Mirzo ulug`bek nomidagi
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik. jalilov b. 2019
Mahzur
– yoki harom (arab. “man etilgan”, “ruxsat berilmagan”) musulmonlar uchun qat'iy ta ’qiqlangan xatti-harakat, muomala, fikr, e'tiqod, narsalar, yеyish ma'n etilgan oziq-ovqatlardir. Quyidagi narsalar va ishlar musulmonlarga harom hisoblanadi: cho ’chqa (to’ng’iz), o’laksa, Allohdan o’zgaga atab qurbonlik qilib so’yilgan hayvon go ’shtlari, it, vahshiy hayvonlar, qarg’a, o’laksaxo’r hamda yirtqich qushlarning go ’shtlari, mast qiluvchi ichimliklar va giyohlar, zinokorlik, ota-onaga oq bo’lish, sudxo ’rlik, o’g’rilik, qaroqchilik, qotillik, g’iybat, tuhmat, bo’hton, badgumonlik, chaqimchilik, yolg ’onchilik, birovning haqqiga, omonatiga xiyonat qilish, savdo-sotiqda g ’irromlik qilmoq, tarozidan urib qolmoq, sеhr-jodu bilan shug’ullanmoq, ishga layoqatli bo ’la turib ishsiz yurmoq va shu kabilar shar'an harom hisoblanadi. Qur ’onning “Moida” surasi 3- va 90-oyatlarida shunday dеyiladi: “Sizlarga o’laksa, qon, to ’ng’iz go’shti, Allohdan boshqa birovning yo’liga so’yilgan narsa, bo’g’ilib o ’lgan, urib o’ldirilgan, baland joydan qulab o’lgan, (boshqa biron hayvon bilan) suzishib o ’lgan va yirtqich hayvon tishlab o’ldirgan jonivorlar harom qilindi”, “Ey mo’minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o ’ynash), butlar (ya'ni ularga sig’inish) va 94 cho ’plar (ya'ni cho’plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo’lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoqroq bo ’lingiz!” Haromning turi juda ko ’p. Ba'zi hollarda esa harom narsa halol bo’lib qoladi. Masalan, hayotni saqlab qolish uchun yegulik boshqa narsa bo ’lmasa va bеmorga dorilik uchun harom qilingan narsalardan istе’mol qilishga ruxsat etiladi. Shariatga asos qilib Qur ’oni Karim, ikkinchi – Sunna, uchinchi – ijmo' va to’rtinchi – qiyos olingan. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling