Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining mustaqil tadqiqotchisi Xudoyqulov Ural Chorshanbiyevichning “Muhandislik tarmoqlari va inshootlarining ekspluatatsion sifatini oshirish yo’llari
Download 12.55 Kb.
|
TAQRIZ
Mirzo Ulug’bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining mustaqil tadqiqotchisi Xudoyqulov Ural Chorshanbiyevichning “Muhandislik tarmoqlari va inshootlarining ekspluatatsion sifatini oshirish yo’llari (Samarqand shahri gaz ta’minoti tizimi misolida)” mavzusidagi 05.09.08-“Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil qilish” ixtisosligi texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertasiya avtoreferatiga TAQRIZ O’zbekistonda gaz ta’minoti tizimlarining samaradorligini oshirish xalq farovonligini oshirish va iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishining asosiy omillaridan hisoblanadi. Ushbu tizimning ishonchliligini ta’minlash nafaqat ijtimoiy-iqtisodiy, balki murakkab tashkiliy-texnik muammolardan hisoblanadi. Shu munosabat bilan tizimdagi tashkilotlarda sifat nazoratini tadqiq qilish, uni takomillashtirining ilmiy asoslangan tashkiliy shakllari va usullarini taklif qilish bugungi kunning dolzarb muammosi hisoblanadi. Mavzuning dolzarbligi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumat qarorlarida qo’yilgan vazifalar bilan ham tasdiqlanadi. Dissertatsion tadqiqot tarkiban kirish, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Tadqiqotning kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati asoslangan, uning maqsadi va asosiy vazifalari, obyekti va predmeti shakllantirilgan, respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo’nalishlariga bog’liqligi ko’rsatilgan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari bayon qilingan, olingan natijalarning ilmiy va amaliy ahamiyati yoritib berilgan, tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy qilinganligi, nashr etilgan ishlar va dissertatsiya tuzilishi bo’yicha ma’lumotlar keltirilgan. Dissertatsiyaning birinchi bobida mamlakatimiz va xorijiy olimlarning gaz ta’minoti tizimining xususiyatlari, gaz tarmoqlarining ekspluatasion sifati hamda sifatni nazorat qilish bo’yicha ilmiy-nazariy qarashlari tahlil qilingan va ularning amaliy ahamiyatiga baho berilgan. “Hududgazta’minot” AJning “Hududgaz Samarqand” gaz ta`minoti filialida gaz tarmoqlari va inshootlari sifatini nazorat qilishning amaldagi tartibi, ko’rsatkichlari va mavjud muammolari keltirilgan. Dissertatsion tadqiqotning ikkinchi bobi gaz ta’minoti tizimining sifatiga oid amaliy izlanishlar natijalarini yoritib berishga qaratilgan. Samarqand shahri gaz ta’minoti tizimining samaradorligi o’rtacha kunlik gaz sarfi bilan o’lchanishi, gaz sarfining me’yori va haqiqiy iste’moli qonuniyatlari, tarmoqlardagi gaz yo’qotishlari va iste’molning istiqboldagi prognozi batafsil yoritilgan. Samarqand shahar gaz ta’minoti tarmoqlari va inshootlarining ekspluatatsion sifatini nuqsonlar orqali baholashning yondashuvi taklif qilingan bo’lib, qo’llanilgan uslubiyotning mavjud muammolari ochib berilgan. Bunda gaz quvurlaridagi nuqsonlarning kelib chiqishi montaj ishlari sifati hamda ekspluatatsiya davriga bog’langan holda o’rganilgan. Dissertatsiyaning uchinchi bobida sifat nazorati tizimini takomillashtirishning asosiy yo’nalishlari belgilab berilgan va texnik jihatdan amalga oshirilish lozim bo’lgan ilmiy-uslubiy choralar asoslab berilgan. “Hududgazta’minot” AJning “Hududgaz Samarqand” gaz ta`minoti filialida ekspluatatsion sifat to’g’risida axborot to’plashning raqamli texnologiyalarga asoslangan zamonaviy sxemasi ishlab chiqilgan. Shahar gaz ta’minoti korxonalarida sifat boshqaruvi konsepsiyasiga mos keladigan tashkiliy tuzilmaning asosiy bo’g’inlari va vazifalari taklif qilingan. Tadqiqot natijalari ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo’lib, ulardan muhandislik tarmoqlari va inshootlarining ekspluatatsion sifatini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishda foydalanish mumkin. Umuman olganda, Xudoykulov Ural Charshanbiyevichning “Muhandislik tarmoqlari va inshootlarining ekspluatatsion sifatini oshirish yo’llari (Samarqand shahri gaz ta’minoti tizimi misolida)” mavzusida bajargan dissertasiya ishi 05.09.08-“Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil qilish” ixtisosligiga mos keladi va uning muallifini texnika fanlari ixtisosligi bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishga loyiq deb hisoblayman. Taqrizchi: Termiz Davlat Universiteti “Bino-inshootlar arxitekturasi va qurilishi” kafedrasi mudiri, t.f.n. Sh.S.Turayev Download 12.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling