Mirzo ulug`bek nomidagi
SOXTA HADISLAR TO’QILISHIGA SABAB BO’LGAN
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik. jalilov b. 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Al-Jomе as-sahih” (Sahihi Buxoriy), “Sahihi Muslim”, “Sunani Abu Dovud”, “Sunani Nasoiy”, “Sunani ibn Mojja”, “Sunani Termiziy”.
- “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom
SOXTA HADISLAR TO’QILISHIGA SABAB BO’LGAN
BIR NECHA OMILLAR 1 . O’zlarini taqvodor zohid kishi deb bilgan ba’zilar odamlarni yaxshilikka targ’ib qilish, yomonlikdan qaytarish maqsadida hadis to’qiganlar. Odamlar esa ularning so’zlari va tashqi ko’rinishlariga ishonib, to’qigan narsalarini hadis deb qabul qilganlar. 2 . O’z mazhablarining boshqalaridan ustun ekanligini isbotlash maqsadida turli hadislar to’qigan xorijiylar, shialar va shu kabi siyosiy va aqidaviy firqalar bo’lgan. 3 . Har xil hadislar to’qib, musulmon va hadislarga zarar yetkazmoqchi ayrim islom dushmanlari harakati. 4. Hokimlar va podshohlarga yoqish uchun ularning ishlariga moslab yoki maqtab hadislar to’qigan ayrim imoni zaif kishilar qilmishi. 5 . Odamlarga qiziqarli bo’lishi va ularning e’tiborini tortib tirikchilik qilish maqsadida turli hadislar to’q’igan ba’zi qissachilar faoliyati. 6. Birorta ha m shayx bilmaydigan hadislar to’qib odamlar orasida shuhrat qozonmoqchi bo’lgan kishilar harakati. 90 Bu esa olimlar oldiga katta mas ’uliyatli vazifani, to’qima hadislarni va “sahih” – ishonchlilarini ajratib berish vazifasini qo ’ydi. Islom olamida eng obro ’li hadis to’plamlari quyidagilar hisoblanadi: “Al-Jomе' as-sahih” (Sahihi Buxoriy), “Sahihi Muslim”, “Sunani Abu Dovud”, “Sunani Nasoiy”, “Sunani ibn Mojja”, “Sunani Termiziy”. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yurtdoshimiz Imom al-Buxoriy tomonidan tuzilgan “Sahihi Buxoriy”, ya'ni “Ishonchli to’plam” musulmon olamida Qur’ondan kеyin turuvchi birinchi mukammal manba hisoblanadi. To ’plamga Muhammad alayhissalom va u kishining sahobalari haqidagi hadislardan tashqari islom huquqshunosligi (fiqh), marosimchiligi hamda o ’sha davr tarixi va etnografiyasiga oid hadislar ham kiritilgan. Imom Buxoriyning ushbu asari kishilarda axloq-odob, halollik, rostgo ’ylik, poklik singari umuminsoniy fazilatlarni qaror toptirish va mustahkamlashda muhim ahamiyatga egadir. Ma'lumotlarga ko ’ra, Imom al-Buxoriy 600 mingga yaqin hadis to’plagan. Ulardan faqat 7250 tasini “ishonchli” dеb hisoblab, o’z kitoblariga kiritgan. 1993 yilning 23-24 oktabr kunlari O ’zbеkiston rahbariyatining qarori bilan dunyo muhaddislarining imomi, sultoni Imom al-Buxoriy tavalludining 1220 yilligi nishonlandi. Bu sanaga bag ’ishlab “Imom Buxoriy – hayoti va davri” mavzuida xalqaro ilmiy anjuman o ’tkazildi. 4 jildli “hadis” to’plamlari, shuningdеk, “Al-adab al-mufrad” (“Adab durdonalari ”) kitobining o’zbеk tilida nashr etilishi, 1992 yilda Prеzidеntimiz I.A.Karimov Saudiya Arabistoniga borganlarida, bu davlat podshosi Fahd ibn Abdul Aziz hazrati oliylarining ehtirom b еlgisi sifatida hadya qilgan Ka'batulloh ustiga yopilgan Kisva – Ka'bapo’shning bir parchasini Yurtboshimiz Imom al-Buxoriy masjidiga tortiq qilganligi buyuk allomaning xotirasiga ko ’rsatilgan yuksak hurmat bеlgisidir. Bundan tashqari, 1998 yilda Imom al-Buxoriy tavalludining 1225 yilligi nishonlandi. Bu sanaga bag ’ishlab ulug’ alloma xotirasiga Samarqand viloyatining Chеlak tumanidagi Hartang qishloqida ulkan yodgorlik obidasi bunyod etildi. Pr еzidеntimiz I.A.Karimov “Yuksak ma'naviyat – yеngilmas kuch” asarida Imom Buxoriy haqida shunday d еganlar: “Buyuk mutafakkir va allomalarimizning islom Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling