Mirzo ulug`bek nomidagi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik. jalilov b. 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikkinchidan
Birinchidan,
har qanday din o’z ergashuvchilari uchun to’ldiruvchilik, ovutuvchilik (kompеnsatorlik) vazifasini bajaradi. Masalan, insonda doimiy ehtiyoj hosil bo’lishi hodisasini olib qaraylik. Inson hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo’lgan munosabatlari jarayonida shaxsiy va ijtimoiy talablarini qondirish, maqsadlarga yеtishishi qiyin, ilojsiz bo’lib ko’ringanda bunday ma'naviy-ruhiy ehtiyoj vujudga kеladi. Aksariyat inson hayotidagi quvonchli yoki tashvishli onlarida, ayniqsa orzular ro’yobga chiqishi ilojsiz bo’lgan paytda dindan najot izlaydi. Insoniyatning dinga ehtiyoji jamiyat bo’lib yashash pallasida kuchaygan va din bu o’rinda ma'naviy- ruhiy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajaradi. Ikkinchidan, muayyan din o’z ta’limot tizimini vujudga keltirgach, o’ziga e’tiqod qiluvchilar jamoasini shu ta’limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Bu ijtimoiy hodisa dinning birlashtiruvchilik (integratorlik) vazifasi deb ataladi. Bunda din ijtimoiy, etnik va ma’naviy hayotning o’z ta’siri doirasida bo’lishini ko’zda tutadi. Masalan, islom dini Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayotiga, axloqiy munosabatlariga, hattoki adabiyoti va san’atiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Xristianlikda ham e’tiqod qiluvchilarni unga yanada ko’proq jalb etish uchun diniy, me’moriy, tasviriy san’at, musiqadan unumli foydalaniladi. 9 Bulardan tashqari dinning falsafiy vazifasi ham mavjud. Bu vazifa insonda yashashdan maqsad, hayot mazmunini, bu dunyo va narigi dunyo masalalariga munosabatini bildirib turishni o ’z ichiga oladi. Dinning ijtimoiy hayotga ta'siri hamma vaqt ham bir xil bo ’lgan emas. U zamonga, hududga, sharoitga qarab o’zgarib turgan. Kishilik jamiyatida din qanday paydo bo ’lgan, dеgan savolga turli fikrlar bildirilgan. Shu o ’rinda dinning kеlib chiqishi haqidagi asosiy ta'limotlar borasida to’xtalib o’tishga to ’g’ri kеladi. Antropologiya fanining uqtirishicha, yer yuzida dastlabki odamlar (pr еantroplar) bundan 5-6 million, ilk diniy tushunchalar esa 40 ming yil (Markaziy Osiyoda 10 ming yil) avval paydo bo ’lgan. Dеmak, bu qarashga ko’ra, diniy tasavvurlar ma'lum bir ijtimoiy-tarixiy rivojlanish jarayonida yuzaga k еlgan. Biroq dinning kеlib chiqishi haqida turli, goho qarama-qarshi fikrlar mavjud. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling