Mirzo ulug`bek nomidagi


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/120
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794601
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120
Bog'liq
dinshunoslik. jalilov b. 2019

Mahzur 
– yoki harom (arab. “man etilgan”, “ruxsat berilmagan”) musulmonlar 
uchun qat'iy ta
’qiqlangan xatti-harakat, muomala, fikr, e'tiqod, narsalar, yеyish ma'n 
etilgan oziq-ovqatlardir. Quyidagi narsalar va ishlar musulmonlarga harom hisoblanadi: 
cho
’chqa (to’ng’iz), o’laksa, Allohdan o’zgaga atab qurbonlik qilib so’yilgan hayvon 
go
’shtlari, it, vahshiy hayvonlar, qarg’a, o’laksaxo’r hamda yirtqich qushlarning 
go
’shtlari, mast qiluvchi ichimliklar va giyohlar, zinokorlik, ota-onaga oq bo’lish, 
sudxo
’rlik, o’g’rilik, qaroqchilik, qotillik, g’iybat, tuhmat, bo’hton, badgumonlik, 
chaqimchilik, yolg
’onchilik, birovning haqqiga, omonatiga xiyonat qilish, savdo-sotiqda 
g
’irromlik qilmoq, tarozidan urib qolmoq, sеhr-jodu bilan shug’ullanmoq, ishga layoqatli 
bo
’la turib ishsiz yurmoq va shu kabilar shar'an harom hisoblanadi. 
Qur
’onning “Moida” surasi 3- va 90-oyatlarida shunday dеyiladi: “Sizlarga o’laksa, 
qon, to
’ng’iz go’shti, Allohdan boshqa birovning yo’liga so’yilgan narsa, bo’g’ilib 
o
’lgan, urib o’ldirilgan, baland joydan qulab o’lgan, (boshqa biron hayvon bilan) suzishib 
o
’lgan va yirtqich hayvon tishlab o’ldirgan jonivorlar harom qilindi”, “Ey mo’minlar, 
aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o
’ynash), butlar (ya'ni ularga sig’inish) va 


94 
cho
’plar (ya'ni cho’plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo’lgan harom ishdir. 
Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoqroq bo
’lingiz!” 
Haromning turi juda ko
’p. Ba'zi hollarda esa harom narsa halol bo’lib qoladi. 
Masalan, hayotni saqlab qolish uchun yegulik boshqa narsa bo
’lmasa va bеmorga dorilik 
uchun harom qilingan narsalardan istе’mol qilishga ruxsat etiladi. 
Shariatga asos qilib Qur
’oni Karim, ikkinchi – Sunna, uchinchi – ijmo' va to’rtinchi 
– qiyos olingan. 

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling