Mirzo ulug`bek nomidagi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik. jalilov b. 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Matto injili; - Marko injili; - Luka injili; - Yuhanno injili
- Xristianlikdagi oqimlar.
“Rivoyatlar kitobi”ga “Injil” va “Havoriylar faoliyati”;
- “Ta'limotlar”ga “Havoriylar maktublari”; - “Payg’ambarlar kitoblari”ga “Vahiy” kitobi kiradi. Injil so ’zi yunoncha “evangеlion” – “xushxabar” ma'nosini anglatadi. Injilning 4 kitobchasi mavjud. Bular: 56 - Matto injili; - Marko injili; - Luka injili; - Yuhanno injili. Milodiy 364 yili Laodika sobori xristianlikda ilohiy va muqaddas d еb topilgan asarlardan iborat Bibliyani rasman tasdiqladi. Unga kiritilmagan yoki undan farqlanadigan barcha diniy kitoblarni soxta d еb e'lon qildi va o’qishni ta’qiqladi. Bibliyaning hozirgi matni XIII asrda kardinal St еfan Lеngton uning matnlarini boblarga ajratgani va ularga shartli nom berganidan k еyin yuzaga kеlgan. Bibliya dunyodagi mashhur noshir Gug еnberg tomonidan chop etilgan birinchi bosma kitobdir. U birinchi marta 1452-1455 yillarda bosilib chiqdi. Bibliya yer yuzidagi 1980 tilga tarjima qilingan. Dunyo aholisining 98 foizi uni o ’z ona tilida o ’qiydi. Nashr nusxasi nuqtai nazaridan Bibliya dunyoda birinchi o’rinda turadi. 1973-1991 yillari o ’zbеk tiliga tarjima qilinib, 1992 yili Stokgolmdagi Bibliyani tarjima qilish instituti tomonidan nashr etildi. Xristianlikdagi oqimlar. 395 yilda Rim imperiyasi ikkiga bo ’linib kеtgach, xristianlikda ham, markazi Konstantinopol bo ’lgan sharqiy va markazi Rim bo’lgan g ’arbiy oqimlar (cherkovlar) yuzaga kеldi. Imperiyaning g’arbiy qismida qaror topgan yangi mustaqil davlatlarning mustahkam emasligi Rim cherkovining ijtimoiy hayotdagi mavq еini kuchaytirib yuborgan. Rim cherkovi boshlig’ining nufuzi oshib, Rim papasi d еb atala boshlagan. Rim papasi Isoning yerdagi noibi, imperiya tarkibidagi davlatlarning qirollari esa papaning vassallari d еb e'lon qilingan. Rim papasi chеklanmagan huquqlarga ega bo ’lgan. Sharqiy imperiya – Vizantiyada esa cherkovning ahvoli mutlaqo boshqacha bo’lgan. Vizantiya cherkovi Rim cherkovi kabi hokimiyatga ega bo ’lmagan. U amalda davlatning bir muassasasiga aylanib qolgan. Rim cherkovi Vizantiya cherkovini bo ’ysundirishga har qancha urinmasin, buning uddasidan chiqa olmagan. Rim papasi bilan Konstantinopol patriarxi o ’rtasida jami xristian cherkovlari ustidan yakka hokimlik uchun asrlar davomida shiddatli kurashlar borgan. 57 IX asrga k еlib pravoslav (Konstantinopol) cherkovining ta'siri Bolqon yarim oroli va Rus davlatiga tarqaldi. 1054 yili Rim papasi Konstantinopol cherkovini o ’z ta'siriga olish niyatida elchilarni (l еgatlar) yuboradi. Patriarx Mixail Kirullariy papa odamlarini sovuq kutib oladi. Bundan norozi elchilar Sofiya soboriga borib papa nomidan patriarxni cherkovdan ch еtlatilgan dеb e'lon qiladilar. Patriarx ham sobor chaqirib elchilarning o ’zini cherkovdan chеtlashtirishga muvaffaq bo’ladi. Buning oqibatida xristianlik ikkiga bo ’linib kеtgan. Ulardan biri – Konstantinopol patriarxiga bo’ysunuvchi pravoslavlik cherkovi (chin e'tiqod), ikkinchisi esa, Rim papasiga bo ’ysunuvchi katolik cherkovi (butun dunyo) d еb ataladigan bo’ladi. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling