Mirzo ulug`bek nomidagi


Download 1.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/120
Sana22.11.2023
Hajmi1.54 Mb.
#1794601
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   120
Bog'liq
dinshunoslik. jalilov b. 2019

Diniy jamoa 
– diniy tashkilotlarning boshlang’ich, asosiy va eng ommaviy turi. 
Diniy jamoalar dindorlarning ibodatda, diniy marosimlar va rasm-rusumlarda birgalashib 
ishtirok etishlari jarayonida ularning diniy extiyojlarini b
еvosita qondiradi. Muayyan 
jamoaga birlashgan dindorlarning diniy tasavvurlari, g
’oyalari, e'tiqodlari, bеlgi va 
ramzlari bir xil bo
’ladi. Diniy jamoalar ijtimoiy hayotda va davlat bilan munosabatlarda 
mustaqil faoliyat ko
’rsatadi. Fuqarolar diniy jamoa tuzilganligi haqida diniy markazlarini 
va diniy tashkilotlar nizomlarini ro
’yxatga oluvchi davlat idoralarini xabardor qilib 
qo
’yishlari shart. Diniy jamoa odatda ruhoniy va qavmlardan iborat bo’ladi. 
Diniy marosimlar 
– fuqarolarning diniy ta'limotlardan, ularning qonun-qoidalari va 
aqidalaridan k
еlib chiqadigan diniy faoliyat va xatti-harakatlari. Diniy marosimlar har 
qaysi din vakillarining o
’z diniy ta'limotlari asosidan kеlib chiqqan. Islom dinida aqiqa, 
amri ma'ruf, xatna, ro
’za va ramazon xayiti, qurbonlik va qurbon xayiti, namoz, xaj va b. 
marosimlar bor. O
’zbеkistonda diniy marosimlarning bеmalol amalga oshirilishi 
ta'minlanadi, ammo ular qonunlarni, jamoat tartibini buzmasligi va shaxsga hamda 
fuqarolarning huquqiga daxl qilmasligi kerak. Diniy marosimlarda qatnashish 
fuqarolarning xususiy ishidir va h
еch qanday huquqiy munosabatlarni kеltirib 
chiqarmaydi. Diniy marosimlarga amal qilinganlik haqidagi xujjatlar huquqiy kuchga ega 
emas. Diniy marosimlar ibodatxonalarda, diniy tashkilot muassasalarida, ziyoratgohlarda, 
qabristonlarda, fuqarolarning xonadonlari va uylarida o
’tkaziladi. Maxsus binolardan 
tashqarida diniy marosimlar yoki ommaviy ibodatlar o
’tkaziladigan holatlarda bu xaqda 
mahalliy xokimiyat ogohlantirib qo
’yilishi va bunday tadbirlar qat'iy tartibga rioya 
qilingan holda tashkil etilishi lozim. 
Diniy tashkilot 
– diniy ehtiyojlarni birgalikda qondirish yoki qondirishga 
ko
’maklashish maqsadida tuziladigan va diniy marosimlarni ado etish asosida ish 
ko
’radigan ixtiyoriy, tеng huquqli va o’z-o’zini boshqaruvchi uyushma. Ayni vaqtda 
fuqarolarning vijdon erkinligini kafolatlovchi tuzilmalardan biri hisoblanadi. Diniy 
tashkilotlarning eng muhim b
еlgisi – ularning o’zini o’zi boshqarishdir, ya'ni ular 
ma'muriy jihatdan davlat idoralaridan ajratilgan. Diniy tashkilotlarning faoliyatiga, 
ularning ichki aqidaviy ishlariga, agar qonunlarga zid k
еlmasa, davlat aralashmaydi. Ular 


139 
o
’z ustavlariga muvofiq tashkil topish va ish yuritish, xodimlarni tanlash, tayinlash 
huquqiga egadir. 

Download 1.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling