3-kurs (2)

Axborot - ijtimoiy, iqtisodiy, tabiiy fanlarning, tafakkur ilmining taraqqiyoti natijasida yuzaga kelgan bilim va maʻlumotlar, kishilarning amaliy faoliyati davomida toʻplagan tajribalari majmuyi demakdir. Inson axborot oqimi ichra yashar ekan, turli-tuman voqea, hodisalar va jarayonlarning bir-biriga aloqadorligini, oʻzaro munosabati mohiyatini tahlil etish, mushohada va mulohaza qilib koʻrish maqsadida koʻpdan koʻp dalil va raqamlarga murojaat qiladi. Axborot tufayli nazariy bilimlar amaliyot bilan birlashadi.
Axborotlashtirish jarayoni deganda - inson faoliyatining muhim yoʻnalishlarida olingan bilimlardan samarali foydalanish uchun koʻrilgan kopleks chora-tadbirlar tushuniladi.
Kurs ishining maqsadi. Hozirgi globallashuv asrida insonlarga qulaylik yaratish maqsadida juda ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda. Yaqin tarix balki hozirgi kunlarda ham ayrim tashkilotlarning oldida uzun navbatlarni ko’rishga o’rganib qolganmiz. Buning yagona yechimi har bir soha(istisnolar bor) o’zining web platformasini yaratishi va uni to’g’ri yo’lga qo’yaolishi kerak. Hech qanday noqulayliksiz harajatsiz eng muhimi navbatlardagi vaqt yo’qotishning yechimi sifatida web platformalar insonlarni istalgan joydan turib internet orqali ishlarini qulay va oson tartibda bitiradi. Davlatimiz raxbarining elektron tijoratga o’tishimiz uchun qilayotgan ishlari xalq farovonligi uchun xizmat qiladi. Har bir fuqaro masofadan turib o’zining har qanday ishini bajaraolsa bu eng muhimi ishi tez va qulay bitadi, vaqti tejaladi va yana korrupsiyaning oldini olishga ham katta xizmat qiladi.
Axborotlashgan jamiyat haqida olimlar turlicha fikr yuritadilar. Masalan, yapon olimlarining hisoblashicha, axborotlashgan jamiyatda kompyuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbaidan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotni qayta ishlashni avtomatlashtirishning yuqori darajasini taʻminlashga imkon beradi. Jamiyatni rivojlantirishda esa xarakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki axborot ishlab chiqarish boʻlmogʻi lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida reklama xizmatlarining ahamiyati kuchayib, muomala harajatida reklama harajatlarining hissasi ortib boradi. Reklama tadbirkorlikning alohida bir tarmogʻiga aylanadi va reklama maxsus qoidalar va qonunlarga muvofiq tashkil etiladi. Qonuniylik, aniqlilik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek, maʼnaviy zarar yetkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir. Oʻzbekistonda reklama tayyorlash va tarqatish bilan bogʻliq munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasining "Reklama toʻgʻrisida" (1998-yil 25-dekabr) qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunga koʻra, isteʼmolchilarni chalgʻitadigan yolgʻon yoki noaniq maʼlumotlarni reklama vositasida tarqatish, shuningdek, ayrim tovarlar yoki faoliyat sohalarini reklama qilish qonun yoʻli bilan taqiqlanadi.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham oʻzgaradi. Barcha harakatlar tovarlarni ishlab chiqarish va iste’mol etishga yoʻnaltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborotlashgan jamiyatda intellekt, bilimlar ishlab chiqariladi va iste’mol etiladiki, bu hol aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladi, bilimlarga ehtiyoj oshadi.


Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling