Mirzo ulug`bek nomidagi


Azob-uqubatlarning sabablari mavjuddir


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/120
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794601
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120
Bog'liq
dinshunoslik. jalilov b. 2019

Azob-uqubatlarning sabablari mavjuddir. Bu ta'limotga ko
’ra, azob-uqubatlarning 
sababi 
– kishilarning istaklari, xohishlari, yashashga va baxtga intilishlari, qayta tug’ilish 
dunyosi 
– Sansaraga bog’langanligi, hayotga tashnaliklaridir. Bu dunyo sеzgilar orqali 
his qilinsa-da, aslida hayoliy dunyodir. Inson moddiy narsalar va ma'naviy qadriyatlardan 
foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy d
еb hisoblaydi va ularga ega bo’lish uchun doimo 
harakat qiladi. Har qanday insoniy tuyg
’u, hissiyot, ehtiros va istak azob-uqubatlarni 
chuqurlashtiradi, yanada dahshatliroq tarzda qayta tug
’ilishga olib kеladi. Bu intilish 
hayotning davom etishiga sabab bo
’ladi. Yaxshi va yomon maqsadlar, orzu va intilishlar 
k
еyingi hayot uchun karma tayyorlaydi. 
Azob-uqubatlardan qutilish mumkin. Yashashga bo
’lgan intilishlardan, hayot 
lazzatlaridan, mansab va boylikdan, nafaqat yomon niyat, balki yaxshi niyatlardan ham 
batamom qutilish orqali inson qayta tug
’ilishdan butunlay to’xtaydi. Najotning o’zi esa 
“sansara”dan, ya'ni bu dunyo – qayta tug’ilish dunyosidan – “nirvana”ga – ruhlar olamiga 
o
’tishdan iborat. Buning uchun inson yerdagi hayotning o’tkinchi ekanligini anglab 
y
еtishi zarur. Shunda inson “hayot g’ildiragi”dan chiqib Nirvana holatiga erishadi.
Azob-uqubatlardan qutilish yo
’li mavjuddir. Azob-uqubatlardan qutilish uchun 
quyidagi 
“ sakkizlik yo’li”ga va axloq qoidalariga amal qilish lozim: 
1. To’g’ri tushunish, to’g’ri nuqtai nazar – hayotning “to’rt oliy haqiqati”ni 
tushunib olishga yordam beradi. 
2. To’g’ri niyat qilish – dunyoviy xuzur-halovatdan, keraksiz fikrlardan saqlanish. 
Barcha tirik mavjudotga do
’stona munosabatda bo’lish va har qanday sharoitda ham 
ruhan vazmin bo
’lishni anglatadi. 
3. To’g’ri yurish-turish. O’g’rilik qilmaslik, tirik mavjudotni o’ldirmaslik, ortiqcha 
hissiyotga berilmaslik. 
4. To’g’ri so’z. Yolg’on gapirishdan, g’iybatdan, tuhmatdan va bеfoyda gaplardan 
saqlanish. 
5. Yashashning to’g’ri daromad manbaiga ega bo’lish – boshqalarga zarar 
k
еltirmagan holda daromad qilish. Qurol, mast qiluvchi ichimliklar, hayvon va 
parrandalarni sotmaslik. 
6. To’g’ri harakat qilish – zararli fikrlardan holi bo’lish, faqat foydali ishlar qilish. 


41 
7. To’g’ri xotirlash. Bu – insonning o’z tanasini, his-tuyg’ularini, ruhiy holatini bir 
m
е'yorda ushlab turish (mеditatsiya). 
8. Fikr-e'tiborni to’g’ri narsalarga qaratish – keraksiz 
narsalarga chalg
’imasdan, ruhning mutlaq osoyishtaligiga e'tibor 
berish. 
Bundan tashqari Buddaning b
еsh nasihati “Pancha shila”ga 
amal qilish lozim. Bu b
еsh haqiqat Buddaviylikning axloq 
qoidalarini tashkil etadi: 1) qotillikdan saqlanish; 2) 

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling