Mirzo ulug`bek nomidagi
Halol – musulmonlarga shariat ruxsat etadigan xatti-harakat, ish, toza va pok hisoblangan oziq-ovqatlardir. Harom
Download 1.54 Mb. Pdf ko'rish
|
dinshunoslik. jalilov b. 2019
Halol
– musulmonlarga shariat ruxsat etadigan xatti-harakat, ish, toza va pok hisoblangan oziq-ovqatlardir. Harom esa – musulmonlar uchun qat'iyan man etilgan, ta ’qiqlangan xatti-harakat, ish va tanovul qilishga ijozat berilmaydigan yemishlardir. K еyinchalik shariat qonunlarining takomillashuvi jarayonida musulmonlarning barcha xatti-harakatlari quyidagi turkumlarga bo ’lingan: Farz (arab. “majburiyat”) – diniy-huquqiy katеgoriya bo’lib, bеvosita Qur’onda qayd etilgan, har bir musulmon qanday bo ’lmasin bajarishi shart bo’lgan qat'iy talab, tartib-qoidalardir. Masalan, Qur ’onda qayd etilgan din arkonlari (kalimai shahodat, namoz, ro ’za, zakot va haj) farz hisoblanadi. Mandub (arab. “tavsiya etilgan”, “lozim topilgan”) – diniy-huquqiy katеgoriya sifatid a bajarish lozim va savob dеb tavsiya etiladigan, lеkin majbur va gunoh bo’lmagan harakatlar (masalan, xatna, qurbonlik, mavlud, majburiy bo ’lmagan namozlarni o’qish, xayr-ehson qilish). Bular diniy nuqtai nazaridan yaxshi va maqtovga sazovor, oxiratda taqdirlanadi, ammo ijro etmagan taqdirda mas'uliyat talab etilmaydi. Muboh (arab. “umumiy hеch kimga taalluqli bo’lmagan”) – shariat katеgoriyasi bo ’lib, tor ma'noda ijozat beriladigan barcha xatti-harakatlar. Ijrosi maqtovga yoki 93 mukofotga sazovor bo ’lmasa ham, gunoh hisoblanmaydigan, u dunyoda taqdirlanmaydigan, inson hayoti va turmush tarzi bilan bog ’liq bo’lgan oddiy xatti- harakatlar (ovqatlanish, uxlash, o ’yin-kulgu, dam olish). Makruh (arab. “rad etilgan”, “qoralangan”, “nomaqbul”) – qat'iyan ta'qiqlanmagan, biroq nomaqbul hisoblangan va rad etilgan xatti-harakatlarni ifodalovchi shariat katеgoriyasi. Diniy e'tiqod nuqtai nazarida nomaqbul, ammo qat'iyan rad etilmagan. Imonni saqlash uchun makruh ishlarni qilmaslik lozim hisoblanadi. Ammo buning uchun narigi dunyoda jazoga tortilmaydi. Makruh asosan diniy marosimlarni ijro etish jarayoni bilan bog ’liq (masalan, toza bo’lmagan, nopok kiyimda namoz o’qimoq, tahorat shartlarining buzilishi, kasal odamning ro ’za tutishi, diniy matnlar yozilgan qog’ozlarni oyoq osti qilish va narsa o ’rash). Bulardan tashqari makruh musulmonlarning kundalik hayoti va axloqiga ham bog ’liq. Masalan, birovning uyiga ijozatsiz kirish, o’g’irlangan narsani sotib olish, pishmagan ekinni sotish, qarzdorni majburan xizmatga olish va hokazolar. Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling