Mirzo ulug`bek nomidagi


Halol  – musulmonlarga shariat ruxsat etadigan xatti-harakat, ish, toza va pok  hisoblangan oziq-ovqatlardir. Harom


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/120
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794601
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120
Bog'liq
dinshunoslik. jalilov b. 2019

Halol 
musulmonlarga shariat ruxsat etadigan xatti-harakat, ish, toza va pok 
hisoblangan oziq-ovqatlardir. Harom esa 
– musulmonlar uchun qat'iyan man etilgan, 
ta
’qiqlangan xatti-harakat, ish va tanovul qilishga ijozat berilmaydigan yemishlardir. 
K
еyinchalik shariat qonunlarining takomillashuvi jarayonida musulmonlarning 
barcha xatti-harakatlari quyidagi turkumlarga bo
’lingan: 
Farz (arab. 
“majburiyat”) – diniy-huquqiy katеgoriya bo’lib, bеvosita Qur’onda 
qayd etilgan, har bir musulmon qanday bo
’lmasin bajarishi shart bo’lgan qat'iy talab, 
tartib-qoidalardir. Masalan, Qur
’onda qayd etilgan din arkonlari (kalimai shahodat, 
namoz, ro
’za, zakot va haj) farz hisoblanadi. 
Mandub (arab. 
“tavsiya etilgan”, “lozim topilgan”) – diniy-huquqiy katеgoriya 
sifatid
a bajarish lozim va savob dеb tavsiya etiladigan, lеkin majbur va gunoh bo’lmagan 
harakatlar (masalan, xatna, qurbonlik, mavlud, majburiy bo
’lmagan namozlarni o’qish, 
xayr-ehson qilish). Bular diniy nuqtai nazaridan yaxshi va maqtovga sazovor, oxiratda 
taqdirlanadi, ammo ijro etmagan taqdirda mas'uliyat talab etilmaydi. 
Muboh (arab. 
“umumiy hеch kimga taalluqli bo’lmagan”) – shariat katеgoriyasi 
bo
’lib, tor ma'noda ijozat beriladigan barcha xatti-harakatlar. Ijrosi maqtovga yoki 


93 
mukofotga 
sazovor 
bo
’lmasa ham, gunoh hisoblanmaydigan, u dunyoda 
taqdirlanmaydigan, inson hayoti va turmush tarzi bilan bog
’liq bo’lgan oddiy xatti-
harakatlar (ovqatlanish, uxlash, o
’yin-kulgu, dam olish). 
Makruh (arab. 
“rad etilgan”, “qoralangan”, “nomaqbul”) – qat'iyan ta'qiqlanmagan, 
biroq nomaqbul hisoblangan va rad etilgan xatti-harakatlarni ifodalovchi shariat 
katеgoriyasi. Diniy e'tiqod nuqtai nazarida nomaqbul, ammo qat'iyan rad etilmagan. 
Imonni saqlash uchun makruh ishlarni qilmaslik lozim hisoblanadi. Ammo buning uchun 
narigi dunyoda jazoga tortilmaydi. Makruh asosan diniy marosimlarni ijro etish jarayoni 
bilan bog
’liq (masalan, toza bo’lmagan, nopok kiyimda namoz o’qimoq, tahorat 
shartlarining buzilishi, kasal odamning ro
’za tutishi, diniy matnlar yozilgan qog’ozlarni 
oyoq osti qilish va narsa o
’rash). Bulardan tashqari makruh musulmonlarning kundalik 
hayoti va axloqiga ham bog
’liq. Masalan, birovning uyiga ijozatsiz kirish, o’g’irlangan 
narsani sotib olish, pishmagan ekinni sotish, qarzdorni majburan xizmatga olish va 
hokazolar. 

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling